Harakatli o`yinlarning kelib chiqishi va rivojlanish tarixi



Yüklə 15,41 Kb.
tarix23.05.2023
ölçüsü15,41 Kb.
#120646
Harakatli o`yinlarning kelib chiqishi va rivojlanish tarixi


Aim.uz

Harakatli o`yinlarning kelib chiqishi va rivojlanish tarixi.

Harakatli o`yinlar o`z nomi bilan inson faoliyatini ta’minlovchi mazmunga egadir. Buni eng qadimgi ajdodlarimiz ham ongli ravishda chuqur bilishgan va amal qilishgan.


Boshda takidlanganidek kurash, ot o`yinlari, kamondan (yoy) nayza (o`q) otish, nayza sanchish, kaltak, tosh va boshqa moslamalarni uloqtirib yovvoyi hayvonlarni ov qilishgan.
Ijtimoiy tuzumlar (formatsiya) almashishi va rivojlanishi tufayli turmush sharoit ham o`zgargan, rivoj topgan. Mehnat qilish, oilada bolalarni tarbiyalash, ov qilish, dushmanlarga qarshi jang qilish va boshqa juda ko`p sabablarga ko`ra harakatli o`yinlar, turli jismoniy mashqlar maqsadli hamda keng qo`llangan.
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyatning ibtidoiy jamoa davrida paydo bo`lishi haqidagi N.I.Ponomarevning monografiyasida (Leningrad, 1972 y) ta’kidlanishicha qadimgi kisxilar yashash, mehnat qilish uchun tabiat bilan qarama-qarshi turishgan. Osiyo, Evropa qit’alarida yashagan odamlar asosan ov bilan shug`ullanib, turli xil harakatli o`yinlarni kashf etishgan. Bunda hayvonlarning hatti-harakati, tabiatdagi turli o`zgarishlarga qiyos qilishgan.
Yovvoyi-yirtqich hayvonlardan saqlanish, ov qilish jarayonlarida epchillik, kuchlilik, chidamlilik kabi jismoniy sifatlar sarf-qilinishini tushungan qabila, urug‘ boshliqlari, yoshlarni maxsus tayyorlashga kirishganlar. Bunda jismonan baquvvat, epchil kisxilarni tarbiyachi yo`liga o`rgatib, ulardan bolalarni tarbiyalashda foydalanilgan.
Quldorchilik tuzumi davrida mayda hunarmandchilik va keyinchalik ishlab chiqarish rivojlangan. Natijada metall buyumlardan qilich, nayza, pichoq, bolta, o`roq kabi jang va mehnat qurollarini yasashgan. Ulardan turli marosimlarda o`yin sifatida foydalanganlar.
Ilk bor davlat paydo bo`lgan Greklar, Rimliklar va ularning atrofidagi xalqlarning ijtimoiy turmush sharoitida urushlar ko`p bo`lganligi sababli harbiy qurollarni yasash asosiy o`rinda turgan. Mohirona jang qilish uchun esa askarlarni har tomonlama jismoniy jihatdan tayyorlashgan. Jang mashqlarining ba’zi qismlarini (element) o`yinga aylantirib, xalq orasida keng tarkalgan.
Kadimgi Greklarning sparta tizimi,.Italiyaning Rim tizimi va Shunga uxshash tarbiya maskanlarida eng murakkab mashklar,jang amallari urgatilib, ularni omma o`rtasida tomosha sifatida namoyish etishgan (“Spartak”, “Geraklning jasorati” va shunga o`xshash kinofilmlarni eslab ko`ring).
Feodalizm jamiyati davrida boy feodallar va dehqonlarning yumushlari asosida turli xil yangi o`yinlar vujudga kelgan. Ular qilichlashish, nayza uloqtirish, kamondan o`q otish kabi turlar bilan bir qatorda mushtlashish (boks), kurash, tosh ko`tarish, suvda suzish kabi o`yinlar bilan mashg‘ul bo`lishgan.
O`rta asr va keyingi bir necha yuz yilliklar davrida yuqorida tilga olingan murakkab harakatli o`yinlar musobaqa shakliga o`tib, kuch va matonat sinash, jang qilish quroliga aylangan.
E’tirof etish lozimki, har bir xalqning o`z milliy o`yinlari va ularni tashkil qilish marosimlari mavjud bo`lgan.
Arab mamlakatlarida asosan otda poyga, otni sakratish, chovg‘on o`yinlari milliy o`yinlar hisoblansa, xindistonda fillar, ilonlarni tutish, ularni o`yinga o`rgatish hamda chimxokkey milliy hisoblanadi. Afrika mamlakatlarida yo`lbars va boshqa yirtqich hayvonlarni ushlash, ularni o`rgatish, nayza, kamondan otish kabi turlar eng qadimgi davrdan buyon davom etib kelayotgan o`yinlardir.
Xitoy, Yapon, Koreya, Tayvan kabi sharq mamlakatlarida o`zlariga xos Yakka kurashlar (ushu, taekvando, karate, kikboksing va h.k) uzoq davrlardan buyon qo`llanilib kelinadi.
Kavkaz xalqlarida kurash, ot o`yinlari, cheharda va boshqa o`yinlar mashhur hisoblanadi.
Rossiya xalqlari yashash xududlariga qarab (shimol, sharq va janub) chang‘ida yurish, konkida uchish, mushtlashish (boks), kurash, muzda cho`milish, ot, bug‘i, itlarga arava, chana qo`shib poyga qilish kabi milliy o`yinlar tarixi qadimgi avlodlariga borib taqaladi.
Eslatish zarurki, qadimda o`yin sifatida foydalangan juda ko`p turlar keyinchalik sportga aylanadi. Bularni Evropada XIX asrning birinchi yarmida ilk bor tashkil etilgan musobaqalar misolida ko`rish mumkin. Bu faoliyatlar xalqaro miqyosga aylanib, keyinchalik turli federatsiyalarning tuzilishiga sababchi bo`ladi. Shu asosda Evropa va jahon birinchiliklari hamda olimpiya o`yinlarining tashkil etilishiga olib keladi.
Shunday bo`lsada har bir mamlakatda o`zlarining milliy harakatli o`yinlari mavjud. Ulardan asosan bolalarni jismoniy tarbiyalash, bayramlarda xordiq chiqarish, ba’zan esa musobaqa tariqasida foydalaniladi.
Takidlash lozimki, sobiq ittifoq davrida harakatli o`yinlar asosan jismoniy tarbiya darslaridagina keng qo`llanilib kelingan. Shu sababdan maxsus to`plamlar tayyorlanib, ularda ko`proq Rossiya va uning atrofidagi mamlakatlarning harakatli o`yinlari joy olgan. Shu tariqa deyarlik barcha harakatli o`yinlar sobiq ittifoqchi respublikalarining xalqlari orasida asosiy o`yin bo`lib xizmat qilib kelgan. Sir emaski, O`zbekistonda o`qitilayotgan jismoniy tarbiya darslarida qo`llaniladigan harakatli o`yinlarning 70-80% xorijiy mamlakatlarning (asosan Rossiya) harakatli o`yinlaridir. Shunday bo`lsada o`yinlarning mazmuni, maqsad va vazifalari umumxalq ehtiyojiga mos kelishini inkor qilib bo`lmaydi. Chunki ularning mazmunida barcha jismoniy sifatlarni tayyorlashga loyiq bo`lgan tarbiyaviy jarayonlar mujassamlashgan.
Xulosa qilib aytganda milliy harakatli o`yinlar (umum ma’noda) barcha xalqlarning ezgu-niyatlari, maqsad va vazifalarini o`zida saqlab kelmoqda. ulardan maqsadli foydalanish va milliy xususiyatlarga moslashtirish lozim bo`ladi.
O`z-o`zini nazorat qilish uchun savollar.
1. O`zbekiston mustaqilligi tufayli harakatli o`yinlarni o`rganishdan maqsad nima?
2. Harakatli o`yinlar qachon va qanday qilib paydo bo`lgan?
3. Turli qit’alardagi xalqlarning milliy harakatli o`yinlari haqida nimalarni bilasiz?
4. Markaziy Osiyo va boshqa xududlarda bir-biriga o`xshash qanday harakatli o`yinlarni tilga olish mumkin.?
5. “Harakatli o`yinlar”ni aks ettiruvchi qanday manba’larini bilasiz?
6. Harakatli o`yinlarning hozirgi davrdagi foydali jihatlari nimada?
Yüklə 15,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin