Hayot faoliyati



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə52/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   161
Hayot faoliyati

foydalaniladi. /


V.7. Infra va ultra tovushlardan saqlanish


Inson sanoat korxonalarida ishlash jarayonida faqatgina shovqin ta’sirida bo'lib qolmasdan, mashina-mexanizmlar ajratadigan infra va ultra tovushlaming ham ta’sirida bo'ladi.
Mashinasozlik sanoatida infra tovushlaming asosiy manbayi ichdan yonar dvigatellar, ventilatorlar, porshenli kompressorlar hisoblanadi.


Infra tovushlar darajasi 100—120 dB dan oshib ketgan taqdirda ishchida bosh og'rishi, sezilarli darajada quloq pardasining harakati vujudga keladi. Infra tovush darajasi orta borgan sari ichki organlarda tebranish hissi vujudga keladi, ishlash qobiliyati keskin susayadi, qo'rquv paydo bo'ladi.


QMQ 2. 01. 08. — 96 ga asosan 2, 4, 8 va 16 Gs o'rta geometrik oktava oraliqlarida infra tovush darajasi 105 dB dan oshmasligi kerak.


Infra tovush bilan kurashishning asosiy usullari quyidagilardir:



    1. mashinalarning tezligini oshirish; bunda tovush to'lqinlari eshitiladigan polosalarga o'tadi;

    2. konstruksiyalar ustuvorligini oshirish;




  1. past chastotadagi tebranishlarni yo'qotish;




  1. reaktiv tovush so'ndirish vositalarini o'matish.



Shuni aytib o'tish kerakki, umuman shovqinni to'sish vositalari va yutish vositalari infra tovush bilan kurashishda hech qanday natija bermaydi. Infra tovush bilan kurashishda tovush ajralib chiqayotgan manbayida kurashish yaxshi natija beradi.


Hozirgi vaqtda ultra tovushdan mashinasozlik sanoatida keng foydalanilmoqda. Bunda foydalanadigan tovush chastotasi 20 kGs

107




dan yuqori va quwati bir necha kilovatt miqdorni tashkil qiladi. Ultra tovush ham inson organizmiga katta zarar keltiradi. Bu
asab sistemasi funksiyalarining buzilishi, bosim, qon tarkibi va xossasining o'zgarishi bilan ifodalanadi. Kasallaming boshi og'riydi, tez charchaydi, eshitish qobiliyati susayadi. Ultra tovush odamga faqatgina havo muhiti orqaligina emas, balki suyuqliklar va qattiq jismlar orqali ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin