Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev


Jinoyat huquqi yuridik fan tarmog‘i sifatida



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

Jinoyat huquqi yuridik fan tarmog‘i sifatida
jinoyat huquqining 
rivojlanish tarixini o‘rganish; jinoyat qonunini sharhlash; milliy va xalqaro 
huquqni qiyoslash, xalqaro jinoyat huquqini tadqiq qilish; jinoyat-huquqiy 
normalarni qo‘llash samaradorligini, jinoyat qonunchiligini qo‘llashning 
nazariy muammolarini tadqiq qilish; huquqbuzarlikning boshqa shakllari 
bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat huquqining ijtimoiylashuvini ishlab chiqishga 
asoslangan qarashlar, g‘oyalar tizimini ifodalaydi. 
Jinoyat huquqi fanining asosiy vazifasi jinoyat qonunini qo‘llashning, 
keyinchalik uni takomillashtirishning amaliy va nazariy muammolarini 
ishlab chiqish, uning samaradorligini oshirish, jinoyat-huquqiy siyosatni 
1
Қаранг:
Курс угуловного права. Общая часть. Том 1: Учение о преступлении. Учебник для вузов/ Под ред. 
д.ю.н., проф. Н.Ф.Кузнецовой и к.ю.н., доц. И.М.Тяжковой. – М.: ИКД «Зерцало-М», 2002. – 3-б. 



samarali amalga oshirishni ta’minlash uchun jinoyat qonunchiligini 
kelajakda rivojlanishini bashorat qilishdir.
1
Jinoyat huquqi
tushunchasi hozirgi kunda yuridik ixtisoslikka 
asoslangan o‘rta va oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan va ushbu o‘quv 
maskanlarida o‘qiydigan studentlar tomonidan o‘rganiladigan 
o‘quv 
kursini
anglatadi. 
Jinoyat huquqi tushunchasi huquq sohasi, yuridik fan va o‘quv kursi 
sifatida qo‘llanilishi yagona normativ huquqiy baza – jinoyat-huquqiy 
normalar tizimidan iborat bo‘lgan amaldagi jinoyat qonuniga asoslanadi. 
2-§. Jinoyat huquqi predmeti va metodi 
Huquq tarmog‘i sifatidagi jinoyat huquqining predmetini 
davlatning maxsus vakolatli organlari va jinoyat sodir qilgan shaxs 
o‘rtasida vujudga keladigan muayyan ijtimoiy munosabatlar tashkil qiladi. 
Jinoyat huquqi muhofaza qiladigan predmetlarga shaxs, uning huquq 
va erkinliklari, davlat va jamiyat manfaatlari, mulkchilik, tabiiy muhit, 
tinchlik va insoniyat xavfsizligi kiradi (

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin