yoxud anglay olmaydigan hollarda, bu holatlar uning javobgarligini
og‘irlashtirishga xizmat qilishi mumkin emas. Bunday xulosaga faqat
jinoiy javobgarlikning obyektiv va subyekt asoslari mavjudligiga
asoslanib
kelish mumkin.
Bu o‘rinda isbotlash qonunga to‘liq bo‘ysungan holda amalga
oshirilishi lozim. Mazkur talabga rioya qilmaslik aybning
isbotlanmaganligini va oqibatda jinoyat sodir etmagan shaxsning jinoiy
javobgarlikka tortilishi mumkin emasligini ko‘rsatadi.
Ta’kidlab o‘tish lozimki, ushbu prinsip
aniq jinoyatlar tarkibini
shakllantirish va jinoyat tarkibini jinoiy javobgarlikning asosi deb tan olish
bilan mamlakatimizda mavjud bo‘lgan qonun hujjatlarida ijtimoiy xavfli
va qonunga xilof harakat ko‘rinishida aks etmagan qilmish uchun
jazolanish holatlarini inkor etadi.
Ushbu
prinsip yana obyektiv ayblovni, ya’ni aybsiz holda zarar
yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortishni ham inkor etadi. Aybsiz
holda yetkazilgan har qanday qilmish, ijtimoiy munosabatlarga yetkazgan
moddiy zararidan qat’i nazar, jinoyat deb topilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida ayb uchun javobgarlik
prinsipining mavjudligi jinoyat uchun javobgarlikning qat’iy
belgilanganligini ko‘rsatadi. Jinoyat sodir etganlik uchun faqatgina aybdor
shaxs javobgarlikka tortiladi. Ushbu qoida jinoyat to‘g‘risidagi qonun
hujjatlarida bajaruvchining ektsess institutini, ya’ni jinoiy guruh
a’zolarining qasdi bilan qamrab olinmagan harakati
uchun faqat
ijrochining o‘zi javobgar ekanligini tan olishda aksini topadi.
(Bu haqda ushbu tom X bobining «Ishtirokchilikda sodir qilingan
jinoyat uchun javobgarlik asoslari va chegaralari» deb nomlangan 4-§ da
batafsil to‘xtalib o‘tilgan.)
Dostları ilə paylaş: