Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
Jinoyatni sodir etishga rahbarlik qilish bevosita jinoyat sodir etilish
vaqtida ishtirokchilar faoliyatini muvofiqlashtirib, tartibga solishni o‘zida
ifoda etadi. Odatda, rahbarlik jinoyat sodir etish joyida amalga oshiriladi
va bajaruvchi (bajaruvchilar) harakatini boshqarishdan iborat bo‘ladi.
Biroq tajovuz joyida turmasdan, zarur ko‘rsatmalarni bajaruvchiga
kommunikatsiya vositalari yordamida (telefon, ratsiya va boshq.) bergan
shaxs ham jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qilishi mumkin.
Ishtirokchilikda muayyan jinoyatni sodir etishda tashkilotchi jinoyat
tarkibining amalda bajarilishida qatnashgani yoki qatnashmaganligidan
yoxud faqat jinoyatni bevosita bajaruvchilari jinoiy faoliyatining
muvaffaqiyatiga sabab bo‘lgan harakatlarni sodir etishidan qat’i nazar,
jinoiy faoliyat rahnamosi, rahbari sifatida jinoyatni bevosita sodir etishga
rahbarlik qiladi.
Jinoyat tashkilotchisi doimo
to‘g‘ri qasd bilan harakat qiladi. U
ishtirokchilar bajarishi shart bo‘lgan harakatlar mazmunini anglaydi, o‘z
faoliyati natijasida jinoyat sodir etilishi mumkinligini oldindan ko‘ra biladi
va shuni istaydi ham. Jinoyat tashkilotchisi o‘z qilmishi va boshqa
ishtirokchilar qilmishlari ijtimoiy xavfli xarakterini anglaydi, ba’zi
holatlarda guruh tarkibi haqida ma’lumotga ega (jinoyat sodir etishga
tayyorgarlik qilishga rahbarlik holatida), butun guruh faoliyatining
natijasida ijtimoiy xavfli oqibatlar yuzaga kelishi mumkinligi yoki
muqarrarligini oldindan ko‘ra biladi hamda ushbu oqibatlar yuzaga
kelishini istaydi ham.
Agar tashkilotchi jinoyatning tayyorlanishiga yoki sodir etilishiga
rahbarlik qilgan bo‘lsa-da, biroq jinoyat tarkibining obyektiv tomoni
302