24-rasm. Moddiy burchak ostida tarqalayotgan yorug'lik o'lchamlari.
109
Nur oqimi — nur energiyasining quwati sifatida aniqlanadi va u inson ko‘ziga ta’sir qilish sezgisi sifatida baholanadi. Nur oqimining birligi sifatida lyumen (lm) qabul qilingan. Nur oqimi faqatgina fizik ko‘rsatgich bo'lib qolmasdan, balki fiziologik ko'rsatkich sifatida ham aniqlanadi. Chunki uning o'lchov birliklari ko'rish sezgisiga asoslangan.
Hamma nur manbalari, shu jumladan, yoritish asboblari ham fazoga bir xilda nur sochmaydi, shuning uchun fazodagi nur oqimi zichligini aniqlovchi yorug'lik kuchi I birligi kiritilgan. 0 ‘tadigan va tushadigan nur oqimi fazo yoki yuza bilan baholanishi mumkin. Yorug'lik manbayi tarqatayotgan moddiy burchagi (24-rasm) ichida bir xil tarqalgan 1 lm nur oqimini chiqaruvchi nuqtali manba yorug'lik kuchining o'lchov birligi bo'ladi.
bunda, a — burchak ostidagi I yorug'lik kuchi; dF , d со — fazoviy burchak chegarasida bir tekis tarqalayotgan yorug'lik oqimi.
Yorug'lik kuchining o'lchov birligi sifatida kandela (kd) qabul qilingan. 101325 Pa bosim ostida 2046,65 К haroratda qotayotgan platinaning 1/600 000 m2 yuzasidan tarqalayotgan yorug'lik kuchi— bir kandela deb qabul qilingan (davlat nur etaloni).
1 lm nur oqimi bir xilda tarqalib tushgan 1 m2 yuzasiga tushsa, bu yoritilganlik bo'ladi (24-rasm).
dS
bunda, dF — nur oqimi tushayotan dS yuza.
Yoritilganlik bir yuzaga tushayotgan nur oqimi shu yuzadan qaytsa, bu nur qaytarish koeffitsiyenti bilan belgilanadi. Nur qaytarish koeffitsiyenti yuzaning rangiga bog'liq bo'lib, mutlaq qora yuzaning nur qaytarish koeffitsiyenti 0 ga teng bo'ladi. Tabiatda mutlaq qora narsa bo'lmagani sababli fonni belgilashda nur qaytarish koeffitsiyentining 0,02 dan 0,95 gacha bo'lgan chegaralari hisobga olinadi.