osonlashtiradi va aholining huquqiy xabardorligini oshiradi. Shu
bilan
birga, bu holat qonunchilik texnikasining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi,
qonun chiqaruvchini Jinoyat kodeksi tizimiga tezda kirishib keta oladigan
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish tartibini mustahkamlaydi.
Jinoyat qonunining Jinoyat kodeksida mustahkamlanishi, birinchi
navbatda, o‘z ifodasini shunda topadiki, u muhim bo‘lgan ijtimoiy
munosabatlarning himoya
qilish vositasi, jinoyatchilikka qarshi
kurashishning huquqiy bazasi bo‘lib hisoblanadi. Jinoyat
hisoblanadigan
qilmishlarning obyektiv va subyekt belgilarini ifodalagan holda ularni
sodir etganlik uchun aniq jazo turlarini belgilaydi. Bundan
tashqari, u
fuqarolarga nisbatan ogohlantiruvchi va tarbiyalovchi jihatlarga ega.
Jinoyat-huquqiy ahamiyatdagi taqiq va majburiyatlarni o‘rnata turib,
jinoyat qonuni odamlar o‘zlarining xulq-atvorini huquq normalariga
solishtirgan holda idrok qilishi uchun ularning ongi va irodasiga ta’sir
ko‘rsatadi.
Jinoyat kodeksining jinoyat-huquqiy normalarni mustahkamlashning
yagona va mutlaq shakli sifatida ta’riflanishi bilan birga
Dostları ilə paylaş: