Hayot faoliyati


Ish bajarish vazifasiga ko'ra sun’iy yoritilishlar: ishchi yoritilish, avariya yoritilishi va maxsus yoritilishlarga bo‘linadi



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə57/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   161
Hayot faoliyati

Ish bajarish vazifasiga ko'ra sun’iy yoritilishlar: ishchi yoritilish, avariya yoritilishi va maxsus yoritilishlarga bo‘linadi.
Ishchi yoritilish sanoat korxonalarining hamma xonalari, hududlari, o'tish joylari, transport vositalarining harakatlanish zonalarida zarur.


Avariya yoritilishi sanoat korxonalaridagi ishchi yoritilishning to'satdan o'chib qolishi mumkinligini nazarda tutib, bunday hoi yuz beiganda ishlab chiqarish zonalaridagi minimal yoritilishni ta’minlash maqsadida hisobga odinadi. Avariya yoritilishi asosan ishchi yoritilishning to'satdan uzilib qolishi, portlash, yong'in, ishchilarni zaharlanish va baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin bo'lgan holatlar vujudga kelganda, shuningdek, bu hodisa texnologik jarayonning uzoq vaqt to'xtab qolishga olib keladigan, jumladan, elektr stansiyalari, dispetcher punktlari, aholini suv bilan ta’minlash nasos stansiyalarining to'xtab qolishiga sabab bo'ladigan zonalarda ko'zda tutiladi. Avariya yoritilishi umumiy yoritilishning 5%-dan kam bo'lmagan yorug'lik bilan ta’minlashi va bu yorug'lik, yorug'likning umumiy sistemalariga nisbatan sanoat xonalarida 2 lk dan kam bo'lmagan yorug'likni ta’minlashi kerak (bunda yoritilish normalarga asosan olinadi).


Avariya yoritilishlari, shuningdek, 50 kishidan ortiq ishchi ishlaydigan sanoat korxonalarining evakuatsiya yo'llari, o'tish joylari, zinapoyalar va boshqa chiqish joylariga o'matiladi. Bunda yoritilish sanoat korxonalari pollarini, zinalarini va o'tish joylarini kamida 0,5 lk va ochiq hududlarini kamida 0,2 lk dan kam bo'lmagan yorug'lik bilan yoritishi kerak. 100 kishidan ortiq ishchi

113




ishlaydigan sanoat korxonalarining chiqish joylari yorug'lik signallari (ko'rsatkich signallar) bilan ta’minlanishi kerak.
Avariya yoritilishi ishchi yoritgichlar bilan bog'lanmagan mustaqil manbalarga ulanishi kerak. Avariya yoritilishlari yoritgichlari sifatida faqat cho‘g‘lanuvchi va lyuminissent lampalardan foydalanish mumkin.


Maxsus yoritilish turlariga qo'riqlash maqsadidagi va navbatchi yoritilishlarni kiritish mumkin. Bunday yoritilishlar uchun umumiy yoritish vositalarining bir qismidan yoki avariya yoritgichlaridan foydalanish mumkin.


Ba’zi bir hollarda ishlab chiqarish xonalari havosiga ishlov berish va ichimlik suvlarining hamda oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini saqlash maqsadida bakteritsid yoritilishlardan foydalaniladi. Bunda maxsus lampalar yordamida hosil qilingan ultrabinafsha nurlarinig 0,254-0,257 mkm uzunlikdagi to‘lqinlarga ega bo'lgan yorug'lik nurlari yaxshi natija beradi.



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin