Bu tamoyil amal qilishining yagona sharti O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnoma
va kelishuvlarida xalqaro
xarakterdagi muayyan qilmish to‘g‘risida aniq chora-tadbirlarning
borligidir. Shunday qilib, chet ellik shaxs (muhojir) yoki fuqaroligi
bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston hududida doimiy yashamay turib, ilgari
xorijiy davlat jinoiy qonunchiligiga muvofiq tegishli
javobgarlikka
tortilgan bo‘lsa, uni O‘zbekiston Respublikasi hududida aynan o‘sha
qilmishlari uchun qayta javobgarlikka tortib bo‘lmaydi. Bunda
Kodeksning odillik prinsipiga asoslanganligi namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: