Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

NOTA BENE ! 
Anklav 
– davlat hududining boshqa davlat chegaralari bilan o‘rab 
olingan va dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan qismi. 
NOTA BENE ! 
Suv hududi 
– bu davlat chegaralari ichidagi suyuq holatdagi suv 
resurslaridir. 
Suv hududi tarkibiga ichki suvlar va O‘zbekiston Respublikasi hududiy 
suvlari hamda chegaraviy suvlarning tegishli qismi kiradi. Suv hududiga 
yerosti suvlari, termal va mineral suvlar kirmaydi. Bunday suvlar yerosti 
boyliklari deb hisoblanadi. 
O‘zbekistonning ichki suvlariga
quyidagilar kiradi: 
– O‘zbekiston hududida to‘liq joylashgan suv havzalari, uning 
qirg‘oqlari ham, masalan, Chorvoq suv ombori
– Orol dengizining O‘zbekiston hududiga qarashli suvlari, ya’ni 
suvning chegara hisoblangan kengligidan yaqin qirg‘oqqacha qismi; 
– Orol dengizi tomonidan chegara chizig‘i bilan ajratilgan port suvlari
dengizning chegara chizig‘igacha bo‘lgan gidrotexnik va boshqa port 
inshootlari; 
– Orol dengizining O‘zbekiston hududiga tarixiy qarashli bo‘g‘oz, 
buxta, gut va limanlar
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикасининг 1999 йил 20 августдаги “Ўзбекистон Республикасининг давлат 
чегараси тўғрисида”ги N 820-I сон Қонуни, 5-м. // “Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 
Ахборотномаси”, 1999 йил, 9-сон, 217-модда 
64 


– Orol dengizining O‘zbekiston hududiga to‘liq qarashli bo‘g‘oz, 
buxta, gut va limanlar qirg‘oqlari, qirg‘oqdan qirg‘oqqacha bo‘lsa, 
kenglikning dengiz tomonidan birinchi marta tashkil bo‘lgan bir necha 
o‘tish joylari, agar uning eni 24 dengiz milyasidan oshmaydigan bo‘lsa (44 
km 448 m). 
O‘zbekistonning hududiy suvlari 
– bu Orol dengizining qirg‘oqoldi 
suvlari bo‘lib, 12 dengiz milyasi (22 km 224 m) enliligida bo‘lib, 
O‘zbekiston Respublikasiga tegishli bo‘lgan materik qismi hamda orollar 
atrofidan yoki O‘zbekistonning ichki dengiz suvlarining tashqi 
chegarasidan hisoblanadi. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin