Hayot faoliyati xavfsizligi


Buxoro neftni qayta ishlash zavodi – neft mustaqilligiga erishishda yana bir qadam



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə5/5
tarix12.04.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#96510
1   2   3   4   5
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi

2.3.Buxoro neftni qayta ishlash zavodi – neft mustaqilligiga erishishda yana bir qadam.
Ilmneftgaz ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi 1993 yilda tashkil topgan. Birlashma tarkibida 4 fan doktori, 50 dan ortiq fan nomzodi, qariyb 800 malakali mutaxassislar ishlaydi.
"O‘zneftqaytaishlash" davlat ishlab chiqarish birlashmasi 1992 yilda tashkil topgan. Birlashma tarkibiga Fargona va Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlari kiradi. "O`zdavlatneftmahsulot" davlat –aksionerlik birlashmasi. "O‘zneftgazkompleks" birlashmasi,‖O‘ztashkeneftgaz‖ birlashmasi korporatsiya tarkibidagi korxonalar va tashkilotlarning kooperativ va tashqi iqtisodiy aloqalarni muvofiqlashtiradi. Korporatsiya AQSh, Fransiya, Malaziya,Germaniyaning eng yirik firmalari bilan O‘zbekiston neft va gaz sanoatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo`yicha hamkorlik qilmoqda.1993 yilda 4 mayda Qorovulbozorga birinchi marta neftgaz sanoati mutaxassislari Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurilishi uchun joy tanlashga kelgan edilar va Amu-Buhoro" kanali yaqinida, Qorovul-bozorning g‘arbiy tomonidan 7 km da, ―Buxoro-Qarshi‖ temir yo‘l uonida katta bir maydon tanlandi. 1993 yil 3 avgustda respublikamizni neft mahsulotlari bilan ta‘minlanishi va Buxoro neftni qayta ishlash zavodini qurilishi uchun №389 buyruq chiqdi. Zavod ishga tushgunga qadar 6 km avtomagistral yo‘li, elektr toki gaz, suv va issiqlik manbai inshootlari va ko‘pgina kommunal uylari qurildi.1997 yil 22 avgustda O‘zbekiston tarixida unutilmas kun, ya‘ni BNQIZning ochilishi kuni bo`ldi. Tantanali ochilish marosimini Buxoro viloyati hokimi S.Q.Husenov boshlab berdi. Ochilishda diplomatik korpus a‘zolari va konsern,ministrlik, korporatsiya va tashkilot boshliqlari qatnashdilar. BNQIZ qurilishda Fransiya, Amerika va Turkiyaning ilg‘or firmalari kompaniya va banklari qatnashdilar. Dunuoda mashhur «Teknip», «Marubeni», «Gamma», «Kellog» va firmalari va «Cheyz Manhetten», «Eksimbank», «Kredi Kommersian de Frans», «Pariba» banklari O‘zbekiston davlati ishonchli hamkor ekanligiga amin bo‘lishdi. BNQIZ ning loyihasida ustida 7 ta institut ishlashgan.Zavodning umumiy maydoni 220 gektar. BNqIZ da 22 ta sex bo‘lib: ular quyidagilar: Texnologiya sexi, TSC, VIK, AKS, RMK, CZL, KIP A va boshqalar. Zavodda 1681 kishi mehnat qilib kelmoqda. Shulardan 300 kishini auollar tashkil etadi. Ayni vaqtda (2001 y) BNQIZ da 2 mln. t/y neftni qayta ishlayapti. Olinadigan asosiy neft mahsulotlari bular: SNG gazlari; benzin – A –76, AI – 93; Avia kerosin (TS-1;Ts-e); dizel uoqilg‘isi, oltingugurt, mazut va boshqalar.

XULOSA:
Hozirgi vaqtda «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi tarkibiga 4 ta akciyadorlik kompaniyasi, gaz-kimyo kompleksi va bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi qator korxonalar kiradi. Ularning har biri subxolding huquqlarida faoliyat ko‘rsatadi va idoraga qarashli quyidagi korxonalarning mol-mulki va akciyalar paketini nazorat qiladi:



  • «O'zgeoburg'uneft-gaz qazib chiqarish» akciyadorlik kompaniyasi – geologiya-razvedka ishlarini, neft va gaz konlarini burg‘ulashni amalgaoshiradi, neft va gaz konlarini ishlab chiqarishga tayyorlash, neft, gaz va gaz kondensatini qazib chiqarish, tabiiy gazni qayta ishlash bilan shug‘ullanadi;

  • «O'ztransgaz» akciyadorlik kompaniyasi - O‘zbekiston tabiiy gazini ichki iste‘molchilarga transportirovka qilish, mamlakat tashqarisiga eksport qilish, shuningdek, qo‘shni davlatlardan tabiiy gaztranzit qilinishipi ta‘minlovchi ob‘ektlarni boshqaradi. O‘z faoliyatini ta‘minlash uchun magistral gaz transporti ob‘ektlarini qurish va kapital ta‘mirlash ishlarini olib boradi;

  • «O'zneftmahsulot» akciyadorlik kompaniyasi - neft va gaz kondensatini qayta ishlovchi Farg‘ona va Buxoro neftni qayta ishlash zavodlari mol-mulkini nazorat qiladi, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlariga va respublika aholisiga neft mahsulotlari sotadi, neft bazalari tarmog‘iga, tashish terminallariga va avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchalariga egalik qiladi, O‘zbekiston ichki bozorida neft mahsulotlarini sotuvchi korxonalar faoliyatini nazorat qiladi;

  • «O'zneftgazmash» akciyadorlik kompaniyasi - neft-gaz va gaz-kimyo komplekslari korxona va tashkilotlari uchun, shuningdek, respublika iqtisodiyotida bir-biriga bog‘liq tarmoqlar ehtiyojlari uchun mashina-sozlik mahsulotlari va ehtiyot qismlar ishlab chiqaradi;

  • "SHo'rtangaz-kimyo" kompleksi - polietilen, suyultirilgan gaz va gaz kondensati, oltingugurt ishlab chiqaradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1. Xaqqulov K.J. Sovremennoe sostoyanie i perspektivi razvitiya neftegazovoy promishlennosti Uzbekistana. Uzb.jurn. nefti i gaza,1998/3, s 30-31.
2. Saidaxmetov SH.M. Razvitie neftepererabato‘vayuhey promishlennosti v Uzbekistane i osvoenie novix texnologiy, tam je s 42-43.
3. Zayniev N.X. Sostoyanie i perspektivi razvitiya processa pererabotki gaza na Mubarekskom GPZ, tam je, s. 44-45.
4. Gurevich I.L. Texnologiya pererbabotki nefti i gaza (teoreticheskie osnovo‘ pererabotki nefti i gaza). Kn. 1.-M.: Ximiya, 1989.
5. Smidovich E.V. Texnologiya pererabotki nefti i gaza. Kn. 2.-M.: Ximiya, 1980. 328 s.
6. CHernojukov N.I. Texnologiya pererabotki nefti gaza. Kn. 3. -M.: Ximiya, 1978. 424 s.
7. Gricenko A.I., Aleksandrov I.A. Fizicheskie metodi pererabotki iispol‘zovanie gaza. - M.: Nedra, 1981.
8. Balaberdina I.T. Fizicheskie metodi pererabotki i ispol‘zovanie gaza.-M.: Nedra, 1988. 152 s.
9. Uil‘yam L. Leffler Pererabotka nefti. M: ZAO «Olimp biznes» 1999 g. 223s.
Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin