Miniatyura (frans. miniature; lot. minium — qizil boʻyoq) — badiiy usullari oʻta nafis boʻlgan kichik hajmli (moʼjaz) tasviriy san'at asarlari. Oʻrta asr qoʻlyozmalarini ziynatlash uchun yaratilgan nafis moʼjaz rasmlar, shuningdek, suyak, pergament, magʻzi soxta (toshqogʻoz), metall, chinni, baʼzan maishiy buyumlar (tamakidon, soat, uzuk va boshqalar)ga ishlangan kichik hajmdagi rangtasvirga ham M. atamasi qoʻllanadi (qarang Lokli miniatyura).
Badiiy M.ning kitob va portret M.si kabi sohalari keng tarqalgan. Kitob M.sida rasmlar rangli qilib tempera, guash, yelim, akvarel va boshqa boʻyoqdar bilan qoʻlda bevosita qoʻlyozma kitoblar varakdariga ishlanib, undagi naqshlar (sarlavqa, unvon, lavha va boshqalar) shu kitoblarning bezaklari bilan uygʻunlashgan. M. qad.dan maʼlum boʻlgan. Qad. Misr papiruslariga xira boʻyoklar bilan peroda rasmlar tekis yuzali qilib rangtasvir usulida ishlangan. Soʻnggi antik M.lar (4—6-asrlar) shakllar va nurhavo holati toʻgʻri berilganligi bilan diqqatga sazovor. Bu usul Vizantiya M.si (asosan, diniy qoʻlyozmalar)da 10-asrgacha hukm surgan. M.gaxalq ijodiyoti xususiyatlari kirib bordi. 13— 15-asrlar gotika M.sida naturani haqqoniy ifodalashga intilish kuchaydi, rasmlar matn bilan izoxlandi, shakllar jonlandi, manzara, interyer, meʼmoriy hoshiyalarga keng oʻrin berildi. Fransiyada yirik M. ustalaridan A. Bonevyo, Jakmar d’Eden va boshqa samarali ijod qildi. Oʻrta asrlar gʻarb M.si mahalliy maktablarning kupliga bilan ajralib turadi. Armaniston (6— 7-asrlar),Buxoroda (8-10-asrlar. Gruziya (9—10-asrlar), Rossiya (P-asr)da M. rivojlandi.
Oʻrta asrlarda Sharkda M.ning oʻziga xos maktablari shakllangan (qarang Kitobat sanʼati). Arab M.sida bir qator maktablar ajralib turadi: Misr, Suriya, Iroq; Afgʻoniston, Oʻrta Osiyo, Ozarbayjon, Eron,Buxoro, Hindiston qoʻlyozma kitoblarining barcha bezaklari oʻzaro uygʻunlikda bogʻlangan; chiziqli ritm, manzara, ranglarning nozik uygʻunligi ularning bezak tuzilishini belgiladi.
Oʻrta asrlarda Sharkda M.ning oʻziga xos maktablari shakllangan (qarang Kitobat sanʼati). Arab M.sida bir qator maktablar ajralib turadi: Misr, Suriya, Iroq; Afgʻoniston, Oʻrta Osiyo, Ozarbayjon, Eron,Buxoro, Hindiston qoʻlyozma kitoblarining barcha bezaklari oʻzaro uygʻunlikda bogʻlangan; chiziqli ritm, manzara, ranglarning nozik uygʻunligi ularning bezak tuzilishini belgiladi.
M. qoʻlyozma kitoblarning moʻʼjaz rasmlari va alohida ishlangan rasmlar sifatida 12—19-asrlarda Sharkda keng tarqalgan. Avval ilmiy qoʻlyozmalar (mas, tabobatga oid Dioskoridning "Dorilar" risolasining arab tiliga tarjimasi, Abu Rayhon Beruniyning "Osar ulboqiya" — "Oʻtmishdan qolgan yodgorliklar", Qazviniyning "Nujum" — "Yulduzlar" va boshqalar), keyinchalik badiiy asarlar (Haririyning "Maqomot", "Kalila va Dimna", "Tarixi Tabariy" kabi asarlar)ga rasmlar ishlangan. Badiiy adabiyot, asosan, epik sheʼriyat — masnaviy, dostonlar (jumladan, Firdavsiyning "Shohnoma". Nizomiy, Xusrav Dexdaviy, Alisher Navoiylarning "Hamsa"lari, Jomiy, Saʼdiy, Hofiz Sheroziy va boshqalarning asarlari) qoʻlyozmalarini ziynatlash uchun yaratilgan M.lar alohida turkumni tashkil qiladi. Buyuk musavvir sifatida Sharkda Moniydan soʻng Juna-id Bagʻdodiy, Xoja Abdulhay, Mahmud Siyohqalam, Gʻiyosiddin Naqqosh, Mirak Naqqosh, Kamoliddin Behzod, Qosim Ali, Mahmud Muzahhib, Abdulla Musavvir, Basavan, Rizoyi Abbosiy va boshqalarning nomlari mashhur.Shayboniylar va Temuriylar davrida alohida varaqlarga M. ishlash va ulardan muraqqa tuzish anʼ-anaga aylangan