Hayot faoliyati xavfsizligi


Kimyoga qarshi individual paketlar



Yüklə 424,15 Kb.
səhifə12/28
tarix07.12.2022
ölçüsü424,15 Kb.
#72967
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
1.хфх марузаси

Kimyoga qarshi individual paketlar.
Kimyoga qarshi individual paketlar (IPP-8, IPP-9, IPP-10) terining ochiq toylariga tushgan zaharlovchi moddalarni degazatsiya qilish va terining ochiq joyiga tegib turadigan (bo’yin, yuz, qo’llar) kiyim-kechak yengini, yoqasini hamda protivogazning yuz qismini degazatsiya qilishga mo’ljallangan. Bundan tashqari, ushbu paketlar jangovar holatlarda zarur bo’lib qolgan vaqtda shaxsiy qurol va harbiy texnikaning ayrim qismlari, kishilar tegadigan joylarini degazatsiya qilish uchun ishlatiladi.Kimyoga qarshi IPP-8 individual paket kavsharlangan polietilen xaltadan iborat bo’lib, uning ichiga degazatsiya qiluvchi suyuqlik solingan shisha flakon va to’rtta paxta-dokali tampon solingan.Zaharlovchi moddalar teriga tushgan vaqtda tezlik bilan individual paketlar ochiladi; IPP-8 paketining shisha idishi qopqog’i ochiladi; teridagi suyuq-tomchi holidagi zaharlovchi moddalar asta-sekinlik bilan dokali tamponga shimdirib olinadi; paxta-dokali tamponning ikkinchisi olinadi va degazatsiya qiluvchi suyuqlikka ho’llanib, zaharlovchi moddalar tushgan joylar va protivogazning yuz qismi sinchiklab artib chiqiladi. Axolini shaxsiy ximoya vositalari bilan t’minlab, ularni xavfsiz joylarga evakuatsiya kilinadi. Evakuatsiya 3 xil usulda ; transportda, piyoda tartibda va aralash usulda olib boriladi. Aralash usul eng samarali usul bulib, u mavjud transport yordamida amalga oshiriladi. Aralash usul favkulodda vaziyatlar xududlaridan axolini kuchirish tadbirlarini eng kiska muddatda utkazish talablariga juda mos keladi
Modul 5. Radiatsion va kimyoviy xolatni baxolash.
Reja.

  1. Razvedka usullari va turlari.

  2. Radiatsion va kimyoviy xolatni urganish va baxolash.

  3. Dozimetriya va kimyoviy razvedka asboblari.

Tayanch iboralar Xavo razvedkasi, Yer usti razvedkasi. Suv razvedkasi

Favkulodda vaziyatlar sodir bulgan joy tugrisidagi tulik ma’lumotga ega bulish uchun FM boshkarmasi tomonidan razvedka guruxlari tashkil etiladi. Umumiy va maxsus razvedka guruxlari fark kilinadi. Umumiy razvedka guruxlariga; xavo, yerusti, suv razvedkasi bulinmalari kiradi. Maxsus razvedka guruxlariga esa; radiatsion, kimyoviy, yongin, muxandislik, tibbiy, veterenariya va fitopatologik razvedka guruxlari kiradi.



  1. Xavo razvedkasini FM samolyotlari va vertalyotlari yordamida olib boriladi. Ularning asosiy vazifasi shikastlanish uchoklari chegaralarini, vayronalik va yonginlar tafsilotini, kupriklar, transport magistrallari, muxandislik inshaotlari va boshka ob’ektlarning xolatini iloji boricha kiska muddatda aniklash.

  2. Er usti razvedkasini FM ni razvedka tizimlari va bulinmalari, kuzatish va labaratoriya taxlili utkazish markazlari, radiatsion va kimyoviy razvedka bulimlari olib boradi. Bular yordamida zararlanish xududlarining chegaralari, radiatsiya darajasi, vayronaliklar xarakteri, mudofaa inshaotlari, yul tarmoklari, turli ob’ektlar va boshkalar xakida tularok ma’lumot olish kuzda tutiladi.

  3. Suv razvedkasini kemalar, turli suzish vositalari va moslamalari, xamda xarbiy dengiz kumondonligi tomonidan ajratilgan kuch vav vositalar olib boradi. Bular yordamida suv usti vasuv osti xolati xakida tulik ma’lumotlar olinadi.

Vaziyat xakida yanada tulikrok ma’lumot olish uchun maxsus razvedka turlari uyushtiriladi.
Radiatsion vaziyatni baholashda joylarning radiaktiv zararlanganlik xarakteristikasi va ularning kishilarga, hayvon, o’simlik, texnika, qurilish va imoratlarga taьsiri aniqlanadi. Joylarning radiaaktiv zararlanganlik harakteristikasiga quyidagilar kiradi:
Ob’ekt territoriyasidagi radiatsiyaning darajasi, radiaaktiv moddalar bilan zararlangan zona, kishilar va hayvonlarning nurlanish darajasi, texnika, tuproq, o’simlik, yem-hashak, oziq- ovqat, suv, binolarning radiaaktiv zararlanganligi, kishilar hayvonlar va o’simliklarga radiatsiyaning havflilik darajasi hamda xo’jalikka qanchalik zarar yetkazganligi aniqlanadi. Kimyoviy vaziyatni baholashda quyidagi maьlumotlar kerak bo’ladi.
-atrofga tarqalgan kuchli taьsir etuvchi zaharli moddalarning turi va miqdori;
-kuchli taьsir etuvchi zaharli moddani saqlash shart-sharoiti va tarqalish harakteri;
-ishchi va hizmatchilarni, aholini himoyalanganlik darajasi.
Kuchli taьsir etuvchi zaharli moddaning hududga yoki atmosferaga tarqalayotganligi aniqlanishi bilanoq ob’ekt ishchi va hizmatchilari hamda yaqin-atrofda yashovchi aholiga havf haqida habar beriladi.
Radiatsiya razvedkasi harbiy qismlar va uning bo’linmalari tarafidan doimo, kechayu- kunduz to’xtovsiz olib boriladi.
Radiatsiya razvedkasining vazifasi quyidagilardan iborat:
-radiaktiv moddalarning joylarga tushishini o’z vaqtida aniqlash;
-joylardagi radiatsiya darajasini aniqlash va boshliq (komandir) buyrug’i asosida "Radiaktsiya xavfli" degan buyruqni berish;
-zararlangan joylarni, ayniqsa o’tadigan yo’llarning zararlanganlik chegarasini aniqlab o’sha yerlarga maxsus ogohlantiruvchi "Zararlangan" degan belgilarni qo’yib chiqish (belgilarga zararlanganlik aniqlangan vaqt va kun yozilishi kerak);
-xavfli zararlangan joylarni aylanib o’tish yo’nalishlarini ko’rsatish;
-suv, havo, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalarning zararlanish darajasini aniqlash, ularni ishlatilishga yaroqli-yaroqsizligini aniqlash.
Dozimetriya deb yadro zaryadi nurlanishlarini aniqlash va ularni o’lchashga aytiladi. Dozimetrik asboblar yoki dozimetrlar deb ionlovchi nurlanishlar yoki dozalar bilan bog’langan kattaliklarni o’lchovchi asboblarga aytiladi.
Joylarda radiatsiya darajasini, radioaktiv moddalarni aniqlashda va tashqi muhit ob’ektlarining radiaaktiv ifloslanishini o’lchashda DP-5 tipidagi asboblardan foydalaniladi. Butun taьsir va yutilgan nurlanish dozasi DP-22V, DP-22, DP-23 A, ID-1, ID-11, dozimetrlar komplekti bilan o’lchanadi. Individual dozimetrlar radiaaktiv moddalar bilan zararlangan joylarda bo’lganda olingan indivudial dozalarni hisobga oladi. Dala rentgenometrlari DP-5A, DP-5V har xil predmetlarning nurlanishi bo’yicha zararlanish va radiatsiya darajasini o’lchash uchun mo’ljallangan. DP-5A, DP-5B, DP- 5V asboblari minus 40 darajasidan plyus 50 darajasigacha tamperaturada va 65 foiz nisbiy namlik bo’lganda o’lchashlarni taьminlaydi. Asbob zondini suvga 50 sm chuqurlikkacha tushurish mumkin. DP-22V, DP-24, ID-1, ID-11 dozimetrlar komplektlari radiaktiv moddalar bilan zararlangan joylarda yoki ochiq va yopiq ionlovchi nurlanishlar manbalari bilan ishlaganda odamlar tomonidan olinadigan nurlanish dozasini nazorat qilib turish uchun foydalaniladi. Hozirgi vaqtda DP-22V va DP-24 o’rniga ID-1 doza o’lchashning umumqo’shin komplekti va ID-11 tipidagi dozani indivudual o’lchovchi yangi dozimetrlar ishlab chiqilmoqda. Bu dozimetrlar faqat nurlanishni emas, balki neytronlar taьsiri doza nurlanishni ham o’lchaydi.
Radiatsiya dozanini quvvatini o’lchaydigan DP-5V markali asbob shaxsiy tarkibning teri qavatlarini va kiyimlarni, qurol yarog’ni, jangovar texnikani, inshootlar va boshqa obьektlarni hamda suv va oziq-ovqatni radiaktiv moddalar bilan ifloslanganlik darajasini o’lchashga mo’ljallangan.


1-rasm. Radiatsiya dozasi quvvatini o’lchaydigan DP-5V markali asbob.
DP-5V asbobi radiometr va rentgenometrdan tashkil topgan. SHuning uchun ushbu asbob yordamida turli ob’ektlardagi yuzalarni beta va gamma nurlanishiga ega bo’lgan radiaktiv moddalar bilan ifloslanganligini va joylardagi gamma-radiatsiya darajasini aniqlash mumkin.Asbob -40°C dan + 50°C gacha haroratda o’lchash ishlarini o’tkazishga imkon beradi. Asbob vibratsiyaga qarshi va ichiga chang va nam kirmaydigan qilib yasalgan. Asbobning og’irligi 2 kg, bir joydan ikkinchi joyga maxsus yashikka joylab olib yuriladi.



2-rasm. Kishilarni radiaktiv modalar bilan zararlanish darajasini DP-5V asbobi yordamida aniqlash.

Id-1 markali dozimetrlar to’plami odam organizmi tarafidan gamma-nurlanish va neytron oqimlarning yutilgan nurlanish dozasini 20 dan 500 rad gacha bo’lgan diapazonda o’lchash uchun mo’ljallangan..




4-rasm. ID-1 markali dozalarni o’lchaydigan dozimetrlar to’plarni:
ID-11 markali individual dozimetr gamma va aralashgamma- neytron oqimlari nurlanishining yutilgan dozalarini 10 rad dan 1500 rad gacha bo’lgan diapazonda o’lchashga mo’ljallangan. ID-11 dozimetriyutilgannurlanishlardozasini 12 oymobaynidasaqlashxususiyatigaega. Bu esa dozimetr ko’rsatkichini bir necha bor o’lchashga imkon yaratadi. Dozimetrning og’irligi 25g ni tashkil qiladi.

5-rasm. ID-11 markali dozalarni o’lchaydigan indibidual dozimetr.

Yüklə 424,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin