HAVO HARORATINING BALANDLIK BO'YICHA O'ZGARISHI
Reja:
1. Atmosferaning tuzilishi va asosiy xususiyatlari. 2.Atmosferada gazlar balansining o’zgarishi.
3.Atmosferaning tabiiy va sun'iy ifloslanishi.
4.Atmosfera ifloslanishining inson, o’simlik va hayvonlarga ta'siri.
5.Ruxsat etilgan miqdor (REM) tushunchasi.
Atmosfera yer sharining havo qobig'i bo'lib, biosferada hayot mavjudligini taminlovchi asosiy manbalardan biridir. Atmosfera barcha jonzotlarni zararli kosmik nurlardan himoya qilib turadi, sayyora yuzasidagi issiqlikni saqlaydi. Agar havo qobigl bo'lmaganida yer yuzasida kunduzi harorat +100 C va kechqurun-100 C harorat kuzatilgan bo'lar edi. Atmosferaning yuqori chegarasi taxminan 2000 km balandlikdan o'tadi, atmosfera bir necha qatlamlardan iborat bo’lib. Uning asosiy massasi 10-16 km balandlikkacha bo’lgan quyi troposfera qismida joylashgan, ob - havo va iqlim ko'p jihatdan atmosferadagi jarayonlar bilan bog'liq. Begona qo'shimchalari bo'lmagan atmosfera havosi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat; azot-78.1%, kislorod 20.9%, argon va boshqa inert gazlar 0.95%, karbonat angidrid 0.03 %. Boshqa gazlarning miqdori nisabtan kam . Bundan tashqari havoda doim 3-4 % suv bug'lari. Chang zarralari bo’ladi. Atmosferadagi har bir gaz o'ziga xos fizik va kimyoviy xususiyatlarga egadir.
Atmosferadagi uzoq vaqtdan beri asosiy gazlarning nisbatan doimiy miqdorlari mavjud bo’lib, so'ngi yillarda inson tasirining kuchayishi natijasida gazlar balansining o"zgarishi kuzatilmoqda. Atmosferadagi gazlar doimiy miqdori o’zgarishi sayyoramiz uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi aniqlangan. Oxirgi yillarda atmosferaga o'nlab mlrd tonna karbonat angidrid gazining chiqishi natijasida sayyoramizning o'rtacha harorati 0,5 c oshgaligi aniqlangan. «parnik effekti» natijasida yer yuzi o'rtacha haroratining o’zgarishi og'ir ekologik oqibatlarga olib kelishi bashorat qilinadi.Har yili yer yuzasida yonish jarayonlariga qo'shimcha o'n milrd tonnadan ortiq kislorod sarflanadi. Biosferada kislorodni tiklovchi manbalar-yashil o'simliklar maydonining tez qisqarib borayotganligini hisobga olsak, kelajakda kislorodning kamayishi muommosi yuzaga kelishi shubhasizdir.
Atmosferaning ifloslanishi deganda havoga begona birikmalarning qo'shilishi natijasiga uning fizik va kimyoviy xususiyatlarining o’zgarishi tushuniladi, atmosfera tabiiy va suniy yo'llar bilan ifloslanadi. Vulqonlar otilishi, chang to'zonlar, o'rmon va dashtlardagi yong'inlar o'simlik changlari mikroorganizmlar kosmik chang va boshqalar tabiiy ifloslanish manbalaridir. Suniy ifloslanish manbalariga energetika, sanoat korxonalari, transport, maishiy chiqindilar va boshqalar kiradi. Hozirgi kunda atmosferaning suniy ifloslanish darajasi oshib bormoqda .atmosferaning mahalliy, regional va global ifloslanishi kuzatiladi. Agregat holatiga ko'ra atmosferani ifloslovchi birikmalarni to'rt guruhga bo'lish mumkin; qattiq, suyuq, gazsimon va aralash birikmalar, havoni ifloslovchi asosiy modda va birikmalarga aerozollar, qattiq zarrachalar, kurum, azot oksidlari, uglerod oksidlari, oltingugurt oksidlari, xlorftoruglevodorodlar, metal oksidlari va boshqalar kiradi, Atmosferaga o'n minglab tonna modda va birikmalar chiqarilgan bo’lib, ularning o'zaro birikib hosil qilgan aralashmalari to'la urganilmagan. Bunday nomalum birikmalarning tirik jonzotlarga shu jumladan inson sog'lig'iga tasiri aniq baholangan emas.
Havoning kuchli ifloslanishi bazi uy hayvonlarining nobud bo'lishiga olib keladi. Atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalarning inson organizmiga bevosita yoki bilvosita zararli tasir ko’rsatmaydigan miqdori ruxsat etilgan miqdor (REM) deb yuritiladi . Bunda zararli birikmalarning odam mehnat faoliyatiga va kayfiyatiga putur etkazmasligi nazarda tutiladi. Havo ifloslanishining muntazam REM dan yuqori bo'lishi aholi kasallanish darajasining keskin ortishiga olib keladi. Aholi yashash joylarida havoning ifloslanganlik darajasi va tasiri REM ko"rsatkichlari bo'yicha belgilanadi. Turli moddalarning tasir darajasiga qarab xilma-xil REM ko’rsatkichlari belgilangan. Masalan. Quyidagi REM ko’rsatkichlarini ajratish mumkin; is gazi-0,01 mg/m3: oltingugurt gazi-0,05 mg/m3; xlor-0,03mg/m3; fenol-0,01 mg/m3; formaldegid-0,003 mg/m3; qurum-0,05 mg/m3: va hokozo. REM ko’rsatkichlari turli davlatlarda farqlanishi mumkin. Hozirgi kungacha atmosfera havosidagi 600 ta kimyoviy moddaning REM lari ishlab chiqilgan, shuningdek 38 ta moddalaning birlashib ta'sir qilishi o'rganilgan bo’lib ular uchun me'yorlar belgilangan.
Atmosferaning 20-30 km oraligida joylashgan o'ziga xos himoya qobig'i-ozon (O3) qatlamining siyraklashuvi ham dolzarb ekologik muammolardan hisoblanadi. Ozon qatlami insonlar va barcha jonzotlarni quyoshning ultrabinafsha nurlarini zararli ta'siridan himoya qiladi. Freon, Xlorftoruglevodorodlar, ozot oksidlari ta'sirida ozon parchalanadi. Yer yuzi qutublarida, ayrim hududlar va yirik shaharlar ustida ozon tuynuklari vujudga kelgan. Hozirgi kunda ozonning kamayib borishi bilan yuzaga kelayotgan ekologik oqibatlarining oldini olish uchun mahalliy mintaqaviy va umumjahon miqiyosida tadbirlar amalga oshirilmoqda. Oxirgi 10-15 yil ichida kislotali yomgirlar ayrim davlatlarda haqiqiy ekologik falokatga aylanib qoldi. Har qanday qazilma yoqilg'i yondirilganda chiqindi gazlar tarkibida oltingugurt va ozot qo'sh oksidlari bo'ladi. Atmosferaga millionlab tonna chiqarilayotgan bu birikmalar yomgirni kislotaga aylantiradi. So'nggi yillarda AQSH, Kanada, Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlarda kislotali yomg'irlar ta'sirida katta maydondagi o'rmonlar quriy boshlagan. Bunday yomg'irlar hosildorlikni pasaytiradi, binolar, tarixiy yodgorliklarni emiradi, inson sog'lig'iga zarar etkazadi. Kislotali yomg'irlarning uzoq masofaga ko'chishi natijasida turli davlatlar o'rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Ushbu ekologik xatarni bartaraf qilish uchun mahalliy xalqaro miqyosida tadbirlar o'tkazilmoqda.
Ayrim hududlardagi havoning harakatsiz turib qolishi oqibatida kuzatiladigan zaxarli tuman-smog (tutun va tuman aralashmasi) insonlar sog'ligiga o'ta salbiy ta'sir ko’rsatadi. 1952 yili 5-9 dekabrda Londonda yuz bergan smog oqibatida 4 mingdan ortiq kishi halok bo’lgan, keyingi yillarda dunyoning yirik shaxarlarida London tipidagi smog Los-Anjeles tipidagi smoglar qayd qilingan. Fotokimyoviy smog deganda sanoat va transport chiqindi gazlarining quyosh nurlari ta'sirida reaksiyaga kirishib xavfli brikmalarni xosil qilishi tushuniladi. Jumladan ozon, formaldegid va boshqa birikmalarning hosil bo'lishi va miqdorining ortishi kuzatiladi. Smogning oldini olish muhim ahamiyatiga ega. Yer yuzida atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish uchun tezlik bilan zarur choralar ko’rilishi lozim. Amerikalik meteorolog Luis Batgan aytganidek: yoki insonlar havodagi tutunni kamaytiradilar, aks xolda tutun yer yuzida insonlarni kamaytiradi.
Atmosfera havosining ifloslanishi turli ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Insonlar sog'lig'ining yomonlashuvi, binolar, tarixiy obidalarning emirilishi, o'simlik va hayvonlarning nobud bo'lishi va boshqa hodisalar katta iqtisodiy zarar etkazadi. Faqatgina AQSHda havoning ifloslanishi inson sog'lig'iga etkazilgan ziyonni hisobga olmaganida, yiliga 30 mlrd. dollardan ortiq moddiy zarar etkazadi. Atmosfera havosi o'z o'zini tozalash xususiyatiga ega. Lekin uning bu imkoniyati cheklangan. Yuqori darajadagi texnogen ifloslanishni bartaraf qilish insonlarning o'zlari amalga oshirishlari lozim bcf Igan vazifadir. Havo ifloslanishining oldini olish va kamaytirishning turli yo'llari mavjud. Korxonalarda tozalash qurilmalari o'rnatiladi, zararli korxonalar shaxar chekkasiga chiqariladi. Ishlab chiqarish texnologiyasini o'zgartirish, ayniqsa chiqindisiz texnologiyaga o'tish ushbu muammoni hal qilishning eng istiqbolli yo'llari hisoblanadi. Hozirgi vaqtda havoning ifloslanishida avtotransportning hissasi oshib bormoqda. Dunyo bo'yicha 500 mln.dan ortiq avtomobil har kuni havoga yuz minglab tonna zararli birikmalar chiqaradi. Avtomobil tutunida 200 dan ortiq zararli birikmalar, shu jumladan o'pka raki va boshqa og'ir kasalliklarni keltirib chiqaruvchi birikmalar (benzapirin, qo'rg'oshin va boshqalar) mavjud. Toshkent shahrida havo ifloslanishining 70 foizidan ortig'i avtotransport hissasiga to"g'ri keladi. O’zbekistonning boshqa yirik shaharlarida ham havo ifloslanishida transportning hissasi ortib bormoqda. Transport harakatini tartibga solish, metro, elektr transportini rivojlantirish, yoqilg'1 sifatini yaxshilash va boshqa tadbirlar yirik shaharlar havosining ifloslanishini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Ekologik toza transport vositalarini yaratish shu kunning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.
O’zbeksiton Respublikasida atmosfera havosining ifloslanishi eng asosiy ekologik muammolardan biri hisoblanadi. Shaharlarning asosan tog'oldi va tog'oraliq botiqlarida joylashganligi, iqlimning issiq va quruqligi O’zbekistonda atmosfera havosi ifloslanishining nisbatan yuqori bo'lishiga olib kelgan. O’zbekistonda atmosfera havosi ayniqsa aholi, sanoat va transport yuqori darajada to'plangan Toshkent va Farg'ona iqtisodiy rayonlarida kuchli ifloslangan. Metallurgiya, kimyo va mashinasozlik markazlari bo’lgan Olmaliq, Toshkent, Farg'ona, Bekobod, Andijon, Chirchiq, Navoiy shaharlarida havoning ifloslanish darajasi ancha yuqori. Bir qator zararli birikmalar bo'yicha ko’rsatkichlari REM dan yuqori bo’lgan bu shaxarlarning ba'zilarida fotokimyoviy smog xavfi mavjud.
O’zbekistonning bozor munosabatlariga o'tishi va so'nggi yillarda turli ekologik tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida atmosferaga tashlanadigan chiqindilar miqdorining kamayishi kuzatiladi. Agar 1990 yili atmosferaga harakatlanadigan va turgun manbalardan 4 mln. tonnadan ortiq zararli birikmalar chiqarilgan bo'lsa, bu ko’rsatkich 1995 yili 2 mln. tonnagacha kamaygan. Atmosferaga tashlanadigan chiqindilar miqdorining kamayishi sanoat korxonalari quvvatining pasayishi va transportda yuk tashish hajmining tushib ketishi bilan ham bevosita bog'liqdir. O’zbekistonda atmosferaga tashlanadigan ifloslovchi birikmalar. O’zbekistonda atmosfera havosiga xilma-xil birikmalar chiqariladi. Zararli birikmalarning 50 foizdan ortig'i uglerod oksidi (is gazi-SO)ga to’g'ri keladi. Mamlakatimiz hududi Rossiya, Qozog'iston, Tojikiston va boshqa qo'shni mamlakatlardan keladigan zararli birikmalar bilan ham ifloslanadi. So'ngi yillarda olib borilayotgan tadqiqotlar (O’zbekistonning tog'li rayonlarida, Toshkent shahri ustida ozon miqdorining 10-12% kamayganligini ko’rsatadi. Orol dengizining qurigan tubidan ko’tarilayotgan chang va tuzlar ham juda katta maydonda havoning ifloslanishiga sabab bo'lmoqda. O’zbekistonda atmosfera havosini muhofaza qilish ustuvor masalalardan hisoblanadi. Havo ifloslanishini kuzatish va nazorat qilish monitoringi yaxshi yo'lga qo'yilgan. Korxonalar uchun havoni belgilangan miqdordan ortiqcha ifloslagani uchun to'lov va jarimalar belgilangan. O’zbekistonda atmosferani muhofaza qilish to'g'risida maxsus qonun (1996 yil, dekabr) qabul qilingan . Yer yuzidagi barcha mavjud suvlar gidrosferani tashkil qiladi. Gidrosfera deganda okean, dengiz, ko'l, daryo, yer osti suvlari va muzliklarni o'z ichiga olgan yerning suv qobig'i tushuniladi. «Gidro»-suv va «sfera»-shar degan rna'noni bildiradi. Sayyoramizda hayot dastlab suv muhitida paydo bo’lgan va tirik organizmlar uchun suvning ahamiyati beqiyosdir. Yer yuzida suv suyuq, qattiq va gazsimon holatda mavjud bo'lib, modda va energiya aylanma harakatida katta rol o'ynaydi. Ayniqsa atmosferadagi suv buglari va tuproq namligining ahamiyati katta. Suv tugamaydigan resurslarga kiradi va aylanma harakat natijasida suv zaxiralari doim tiklanib turadi. Yer yuzasidagi suv tugamaydigan resurs bo'lishiga qaramasdan inson bevosita ishlatishi mumkin bcf Igan suv zaxiralari juda ham cheklangan. Gidrosferadagi barcha suvlarning 96,5 foizi dunyo okeanining sho'r suvlariga to"g'ri keladi. Mavjud chuchuk suvlarning katta qismi muzliklarda (1,73%), va er ostidagi suv zaxiralarida (1,70%) joylashgan.Shuni ta'kidlash kerakki,yer ostidagi suv zaxiralarining aniq miqdori belgilangan emas.Yer yuzida hozirgi vaqtda inson bevosita foydalanishi mumkin bo'lgan chuchuk suvlar miqdori gidrosferadagi umumiy suv hajmining taxminan 0,3 foizini tashkil qiladi. Sayyoramizda daryo va ko'l suvlari bir tekis taqsimlanmagan va ayrim hududdarda suv tugaydigan hamda juda sekin tiklanadigan resurs hisoblanadi. Dunyo aholisi tez suratlarda o'sib borayotgan hozirgi vaqtda 800 mln.dan ortiq kishi suv etishmasligi sharoitida yashaydi va 60% dan ortiq, aholi sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlangan emas.
Biosferadagi jarayonlar va insonlar hayotida suvning ahamiyati juda kattadir. Suv biosferadagi deyarli barcha jarayonlarda ishtirok etadi. Suvning uch xil agregat holatda (suyuq gazsimon, qattiq) bo'lishi turli joylarning ob-havo va iqlim sharoitining shakllanishida muhim rol o'ynaydi. Biosferada fotosintez jarayoni suv ishtirokida amalga oshadi, Suv tirik organizmlar uchun birlamchi hayot muhiti hisoblanadi inson organizmining 60% dan ortig'i, ba'zi o’simliklarning 85% i suvdan iboratdir. Insonning xo'jalik faoliyatida suv manbalari arzon energiya vositasi, sug'oriladigan dehqonchilikni rivojlantirish asosi, sanoat korxonalari joylashtirishni ko"p jihatdan belgilaydigan muhim omil hisoblanadi. Kishilarning kundalik hayotini suvsiz tasavvur qilib bo'lmaydi.
Yer yuzida hozirgi vaqtda suv etishmasligining asosiy sabablari mavjud chuchuk suv manbalarining materiklar va ayrim mamlakatlar bo'yicha notekis taqsimlanishi va qishloq xo'jaligi, sanoat korxonalarida suvdan oqilona foydalanishdir. 1 tonna paxta olish uchun 10000 tonnagacha, 1 tonna sun'iy kauchuk olish uchun 3000 tonna, 1 tonna nikel olish uchun 4000 tonnadan ortiq suv sarflanadi. Dunyo bo'yicha Iga yerni sugorish uchun o'rtacha 8-12 ming m3 suv sarflanadi. Maishiy ehtiyojlar uchun ishlatiladigan suvning o'rtacha miqdori ham oshib bormoqda. Masalan, dunyo bo'yicha shaharlarda o 'rtacha kundalik suv sarfi aholi jon boshiga 200 litrni tashkil qilca, bu ko’rsatkich Germaniyada 250, Toshkentda 700, Moskvada 800 litrni tashkil etadi.
Suvlarning sanoat va maishiy chiqindilar bilan ifloslanishi ham suv etishmasligining asosiy sabablaridan biridir. Suvning ifloslanishi deganda tarkibida sifatini kamaytiruvchi begona birikmalarning mavjudligi tushuniladi. Tozalangan har bir m3 sanoat va maishiy oqavalari 40-60 m3 toza suvni ifloslantirishi aniqlangan. Yer usti va yer osti suvlarini ifloslovchi manbalar juda ko'p va xilma-xildir. Suvlarni ifloslovchi asosiy manbalarga sanoat korxonalari va maishiy xo'jalikdan chiqadigan oqava suvlar; qazilma boyliklarni ishlab chiqarishdagi oqavalar; neftni qayta ishlash korxonalarida ishlatilgan chiqindi suvlar; transporning tashlanma suvlari; shaharlardan hamda kimyoviy vositalar ishlatilgan dalalardan oqib chiqqan suvlar; kasalxonalar va chorvachilik komplekslaridan oqib chiqadigan tozalanmagan suvlar va boshqalar kiradi. Neft va neft mahsulotlari suniy yuvish vositalari, fenollar, pestitsidlar, rangli metallar, murakkab kimyoviy vositalar suvni ifloslovchi asosiy birikmalar hisoblanadi. Oqava suvlarga tushadigan mineral, organik, bakterial va biologik ifloslovchi birikmalar ajratiladi. Mineral ifloslovchilar odatda qum, loy, turli mineral tuzlar kislota va ishqorlar eritmasidan iborat. Organik ifloslovchilar o'simlik va hayvonlarning qoldiqlari, inson va hayvonlarning fiziologik chiqindilaridan iborat. Bakterial va biologik ifloslovchilar asosan maishiy oqava suvlarda mavjuddir. * Sayyoramizda suvlarning ifloslanishi natijasida har yili 500 milliondan ortiq kishi turli og'ir xastaliklarga chalinadi.' Yer yuzida suvlarning radioaktiv ifloslanishi ham katta xavf tugdirmoqda.
Suvlarning etishmovchiligi sharoitida ulardan oqilona foydalanish va oqava suvlarni tozalab, qayta ishlatishni ta'minlash muhim ahamiyatga ega. Suvlarning mavjud o'z-o'zini tozalash xususiyati ifloslovchi birikmalarni butunlay bartaraf etolmaydi. Oqava suv-larni mexanik, kimyoviy va biologik tozalash usullari mavjuddir. Mexanik usulda suvlarni mineral va organik moddalardan tozalanadi. Kimyoviy usulda oqava suvlarga turli kimyoviy birikmalar qcrshib, zararli moddalar bilan reaksiyaga kiritilib (chiqindilar cho'kma holiga tushiriladi) tozalanadi. Kimyoviy tozalash korxonalarida suvlarni takror ishlatish maqsadida hamda oqavalarni suv havzalariga yoki kanalizasiya tarmog'iga tashlanishdan oldin o'tkaziladi. Biologik tozalash uslubi qo'llanilganda organik ifloslovchilar bakteriyalar va mikroorganizmlar yordamida mineralizatsiya qilinadi. Biologik tozalash sug'orish maydonlari, biologik hovuz va aerotenklarda amalga oshiriladi. Shundan sung suv xlor yordamida dezinfeksiya qilinadi va undagi hamma bakteriyalar nobud bo’ladi. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash muhim ahamiyatga ega. Ichimlik suvi maxsus davlat standartlari talabiga javob berishi kerak va doimiy sog'liqni saqlash muassasalarining diqqat markazida bo’ladi. Davlat standarti suv manbalari va bosh suv olish inshootlarining sanitariya muhofaza mintaqalarini uyushtirishni talab qiladi.Yer yuzi aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlashda yer osti suvlariniig ahamiyati kattadir. Turli mamlakatlarda, shu jumladan O’zbekistonda yer osti suvlari, artezian suvlari va mineral suvlar katta miqdorda ichimlik uchun ishlatiladi, Mineral suvlar chiqqan joylarda maxsus shifoxonalar quriladi. Hozirgi kunda yer osti suvlarining tartibsiz ishlatilishi,turli manbalar ta'sirida ifloslanishi oshib bormoqda. Ichimlik suvlarning bebaho manbai bcflgan yer osti suvlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni ta'minlash eng muhim ekologik muammolardan biri hisoblanadi. Xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida suvlarning takror ishlatilishini ta'minlash mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanish imkoniyatini beradi. Dehqonchilikda yangi, ilg'or sug'orish uslublarini joriy qilish suvlarni katta miqdorda tejashni ta'minlaydi. Suvlardagi 1300 dan ortiq zararli birikmalarning REM lari va korxonalar uchun oqavalarni tashlashning yo'l qo'yilgan chegaralari belgilangan. Korxonalar suvlarining belgilangan limitdan ortiqcha ishlatgani va oqavalarni tashlashni me'yoridan oshirganligi uchun jarima va boshqa to'lovlar to'laydi So'ngi yillarda Dunyo okeanining ifloslanishi jahon ahamiyatiga ega bo’lgan ekologik muammoga aylandi. Dengiz va okeanlar asosan neft va neft mahsulotlari, sanoat va maishiy oqavalar, og'ir metallar, radioaktiv birikmalar va boshqalar bilan ifloslanadi. O'rta dengiz yer yuzidagi eng ifloslangan dengiz hisoblanadi. Okean yuzasining neft bilan qoplanishi "okean-atmosfera" tizimida o'zaro aloqadorlikning buzilishiga va yer yuzida kislorodning asosiy manbalaridan biri bo’lgan yashil O’simliklar -fitoplanktonning nobud bo'lishiga olib keladi. Bu o'z navbatida okeandagi biologik mahsuldorlikning kamayishiga sabab bo’ladi. Dunyo okeani uzoq yillardan beri o'ta zaharli va radioaktiv moddalar go'ristoniga aylantirilgan. Dunyo okeanining ifloslanishi nafaqat global ekologik, balki ijtimoiy oqibatlariga ham olib kelishi muqarrardir. Yer yuzida hayot beshigi bo’lgan Dunyo okeanini muhofaza qilish va okean resurslaridan oqilona foydalanishni ta'minlash faqatgina turli davlatlarning hamkorligi natijasidagina muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin. O'rta Osiyo berk havza (Dunyo okeani bilan bog'lanmagan) bcflib, Yer yuzida suv etishmaydigan qurg'oqchil mintaqa hisoblanadi, O'rta Osiyoning tekislik qismida bug'lanish yillik yog'in miqdoridan ko’p va suv oltinga teng deb baholanadi. O'rta Osiyoning yer usti va yer osti suv resurslari cheklangan va oqilona foydalanishni talab qiladi. Ikki asosiy daryo - Sirdaryo va Amudaryoning suvlari deyarli to’liq o'zlashtirilmagan yer osti suvlari ham tobora ko’proq ishlatilmoqda. Suvlarning ifloslanishi muammosi ichimlik suvlarining etishmasligini yanada keskinlashtirdi. Daryolar suvining sug'orishga ko’plab ishlatilishi Opol dengizining qurishiga sabab bo'lmoqda. O'zbekiston Respublikasi yirik sug'oriladigan dehqonchilik rayonlaridan biri hisoblanadi. Suv resurslari O’zbekiston va butun O'rta Osiyo mintaqasining rivojlanishini belgilovchi eng muhim omil hisoblanadi. Qadimda bu katta hududda mehnat va mo'l suv talab qiladigan ekinlar-paxta sholi etishtirib kelingan. O’zbekiston yerlari asosan Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Chirchiq va Ohangaron daryolari suvlari bilan sug'oriladi. Daryolar suv oqimini tartibga solish uchun respublikada 53 ta suv ombori qurilgan. Mavjud ishlatiladigan suvlarning 85 foizi qishloq xo'jaligiga, 12 foizi sanoatga va 3 foizi maishiy-kommunal xo'jalikka to’g"ri keladi. Suvlardan isrofgarchilik bilan foydalanish natijasida sug'oriladigan maydonlar 4,2 mln. gektarga etganida mavjud ishlatiladigan suv zaxiralarining tugashi kuzatiladi. Hozirda yer osti suvlari imkoniyatining 52 foizi ishlatilmoqda.Suvlarning ifloslanishi ham dolzarb ekologik muammolaridan biri hisoblanadi. O’zbekistonning asosiy daryolari Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston hududlaridan ifloslanib keladi. Daryolar suvi chorvachilik komplekslari, kommunal maishiy oqavalar, sanoat oqavalari va katta hajmda kollektor-drenaj suvlari bilan ifloslanadi. 1995 yili faqat sanoatning yalpi oqavalari 141,1 mln m3 ni tashkil qiladi. Suvlarga pestitsitlar va zaxarli kimyoviy birikmalarning ko’plab tushishi natijasida respublikaning ayrim hududlarida ichimlik suvi muammosi keskinlashib ketdi. Ayniqsa, Qoraqolpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ichimlik suv sifatining yomonligi kasalliklarning ortishi, o'limning ko’payishiga olib keldi. Oxirgi yillarda yer osti suvlari sifatining yomonlashuvi kuzatilmoqda. Fargona-Marg'ilon sanoat rayonida neft mahsulotlari va fenollar bilan yer osti suvining ifloslanishi REM dan yuz barobargacha ortganliga qayd qilingan. Toshkent viloyatida ham yer osti suvlarining o'ta yuqori ifloslanishi kuzatilgan.
O'zbekiston Respublikasida suvlardan oqilona foydalanish maqsadida ilg'or chet el tajribalari joriy qilinmoqda. Tomchilab sug'orish, suvlardan takror foydalanish, oqavalarni tozalash shular jumlasidandir. Suv havzalariga tushadigan sanoat oqavalari keyingi besh yil ichida ikki yarim marta kamaygan. Suvlarni me'yoridan ortiq ifloslaganligi uchun jarima va to'lovlar belgilangan. O’zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish maxsus (Suv va suvdan foydalanish to'gvrisida". 6 may. 1993 y.) qonun asosida amalga oshiriladi. Suvlardan oqilona foydalanish va suv havzalarini ifloslanishdan saqlashni ta'minlashda keng jamoatchilikning ishtiroki, ekologik ta'lim va tarbiyani rivojlantirishning ahamiyati kattadir.
Orol va Orolbo'yidagi ekologik ahvolning keskinlashuvi jahon jamoatchiligini tashvishga solmoqda. Yaqin o'tmishda dunyodagi eng yirik ko'llaridan hisoblanadigan Orol dengizi tezlik bilan qurib bormoqda. Oxirgi 30 yil ichida dengiz sathi 16 metrga pasaydi va suv xajmi 1062 ming m3 dan 268 ming m3 ga tushib qoldi.
Orol dengizining qurishiga asosiy sabab Amudaryo va Sirdaryo suvlarining keskin kamayib ketishidir. Sug'oriladigan yerlar maydonining ortib borishi Orol dengizining taqdirini hal qilib qo'ydi. Orol dengizining qurishi Orolbo'yi mintaqasida ijtimoiy ekologik vaziyatning og'irlashishiga olib keldi. Har yili Orolning qurigan tubidan millionlab tonna tuz va chang ko’tarilib juda katta hududda havo, tuproqlarning ifloslanishiga olib kelmoqda. Aholi o'rtasida kasallanish va o'lim ko’rsatkichlari yuqori darajaga etgan. Orol dengizini asl holiga qaytarish muammosi munozarali hisoblanadi. Z.M.Akramov va A.A.Rafiqovlarning fikricha, mavjud suv resurslari asosida dengizni asl holiga qaytarish aslo mumkin emas. Chunki mintaqada dengizni tiklash uchun ortiqcha suv mavjud emas.
Ba'zi mutaxassislarning (Yu,V Novikov, 1995 ) fikriga ko'ra Orol dengizi havzasida 60 ming km3 dan ortiq yer osti suvlari mavjud va bu suvlarni katta miqdorda chiqarish Orolbo'yida ichimlik suv muammosini hal qiladi va hatto dengizni asl holiga qaytarish imkonini ham beradi Buning uchun 50000 quduq qazilib, yiliga 100 km3 suv olish zarurdir. Bu loyihaning zararli oqibatlari ham juda katta bo'lishi mumkin. Orol muammosini hal qilish uchun Sibir daryolarining suvini keltirish, yomg'ir yog'dirish, Kaspiy dengizidan suv olish kabi loyihalar ham mavjud. Albatta, qaysi ilmiy farazning to'g"riligini vaqt ko’rsatadi. Yaqin kelajakdagi asosiy va real vazifa Orol dengizining mavjud suv sathini saqlab qolishdir,
Dostları ilə paylaş: |