Havolaki dispozitsiyada ortiqcha takrorlashlarni bartaraf qilish
maqsadida normaning mazmunini aniqlash uchun kodeksning boshqa bir
normasiga murojaat etiladi. Masalan, JKning o‘rtacha og‘ir shikast
yetkazganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi 105-moddasi 1-qismida
yetkazilgan shikast hayot uchun xavfli bo‘lmasligi va JK 104-moddasida
nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqarmasligi kerak deyilgan.
Ta’kidlash joizki, JKning aksariyat moddalarida og‘irlashtiruvchi va
o‘ta og‘irlashtiruvchi tarkiblarda o‘sha moddaning asosiy tarkibiga havola
qilish hollari uchraydi. Bunda «o‘sha qilmish ... sabab bo‘lsa», «o‘sha
qilmish ... sodir etilgan bo‘lsa», «mazkur moddaning birinchi va ikkinchi
qismida nazarda tutilgan qilmish ... sabab bo‘lsa» kabi ta’rif ishlatiladi.
Aralash (kombinatsiyalashgan) dispozitsiya blanket yoki havolaki,
shuningdek, oddiy yoki tasvirlov dispozitsiyalarning belgilarini o‘zida aks
ettiradi. Masalan, Jinoyat kodeksining 137-moddasi 1-qismiga ko‘ra,
ushbu kodeksning 245-moddasida nazarda tutilgan alomatlar mavjud
bo‘lmagan holda odam o‘g‘irlash jinoyat deb hisoblanadi. Ushbu moddada
dispozitsiyaning ham oddiy (odam o‘g‘irlash), ham havolaki (Jinoyat
kodeksi 245-moddasida nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lmasa)
turlari mavjud bo‘lganligi sababli «aralash» deb yuritiladi
1
.
NOTA BENE ! Sanksiya – modda qismining elementi bo‘lib, dispozitsiyada
ko‘rsatilgan muayyan jinoyat uchun jazo turi va doirasini belgilaydi.
1
Уголовное право. Общая часть: Учебник / А.С. Якубов, Р. Кабулов и др. – 94-95 б.
60
Ma’lumki, qonun chiqaruvchi JK 15-moddasidagi jinoyatlar tasnifini
jazoning me’yori bilan bog‘laydi, chunki qilmishning ijtimoiy xavflilik
xususiyati va darajasi aynan sanksiyada namoyon bo‘ladi.