Harakat xavfsizligini ta’minlashda haydovchilar huquqiy madaniyatining o‘rni



Yüklə 18,88 Kb.
səhifə1/2
tarix16.12.2023
ölçüsü18,88 Kb.
#183066
  1   2
HARAKAT XAVFSIZLIGINI TA


HARAKAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA HAYDOVChILAR
HUQUQIY MADANIYATINING O‘RNI
Annotation
The role and importance of drivers' legal culture in ensuring traffic safety is analyzed in the article. Ways to improve the legal culture of drivers are given. Factors affecting the improvement of the legal culture of drivers are analyzed.
Keywords
Driver, legal culture, legal awareness, highways, traffic, reliability, traffic, vehicle, administrative responsibility, intersection.
Yirik megopolislarda transport vositalarining sonini tobaro ortib borishi turli darajadagi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bugungi kunda Toshkent shahridagi magistral yo‘l-ko‘cha tarmoqlarida “tirbandlik”ni vujudga kelishi oddiy holatga aylanib qolmoqda. Ayrim chorrahalarda transport vositalari svetoforning 4-5 va undan ko‘p sikllarini kutib turishlari natijasida ko‘plab vaqtlarini yo‘qotmoqdalar. Chorrahalarda transport vositalaridan ajralib chiqayotgan gazlardan ko‘plab fuqarolar jabr ko‘rmoqdalar. Yo‘l harakati ishtirokchilarining harakat davomida vujudga keladigan munosabatlar ularning o‘zaro ijtimoiy rivojlanish maxsuli sifatida namoyon bo‘ladigan ma’lum tizim bilan xarakterlanadi. Yo‘l harakati qatnashchilari yo‘llarda harakatlanish jarayonida muntazam ravishda o‘zaro munosabatlarga kirishib boradilar. Ayrim hollarda bunday munsabatlarda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari ham ishtirok etadilar. Afsuski, bunday munosabatlar hamisha ham yo‘l harakati ishtirokchilari uchun ijobiy natija bermaydi. Yo‘l-patrul xizmati xodimi tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy jazo choralarini qo‘llanishini ko‘pgina yo‘l harakati qoidalarini buzuvchilari to‘g‘ri talqin qilmaydilar. Buning sababi yo‘llarda harakatlanish qoidalariga rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat olib borilmasa, yo‘l-transport xodisalari sodir bo‘lish ehtimolligini yanada oshishi mumkinligini ular to‘g‘ri tushinib yetmaslikdandir. Ayniqsa, bugungi kunda bu masala yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Avtomobil yo‘llarida transport vositalarining sonini ortib borishi natijasida avtomobillarni boshqarish ham murakkablashib bormoqda. Bugungi kunda magistral yo‘llarda avtomobilni boshqarish jarayonida juda ko‘plab murakkab vaziyatlarga duch kelinadi. Bunday vaziyatlarni bartaraf etish uchun esa, haydovchidan anchagina mahorat talab etiladi, ammo haydovchida bunday mahorat yetishmasa nima bo‘ladi?
O‘z- o‘zidan ravshanki yo‘llarda avariya holati vujudga keladi. Bunday holat agar yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilar tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etilmasa yo‘l- transport xodisasi vujudga kelishi muqarrar bo‘ladi. Yo‘l harakati xavfsizligini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritib, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Shu bilan bir qatorda 2013 yilning 10 aprelida “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Bu me’yoriy hujjatlar yo‘l harakati xavfsizligini oshirish, yo‘llarda harakat ishtirokchilarini xavf-xatarsiz harakatlanishlarini ta’minlashga qaratilgandir. Bundan tashqari, bugungi kunda yo‘l harakatini nazorat qilish jarayoniga axborot kommunikatsion texnologiyalar keng miqiyosda joriy etilib borilmoqda. Endilikda, yo‘l harakati qoidalarini buzilish faktlari maxsus kameralar orqali hisobga olinadi va boshqaruv markaziga yuboriladi. U yerda bu ma’lumotlar qayta ishlanib, qoidabuzarning adresiga yo‘l harakati qoidasini buzganligi uchun to‘lanadigan jarima miqdori qayd etilgan xabarnoma yuboriladi. Belgilangan muddatda jarima to‘lanmasa, unga yana foyiz qo‘shilib boradi.
Bu yo‘llarimizdagi transport vositalarining harakatlanish xavfsizligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi shubhasiz. Shuni ta’kidlash o‘rinliki, ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish orqali yo‘llarimizda xavfsiz harakatlanishni ta’minlash qiyin. Buning sababi shundan iboratki, avtomobil yo‘lining barcha joylariga kuzatuv kameralarini o‘rnatib bo‘lmaydi, shuningdek yo‘l-patrul xizmati xodimlari ham yo‘l harakatining barcha jarayonlarini bir vaqtning o‘zida kuzatib turish imkoniga ega emaslar. Shu boisdan yo‘l harakati xavfsizligini yuqori darajada ta’minlash uchun yo‘l harakatining har bir ishtirokchisining huquqiy madaniyatini oshirish zarur. Buning uchun yo‘l harakatining har bir ishtirokchisi yo‘l harkati xavfsizligini ta’minlash unga bevosita bog‘liq ekanligini xis qilishi, yo‘l harkati qoidalarini buzishi orqali u harakatning boshqa ishtirokchilariga xavf tug‘dirayotganligini his qilishi, yo‘llarda harakatlanish jarayoniga ongli yondoshishi lozim. Yo‘l harakati qatnashchilarining huquqiy madaniyatini oshirish uchun keng qamrovli amaliy ishlarni olib borish lozim. Dastavval bu soha uchun mus’ul bo‘lgan mutaxassislarning bu sohadagi bilim darajasini yanada oshirish kerak bo‘ladi. Bugungi kunda mutaxassislar va haydovchilarni tayyorlash o‘quv dasturlarida ham bu masalaga jiddiy e’tibor qaratilmagan. Shu sababdan, yo‘l harakati qatnashchilarining huquqiy madaniyatini oshirish uchun dastavval ularning huquqiy savodxonliklarini oshirish talab etiladi. Buning uchun yo‘l harakatining har bir ishtirokchisini yoshligidan boshlab huquqiy savodxonligini shakllantirib borish lozim.


Yüklə 18,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin