aniqlangan taqdirda sud tomonidan ishni to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida ajrim
chiqarilishi va tegishli masalani Konstitutsiyaviy sudga ko‘rib chiqish
uchun kiritish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan birgalikda barcha
materiallarni Oliy sud Raisiga yuborilishini belgilab beradi.
Ayni paytda O‘zbekistonda qo‘llanishi uchun umume’tirof etilmagan
xalqaro shartnomalarning normalari vatanimiz qonunchiligiga, jumladan,
Kodeksga tegishli qo‘shimchalar va o‘zgartishlar shaklida kiritilishga
muhtoj. Bu shundan kelib chiqadiki, birinchidan, ko‘pgina xalqaro
shartnomalar (konvensiyalar) faqat ishtirokchi davlatlarning u yoki bu
jinoyatlar bilan kurashish niyatinigina bildiradi; ikkinchidan, agar xalqaro
shartnoma u yoki bu ijtimoiy xavfli qilmishning belgilarini aniqlagan
holda ham, odatda, u tegishli jazoni belgilab bermaydi; uchinchidan, jazoni
ko‘rsatgan holda shartnoma uning qo‘llanish chegaralari va shartlarini
ko‘rsatmaydi. Natijada, hatto, O‘zbekiston Respublikasida ratifikatsiya
qilingan xalqaro shartnomalarning qoidalari amaldagi jinoiy qonunchilikka
tegishli o‘zgartishlarni kiritmagan holda amalda qo‘llanmaydi.
Dostları ilə paylaş: