Mamlakatimizni yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasining asl mohiyatida, xalqimizning orzu-umidlari yog‘irilgan g‘oyalardan tashkil topgan milliy mafkuraning ifodasi yotadi. Taraqqiyot va yuksak rivojlanishga erishgan davlatlar tajribasiga ko‘ra, har bir xalq o‘z oldiga ulug‘ va istiqbol maqsadlarni qo‘yishi hamda uni amalga oshirish salohiyatlari bilan jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallaydi. Bugun O‘zbekiston ham o‘z tarixining ana shunday mas’uliyatli chorrahasida turibdi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Binobarin, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan Harakatlar starategiyasi istiqbolimiz taqdirini hal etuvchi muhim va yangi davr bosqichini ifodalovchi milliy g‘oyaga aylanmoqda.

Harakatlar strategiyasining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha olib borilayotgan amaliyotdagi ishlar.
Strategik dastur va rejaning uyg‘unligi hamda turli darajadagi qarorlarning mustahkam bog‘liqligi strategik muvaffaqiyatning kafolati. Mazkur birlik davlat organlarning strukturaviy bo‘g‘inlarida strategik harakatlarni birlashtirish, barcha funksional bo‘lim rejalarining kelishuvi bilan ta’minlanadi. Ayni paytda strategiyani amalga oshirish imkoniyatlarini tug‘diradi. Strategik boshqaruv jarayonida dastur va rejani amalga oshirish uchun tashkiliy va huquqiy sharoitlar yaratilishi lozim. Mazkur tamoyillar hokimiyat organlari faoliyatidagi ijro intizomining past sur’atlariga, shaxsiy mas’ulyatsizligiga barham beradi. Kadrlar layoqati darajasini oshirishni talab qiladi, murakkab va chigal ish tartiblarini soda hamda tezkor yondashuvlar bilan o‘zgartirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, strategik yo‘nalishlarni aniq va puxta ishlab chiqishni belgilab beradi.