Har bir ish bo‘yicha majburiy tartibda ijtimoiy xavfli qilmish sodir
etgan shaxsning aniq yoshi o‘rnatilishi lozim. Jinoyat kodeksida
ko‘rsatilgan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan voyaga yetmagan
shaxsning yoshi jinoyat-protsessual qonuni hujjatlari asosida o‘rnatiladi
(JPK 548-moddasi)
1
. Sud va tergov organlari jinoiy javobgarlikka
tortilayotgan voyaga yetmagan shaxsning tug‘ilgan yilini, oyini va kunini
aniqlashi lozim. «Ayni vaqtda, shu narsani e’tiborda tutish kerakki, shaxs
tug‘ilgan kunidan boshlab emas, balki tug‘ilgan kuni o‘tganidan so‘ng,
ya’ni ertasi kunning nol soatidan boshlab jinoyat uchun javobgarlik
boshlanadigan yoshga to‘lgan deb hisoblanadi». Bu voyaga yetgan, lekin
yoshini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lmagan shaxslarga ham tegishli
hisoblanadi.
«Sudlar ishda albatta, voyaga yetmaganlarning tug‘ilish guvohnomasi
yoki pasportidan fotonusxa mavjudligiga ahamiyat berishlari kerak. Ishda
bunday hujjatlar yo‘qligi aniqlangan taqdirda sudning o‘zi bunday
kamchilikni bartaraf qilishi zarur». Ish materiallarida voyaga yetmagan va
voyaga yetgan shaxslarning yoshi to‘g‘risidagi hujjatlari bo‘lmagan
taqdirda, ularning yoshi sud-tibbiyot ekspertizasi tomonidan aniqlanadi.
«Sudlanuvchining yoshi sud-tibbiyot ekspertizasi tomonidan
aniqlanayotganda, uning tug‘ilgan kuni deb, ekspertlar aniqlagan yilning
oxirgi kuni hisoblanadi. Yosh eng kam va eng ko‘p yillar miqdori bilan
aniqlanganda, sud ekspertlar tomonidan belgilangan eng kam yoshdan
kelib chiqishi lozim»
2
.
Dostları ilə paylaş: