Hasharotlar xilma-xilligi: asosiy turkumlari va muxim vakillari.
Termitlar (Isoptera) turkumi.
Beshiktervatlar (Montoptera) turkumi.
Hasharotlar xilma-xilligi: asosiy turkumlari va muxim vakillari. Suvaraklar (Blattodea) turkumi. Suvaraklarning ko‘pincha yapaloqlashgan tanasi qalin xitin bilan qoplangan bo‘lib, qora jigar rang yoki qizg‘ish rangda yoki qizig‘ish rangda: cho‘ziq tangasimon yoki oval – tuxumsimon bo‘ladi. Yaxshi ajralgan va pastga yo‘nalgan boshida bir juft uzun – ko‘p bo‘g‘imli mo‘ylov, katta murakkab va kichkina sodda ko‘zlari hamda kavshovchi tipda tuzilgan og‘iz apparati joylashgan.
Oyoqlar yaxshi rivojlanib, tez yugurishga moslashgan; 8 – 10 bo‘g‘imli qorinchaning oxirida bir juft serkalar; erkagida 1 – 2 grifilka bo‘ladi. Qanot erkaklarida rivojlangan, urg‘ochisida faqat kalta po‘st qanot bo‘lib, ba’zi turlarida qanotlar butunlay yo‘qolgan.
Uylarda yashovchi qizg‘ich suvarak non va boshqa oziq qoldiqlari bilan ovqatlanadi. U turli kasallik mikroblari yoki parazit yumaloq chuvalchanglar (qilbosh, ostritsa) ning tuxumini tarqatib, inson salomatligiga katta ta’sir o‘tkazadi.
Afrika, Yevropa (jumladan Qrimda) va Avstraliyada tarqalgan qora suvarak yiriqroq (3 – 3,5 sm) sassiq hid tarqatadi, u ko‘p kasalliklar tarqatadi.
O‘rta Osiyoda ko‘p tarqalgan qora tangacha yoki toshbaqasimon suvarak tosh, kesak va eski devorlar orasida yashaydi. Yapaloqlashgan, 4 – 5 sm tanasi ovalsimon yoki doirasimon tuzilgan. U boshqa hamma suvaraklar singari tunda aktiv.
Qum tanachasi yuqoridagi turga o‘xshash tuzilgan, lekin u kemiruvchi hayvonlarning uyalarida yashaydi.
Suvarakning lichinkasi juda sekin rivojlanadi. Oddiy suvarak 3 – 4 oyda, qora tangachaning lichinkasi esa 3 – 4 yilda rivojlanib, voyaga yetadi.
Suvaraklar turkumiga 2500 dan ortiqroq turi mansub bo‘lib, bulardan 50 tacha Rossiyada, 22 turi esa O‘rta Osiyoda uchraydi.