3.
“O’zbek tili antonimlarining izohli lug’ati” Sh. Rahmatullayev,
N.Mamatov va R.Shukurovlar tomonidan tuzilgan. Mazkur lug’at o’zbek tilidagi
antonimlarning dastlabki lug’ati bo’lib, unda 495 antonimik guruhga mansub 1800
ga yaqin antonimik juftlik keltirib o’tilgan. Antonimik munosabat leksik ma’nolar
aro belgilanib, antonimlarning ma’nosi ta’riflanan va misollar keltirilgan. Ayni
vaqtda har bir antonym ostida,agar mavjud bo’lsa, sinonimi ham keltirilgan.
Lug’atning kirish qismida antonimlarning tabiati, turlari va o’xshash til
hodisalaridan farqlari haqida qisqacha ma’lumot keltirilgan. “O’zbek tili
antonimlarining izohli lug’ati” o’zbek leksikografiyasi tajribalariga tayangan
holda, antonimlar bo’yicha yozilgan ilmiy ishlarni va nashr qilingan lug’atlarni
o’rganish asosida tuzilgan.
“O’zbek tili antonimlarining izohli lug’ati” qat’iy alfavit tartibida
tuzilgan. Mazkur lug’atda ikki xil maqolalar keltirilgan:
1)
izoh maqolalar – bunday maqolani boshlab beruvchi juftliklar alvavit
tartibida joylashtiriladi: yomon – yaxshi, sekin – tez. Izoh maqolada,
agar mavjud bo’lsa, har bir antonim ostida sinonimi keltiriladi.
Bunday sinonimlarni ost-ust joylashtirishda alifbo tartibida emas,
balki ularning nutqda oz-ko’p ishlatilishiga amal qilindi. Frazeologik
ibora antonim bo’lsa, u sinonim so’zlardan keyin keltirildi:
Dostları ilə paylaş: