344
XI BOB. BIR QANCHA JINOYAT SODIR ETISH
1-§. Bir qancha jinoyat sodir etish tushunchasi va turlari
Bir shaxs tomonidan bir vaqtning o‘zida yoki turli vaqtda bir qancha
jinoyatlarni sodir etilishi tergov-sud amaliyotida ko‘p uchraydigan
hodisadir. Jinoyat huquqida bu hodisa bir qancha jinoyat sodir etish deb
nomlanadi.
Bir qancha jinoyat sodir etish
huquqiy nuqtai nazardan tegishli
huquqiy oqibatlarga olib keluvchi jinoyatning muayyan shakllarini aks
ettiruvchi jinoiy-huquqiy atama sifatida tavsiflanishi lozim.
NOTA BENE !
Bir qancha jinoyat sodir etish
– bir shaxs tomonidan bir vaqtning
o‘zida yoki ketma-ket tamomlangan yoki tamomlanmagan bo‘lishidan,
shaxsan o‘zi yoki ishtirokchilikda sodir etilgan yoki etilmagan bo‘lishidan
qat’i nazar, ushbu jinoyatlarni sodir etganlik uchun jinoiy-huquqiy
oqibatlar mavjudlik sharti bo‘lganda, ikki yoki undan ortiq har biri
jinoyatlarning mustaqil tarkibini tashkil etuvchi jinoiy qilmish sodir
etishdan iboratdir.
Quyidagi belgilar bir qancha jinoyat sodir etishga xosdir:
– JK Maxsus qismining aynan bir moddasida, turli moddalarida yoki
moddaning turli qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarning shaxs
tomonidan sodir etilishi;
– bir qancha jinoyatni tashkil etuvchi qilmishlarning har biri alohida
jinoyat bo‘lishi;
– shunday jinoiy qilmishlarni sodir etish faktidan kelib chiqadigan
jinoiy-huquqiy oqibatlarning mavjudligi (jinoyatlar bo‘yicha sudlanganlik
tugallangan yoki olib tashlangan bo‘lsa yoxud ular uchun jinoiy
javobgarlik kelib chiqishi istisno qilinadigan bo‘lsa, bu bir qancha jinoyat
sodir etishni tashkil qilmaydi).
Aybdorning biri JK 14-moddasiga muvofiq, jinoyat deb
hisoblanmaydigan va ma’muriy yoki intizomiy huquqbuzarlik sifatida
345
yoxud axloqqa xilof harakat sifatida kvalifikatsiya qilinadigan, ikkinchisi
esa jinoyat bo‘lib hisoblanadigan qilmishlari takroran jinoyat sodir etishni
tashkil etmaydi. Masalan, mayda bezorilik (MJtK 183-moddasida ko‘zda
tutilgan) va bezorilik (JK 277-moddasi) takroran jinoyat sodir etish (shu
jumladan, bir qancha jinoyat sodir etish)ni tashkil etmaydi.
Bir qancha jinoyat sodir etish aybdor shaxsining ham (shaxsning
jinoyatlar sodir etishga, ko‘pincha professional jinoiy faoliyat bilan
shug‘ullanishga ko‘proq moyilligini namoyon qiladi), umuman sodir
etilgan qilmishning ham (natijada jinoyat huquqi tomonidan
qo‘riqlanadigan munosabatlarning kengroq doirasi zarar ko‘radi,
jamiyatning boshqa beqaror a’zolarida jazolanmay qolish mumkin degan
xomhayol uyg‘otadi, jinoyatlar buzilishi va dinamikasida keng tarqalgan
hodisaga aylanadi) ijtimoiy xavfliligi kattaroq ekanligidan dalolat beradi.
Bu JK Maxsus qismining ko‘p normalarida aks etgan bo‘lib, bu moddalar
sanksiyalarida bir qancha jinoyat sodir etishning turli ko‘rinishlari
(shakllari) uchun ko‘proq javobgarlik nazarda tutilgan.
Bir qancha jinoyat sodir etishning yuridik mazmuni shundan iboratki,
u jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkazadi, jazo
tayinlashning maxsus qoidalarini (bir necha marta sodir etilganda jazo
tayinlash va bir necha hukm bo‘yicha jazo tayinlash) keltirib chiqaradi,
javobgarlik va jazodan ozod qilish masalalarini hal qilishga, xususan,
yarashuvga (JK 661-moddasi), shartli hukm qilish (JK 72-moddasi), jazoni
o‘tashdan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish (JK 73-
moddasi)ga ta’sir ko‘rsatadi.
JKning Umumiy qismida bir qancha jinoyat sodir etishning uchta
ko‘rinishi (shakli) ajratib ko‘rsatiladi: takroran jinoyat sodir etish,
jinoyatlar majmui, retsidiv jinoyat. Bunda mazkur ko‘rinishlarning tasnifi
va nisbati to‘g‘risida yuridik adabiyotlarda turli nuqtai nazarlar mavjud.
Biroq ularni tadqiq etish mazkur ishimiz doirasidan chetga chiqib ketgan
bo‘lar edi. Ta’kidlab o‘tamizki, biz qonun chiqaruvchi tomonidan JKning
VIII bobida taklif etilgan tasniflashga qo‘shilamiz. Bunday tasniflash
qoidalariga binoan, bir qancha jinoyat sodir etish shakllari takroran jinoyat
sodir etish, jinoyatlar majmui, retsidiv jinoyat hisoblanadi. Jinoyat huquqi
346
tegishli huquqiy oqibatlarni, ya’ni jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish, jazo
tayinlash xususiyatlari, javobgarlik va jazodan ozod qilish xususiyatlarini
aynan shu huquqiy tushunchalar bilan bog‘laydi.
Bir qancha jinoyat sodir etish turlarining shakllanishiga jinoyatlarning
bir xil, turdosh va har xil turlari birlashib ketishi ta’sir o‘tkazadi.
Asosiy yoki kvalifikatsiya qilinuvchi muhim yuridik belgilari
bo‘yicha to‘la mos tushadigan jinoyatlar
Dostları ilə paylaş: |