Yunusova Ozoda Anvarjon qizi
TDIU 2-kurs talabasi
MAMLAKAT IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH, UNING
HAR TOMONLAMA RIVOJLANISHI GAROVIDIR
Annotatsiya: Ushbu tezisda iqtisodiy xavfsizlikning mamlakat taraqqiyotida tutgan o’rni,
uni ta’minlashda qo’llaniladigan usullar, mamlakat xavsizligi bilan o’zaro aloqadorligi hamda
moliyaviy bozorni rivojlantirishga qo’shadigan hissasi bayon etilgan.
Аннотация: В этом тезисе рассматривается роль экономической безопасности в
развитии страны, методы, используемые для ее поддержания, ее связь с безопасностью
страны и ее вклад в развитие финансового рынка.
Abstract: This thesis examines the role of economic security in the development of the
country, the methods used to maintain it, its relationship with the country's security and its
contribution to the development of the financial market.
Kalit so’zlar: Iqtisodiy xavfsizlik, tadbirkorlik muhiti, fond bozori, yer va ko'chmas mulk
bozorlari, iqtisodiy xavfsizlik konsepsiyasi, omilli analiz, omilli matritsa, indikatorlar
(ko’rsatkichlar), bank tizimi.
Bugungi kunda iqtisodiyotimiz tobora rivojlanib bormoqda. Mamlakatni har
tomonlama rivojlantirish, uni ham iqtisodiy ham itimoiy jihatdan barqaror
rivojlanishini ta’minlash, rivojlangan davlatlar qatoridan joy olish, jahon moliya
bozorlari qatoriga kirish bizning bosh maqsadlarimizdan hisoblanadi. Shuni hisobga
olgan holda bir qancha islohotlar, yangidan yangi loyihalar, dasturlar ishlab
chiqilmoqda va amaliyotga tadbiq qilinmoqda.
“Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasi o`zbek iqtisodiyotida yangi sohalardan
hisoblanadi. U mamlakatni iqtisodiy resurslarining xavfsizligini ta’minlaydi.
Mamlakatning iqtisodiy salohiyati rivojlangan sari, mamlakatga chetdan kirib
keluvchi import tovarlarining ham soni ortib boradi. Bunda kirib kelayotgan har bir
tovarning qonuniy ravishda mamlakat hududiga olib kirilayotganligi, aholining
salomatligiga qay darajada ta’sir ko’rsatishini bilish mamlakat uchun muhim
sanaladi. Bu o’z navbatida, mamlakatda iqtisodiy xavfsizlikka bo’lgan ehtiyojni
paydo qiladi. Aslini olganda, iqtisodiy xavfsizlik ham qaysidir ma’noda mamlakat
xavfsizligining bir bo’lagi hisoblanadi. Bozor munosabatlariga o'tishga qaratilgan
iqtisodiy islohotlar sharoitida davlat xo'jalik subyektlari faoliyatining iqtisodiy
xavfsizligini ta’minlashi va fuqarolarga ziyon keltirishiga yo'l qo'ymasligi kerak.
Ushbu maqsadlarda davlat, eng avvalo, tadbirkorlik muhitini yaxshilash, kichik va
o'rta biznesning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini ko'paytirish, iqtisodiyot sohalari
raqobatbardoshligini rivojlantirish, fond bozori, yer va ko'chmas mulk bozorlarini
shakllantirish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishi kerak bo’ladi. Iqtisodiy
manfaatlarini himoya qilish davlatning strategiyasi siyosati va iqtisodiy xavfsizlik
konsepsiyasi asosida amalga oshiriladi. U O`zbekiston Respublikasining iqtisodiy
manfaatlarini, milliy boyligini ichki va tashqi xavf-xatarlardan himoya qilishni
ko`zda tutadi. Ushbu konsepsiya bu boradagi siyosatni belgilab beruvchi asosiy hujjat
hisoblanadi.
Iqtisodiy xavfsizlikni rivojlantirgan holda moliyaviy bozorni yanada
takomillashtirishimiz mumkin bo’ladi. Moliya bozorining rivojida o’ziga xos
ahamiyatga ega bo’lgan bank tizimini olib qarasak. Banklarning barqaror faoliyati
uchun jamiyatning butun bir bank tizimiga bo’lgan ishonchi yuqori bo’lishi kerak.
Shunda aholining bo’sh turgan mablag’lari, jamg’arib boriladigan mablag’lari aynan
bank tomonidan saqlanadi. Natijada banklarda pul aylanmasi tezlashadi va ularning
mustahkam
barqaror
holatini
saqlanishiga
erishiladi.
Xorijiy
rivojlangan
mamlakatlarning bank tizimiga, xususan dunyo miqyosida eng mashhur hisoblangan
Shvetsariya bank tizimini olib qaraydigan bo’lsak. Bu bankning o’ziga xos
jihatlaridan biri, uning amaldagi soliq solish tizimi bilan bog’liq emasligidadir, ya’ni
bunda bank operatsiyalari natijasida kelib tushgan daromadlar omonatchilarga sof
holda, hech qanday qo’shimcha to’lov undirmasdan yetib boradi. Bundan tashqari
depozit qutichalari ham yuqori darajada kodlashtirilgan tizimga ega, hamda depozit
egasining shaxsini tasdiqlovchi ma’lumotlar ham sir saqlanadi. Bankdan
foydalanuvchilarning huquqlari yuqori himoyalangan va bu o’z navbatida ularning
bankka bo’lgan ishonchini mustahkamlashga zamin bo’ladi. Bizning mamlakatimizda
omonatlarning xavfsizligi biroz sust rivojlangan. Omonatga pul mablag’larini
qo’ygan shaxs ertaga uni hech qanday yo’qotishlarsiz olishiga ko’zi yetmaydi.
Shuning hisobiga aholi qo’lidagi jamg’arib borish darajasi biroz yuqori ko’rsatkichni
ko’rsatadi. Bank tizimini yanada takomillashtirish, jamiyatning ishonchini oshirish,
ularning pul mablag’lari hamda turli depozit qutichalarida saqlanadigan qimmatbaho
buyumlarining xavfsizligini ta’minlash moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashga
xizmat qiladi.
Iqtisodiy xavfsizlik o’z navbatida, ma’lum bir usullar yordamida ta’minlanadi.
Shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligiga oid axborotlarni topish va jamlashda omilli
analiz usulidan foydalaniladi. Iqtisodiy xavfizlikni omilli analizga asoslanmagan
holda tadqiq etib bo’lmaydi, chunki iqtisodiy xavfsizlik ham bir tizim bo’lib, u bir
qator o’zgaruvchi hodisalar bilan bog’liq bo’ladi. Iqtisodiy xavfsizlikni o’rganish
omillari, omilli matritsa, deb nomlanuvchi indikatorlar (ko’rsatkichlar) bilan
bog’liqdir. Omilli matritsa analiz davomida aniqlangan omil va indikatorlarning
o’zaro bog’liqlik darajasini xaraktеrlaydi. Omilli analizning asosiy maqsadi shaxs,
jamiyat va davlat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlaydigan umumiy qoidalarni ishlab
chiqish va ularning mamlakatimiz iqtisodiyotini hamda ijtimoiy sohani rivojlantirish
jarayonidagi kamchiliklar bilan uzviy bog’lanishini ta'minlashdan iboratdir. Umuman
olganda, iqtisodiy xavfsizlik mamlakat xavfsizligi deb bejiz ta’kidlanmaydi. Aholi
istemol qiladigan har bir mahsulot iste’mol darajasiga tayyor bo’lishi bu o’ta muhim
hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiy xavfsizligi qanchalik kuchli rivojlangan bo’lsa, kirib
kelayotgan tovarlar, yaratilayotgan mahsulotlar shunchalik iste’molga yaroqli va
sifatli bo’ladi, jamiyat xavfsizligi ta’minlanadi, ular turli yaroqsiz mahsulotlar tufayli
yuzaga kelishi mumkin bo’lgan kasalliklardan himoya qilinadi.
Demak, mamlakatning rivojlanishida uning iqtisodiy jihatdan xavfsizligini
ta’minlay bilish muhim hisoblanadi. Bu o’z navbatida bir tomondan davlat xavfsizligi
hisoblansa, boshqa tomondan iqtisodiy rivojlanish asosi bo’lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |