Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar taraqqiyoti reja: bmi


Bir havola bo‘lakli kesim ergash gapli qo‘shma gap



Yüklə 68,5 Kb.
səhifə14/23
tarix28.03.2023
ölçüsü68,5 Kb.
#90768
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
норкулова мухайё пдф файл

Bir havola bo‘lakli kesim ergash gapli qo‘shma gap. Kesim ergash gapli qo‘shma gaplarning ham ifodalangan mazmun munosabatining tabiatiga ko‘ra ikki xil ko‘rinishi farqlanadi, ya’ni bir havola bo‘lakli va ikki havola bo‘lakli qo‘shma gaplar: Shartim shuki, uyga vaqtida kelasan. Sen nima bo‘lsang, biz ham
shu24.
Birinchi tur kesim ergash gapli qo‘shma gaplar juda keng tarqalgan. Keltirilgan misolda bosh gap (Endi sizlarga muborak topshiriq shuki) ergash gapda (har biringiz alohida-alohida yo‘lga otlanasiz) oldin berilgan. Bosh gapdagina havola bo‘lak bor, u shu olmoshi bilan ifodalangan bo‘lib, kesim sintaktik o‘rinni egallagan. Mazmuniy jihatdan olib qaralsa, qo‘shma gap ikki denotativ voqea ifodalagan. Ammo bosh gapda ifodalangan denotativ voqea alohida olinganda “chala”, ya’ni predikat jihatdan mavhum. Bu mavhumlik ergash gapdagi denotativ voqea bilan aloqadorlikka ko‘ra yo‘qoladi, ya’ni bosh gapdagi denotativ voqeaning predikati ergash gapdagi denotativ voqea bilan teng. Boshqacha qilib aytganda, bir denotativ voqea (bosh gapdagi) ikkinchi denotativ voqea (ergash gapdagi) ni mazmunan bevosita o‘z ichiga oladi. Demak, denotativ voqealar o‘rtasidagi munosabat – aloqa juda zich. Bu o‘rinda yana bir narsani ta’kidlamoq joizki, bunday kesim ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh gapdagi kesimning shu
qabilidagi havola so‘zlar bilan ifodalanishi ichki bir zaruriyatdir. Masalan, Shartim shuki, uyga vaqtida kelasan. Buning qizig’i shu yerdaki, hech kim miq etmay turaveradi (Oybek) eng muhimi shundaki, biz o‘z o‘rnimizni egallab oldik. (Yoshlik jurnalidan) Maqsadimiz shundan iboratki, tajribamiz ko‘zlangan natijani berishi uchun bor kuchimizni ishga solamiz. (Islom Karimov)
Bir havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar.
Ifodalanadigan mazmuniy munosabatning tabiatiga ko‘ra to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarning ham ikki ko‘rinishi farqlanadi, ya’ni, bir havola bo‘lakli va ikki havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar. Ahmadjon faqat shuni biladiki, nemislar bu tepalikni haddan tashqari o‘qqa tutdilar. (Abdulla Qahhor) Kimki bo‘sa dilozor, undan el-u yurt bezor. (Maqol)
Bir havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda havola bo‘lak bosh gap tarkibida keladi. Bu havola bo‘lak ko‘pincha shu olmoshi orqali ifodalanadi. Masalan: Ahmadjon faqat shuni biladiki, nemislar bu tepalikni haddan tashqari o‘qqa tutdilar. (Abdulla Qahhor) gapida havola bo‘lak vositasiz to‘ldiruvchi vazifasida kelib, mazmunan ergash gapda ifodalangan denotativ voqeaga ishora qiladi. N. Mahmudovning fikricha, bu qo‘shma gapda faqat bitta denotativ voqea ifodalangan, ikkinchi “voqea” esa bu voqeani tasvirlovchi modusdir. Modusning alohida ta’kidni idodalash zarurati mazkur voqea ifodasi uchun sodda gap emas, balki qo‘shma gap shaklining tanlanishiga olib kelgan. Mazkur qo‘shma gapning mazmuni esa denotativ voqea bilan modus voqea o‘rtasidagi munosabatdan iborat. Agar modusni ta’kidli ifodalashga zaruriyat bo‘lmasa, denotativ voqea ifodasi modus voqea ifodasining ichiga shaklan kiritiladi va sodda gapga aylanadi25. Demak, tahlil etilgan gap aslida “Ahmadjon faqat nemislarning bu tepalikni haddan tashqari qattiq o‘qqa tutganligini biladi” tarzida bo‘lib, tildagi ortiqchalik tamoyili asosida tuzilgan. Natijada N. Mahmudov ta’kidlanganidek, mazkur qo‘shma gapda ham mazmuniy – funksional, ham mazmuniy – sintaksis nomuvofiqlik yuzaga kelgan. Bir havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda havola bo‘lak to‘ldiruvchi vazifasida faqat bosh gapda mavjud bo‘ladi va u asosan shu olmoshi orqali ifodalanadi. Bu havola so‘z – ki uzvi bilan birgalikda bosh gapni ergash gap bilan bog’lovchi vosita vazifasini bajaradi. Masalan, Shuni unutmaginki, mehnat qilgan murodiga yetadi. (Aql aqldan quvvat olar” kitobidan) Keltirilgan bosh gap (Shuni unutmaginki) ergash gap (Mehnat qilgan murodiga yetadi) dan oldin kelgan. Albatta, bu ko‘rinishdagi qo‘shma gaplar uchun bu doimiy holatdir. Bosh gapdagi havola bo‘lak ko‘rinib turganiday, vositasiz to‘ldiruvchi sintaktik o‘rnini egallagan. Bu vositasiz to‘ldiruvchi havola bo‘lak sifatida mazmunan ergash gapda ifodalangan denotativ voqeaga ishora qiladi, mantiqan uni bosh gapga olib kiradi. Bosh gapda esa denotativ voqea emas, balki modus “voqea” ifodalangan. Boshqacha qilib aytganda, ayni qo‘shma gapda faqat bir denotativ voqea ifodalangan, ikkinchi “voqea” esa bu voqeani tavsiflovchi modusdir. Havola bo‘lak vazifasidagi so‘z faqat vositasiz to‘ldiruvchi o‘rnidagina emas, balki vositali to‘ldiruvchi o‘rnida bo‘lganida ham, mazmuniy xususiyatlar to‘laligicha saqlanaveradi. Tabiiyki, havola bo‘lakning vositasiz yoki vositali to‘ldiruvchi sintaktik o‘rnida bo‘lishi ayni bosh gapdagi kesim o‘rnini egallagan fe’l (yoki boshqa turkum) ning ma’nosi, valentligi bilan bog’liq. Mazmuniy grammatikada obyektli fe’llar kelganda, havola bo‘lak vositali to‘ldiruvchi o‘rnida bo‘ladi: Biz shunga aniq ishonamizki, millatlararo nizolar yaxshilikka olib kelmaydi. (Islom Karimov) Men shundan qo‘rqamanki, u bu ishni oxiriga yetkazishi qiyin. (Tohir Malik)
Bunday to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh gapning kesimi so‘zlar bo‘ladi. Bu vazifada ko‘proq bilmoq, ko‘rmoq, aytmoq, ta’kidlamoq, esda tutmoq, esdan chiqarmoq, payqamoq, ishonmoq, qo‘rqmoq, fahmlamoq, tushunmoq, ogoh bo‘lmoq, o‘ylamoq, sezmoq, qaror qilmoq, aniqlamoq, tan bermoq, his etmoq, mo‘ljallamoq, shubhalanmoq, kabi his-sezgi, idrok, nutqiy va fikriy faoliyatni bildiruvchi so‘zlar keladi. Bunday ma’nolar modus “voqea” ifodasi uchun juda muvofiq keladi. Bu o‘rinda yana ta’kidlash kerakki, aytmoq, demoq, xabar qilmoq kabi so‘zlar bosh gapda kesim bo‘lib kelganda ham ular modus ifodasi uchun xizmat qiladi. Bunday qo‘shma gaplarda V.V. Martinov iborasi bilan aytganda, real borliqdagi voqea bilan bu voqea haqidagi xabar o‘rtasidagi munosabat aks etadi. Boshqa keltirilgan fe’llarning ma’nosida “baho”, “ruhiy holat”, “taxmin”, “ishonch” kabi modallik uzvlarining borligi ko‘rinib turibdi. Bular ham yana shuni ko‘rsatadiki, to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarning ayni turida bosh gap hamisha modusni ifodalaydi. Masalan, Hozircha faqat shuni aytishim mumkinki, safar jiddiy, og’ir va mas’uliyatli bo‘ladi. (Asqad Muxtor) Avvalo shuni aytish kerakki, ijodkorning o‘zi ko‘nikkan ijodiy tamoyillarini o‘zgartirish mushkul masala (A. Azam)
Bosh gapdagi to‘ldiruvchi vazifasidagi havola bo‘lak shaklan ifodalanmasligi ham mumkin. Lekin uning o‘rni baribir sezilarli, chunki tegishli kesim vazifasidagi so‘zning valentligi uni ko‘rsatib turadi. Shu mazmuniy valentlik baribir ergash gapdagi denotativ voqeaga ishora qilaveradi va shu asosda ayni denotativ voqeaga bosh gapda ifodalangan modus nisbatlanaveradi. Demak, bosh gapdagi havola bo‘lakning ifodalanmasligi qo‘shma gapdagi mazmuniy xususiyatlarga ta’sir etmaydi. Masalan, Yaxshi bilar edimki, shunday suluv qizlar bizda juda siyrak bo‘ladi (G’afur G’ulom). Mana shundagina Ergash fahmladiki, buvasi endi yo‘q. (Asqad Muxtor).
Xullas bir havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh gap ergash gapdan ajratib olinsa, mazmunga ega bo‘lmaydi, ergash gapda esa denotativ voqea ifodalanadi.

Yüklə 68,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin