shu orqali jinoyatchilikning oldini olish, ijtimoiy munosabatlarni
sezilarli
zarar yetkazilishidan himoya qilishdan iboratdir. Me’yoriy-huquqiy
prinsiplarning fuqarolarga ta’siri kodeksda belgilangan qoidalarni
buzmaslikka da’vat qilish darajasidagi ularning huquqiy ongini
shakllantirish va bu qoidalarga faqat davlat
va jamiyat manfaatlari
nazaridan emas, balki o‘zining shaxsiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda
yoki bo‘lmasa davlat tomonidan o‘rnatilgan inson va fuqarolarning huquq
va erkinliklarini ta’minlashning realligidan, boshqa shaxslarning huquqlari
va erkinliklarini hurmat qilish zarurligidan kelib chiqqan holda
rioya
ettirish maqsadini ko‘zlaydi.
Kodeksda jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining yetakchi
g‘oyalarini mustahkamlovchi maxsus moddalar mavjudligi olib
borilayotgan jinoyat-huquqiy siyosatning vazifalarini samaraliroq hal etish
va uning mohiyatini chuqurroq anglab yetishga ko‘maklashadi.
Huquqiy prinsiplarning dastlabki tergov, prokuratura va sud
idoralarining mansabdor shaxslarga ta’siri, o‘z navbatida, jinoyat
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining to‘g‘ri qo‘llanilishi, inson huquqlari va
erkinliklarining himoya qilinishiga va bu boradagi O‘zbekiston
Respublikasi jinoyatga oid siyosatini yurg‘izishning barqarorligi
va birligi,
shuningdek, xizmat vazifalarini bajarishda talabchanlik va shaxsiy
mas’uliyatni oshirishdan iboratdir.
Qonun ijodkorligi jarayonida huquqiy prinsiplarning ta’siri alohida
ahamiyat kasb etadi. Prinsip-normalar qonun chiqaruvchi organning qonun
chiqarish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda
bekor qilish
bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Jinoiy-huquqiy
normalarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida qonun chiqaruvchi
jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida mustahkamlangan rahbariy
g‘oyalar tizimiga tayanadi.
Huquq sohasining har biri uchun taalluqli bo‘lgan umumiy g‘oyalar
Dostları ilə paylaş: