JK 12-moddasi
Jinoyat kodeksining
amal qilish hududiy
chegaralarini belgilaydi. 11-moddadan farqli o‘laroq, bu o‘rinda
fuqarolik
prinsipi
asos qilib olinadi. Bu prinsip O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat
kodeksining hududiylik prinsipini to‘ldirishga qaratilgan.
Fuqarolik
prinsipiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari
hamda fuqarolikka ega bo‘lmagan, lekin
respublika hududida doimiy
yashayotganlar, ular qayerda bo‘lishlaridan qat’i nazar O‘zbekiston
Respublikasi qonunchiligiga amal qilishlari shart. Shuning uchun, bu
shaxslar ma’lum shart-sharoitlarga mos kelgan hollarda O‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksiga muvofiq, javobgarlikka tortiladilar, garchi
ular jinoiy harakatni boshqa davlat hududida sodir etgan bo‘lsalar ham.
Shunday qilib, fuqarolik prinsipi Kodeks vazifalarini bajarishga
yordam
beradi, xususan, fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalaydi.
Dostları ilə paylaş: