Hayot faoliyati



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə1/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161
Hayot faoliyati


0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI OLIY YA 0 ‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
G‘.YO.YORMATOV, O.R.YULDASHEV, A.L.HAMRAYEVA
HAYOT FAOLIYATI


XAVFSIZLIGI
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus t a ’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan



TOSHKENT—2009

Yormatov G‘.Yo., Yuldashev O .R ., Hamrayeva A.L. Hayot faoliyati xavfsizligi (Darslik). Т., «Aloqachi», 2009, 348 bet.

Darslikka yashash muhiti va inson faoliyatiga taalluqli hamma masalalar, jum ladan, m ehnat qilishda aqliy va jismoniy mehnat asoslari, zamonaviy texnologiyalar bilan ishlaganda mehnat faoliyati m uam m olari, ob-havo sharoiti va uning mehnat qilishga va hayot faoliyatiga ta’sir darajasi, shuningdek, sanoat sanitariyasi, xavfsizlikni ta ’minlashning asosiy va zamonaviy vositalari, elektr xavfsizligi masalalari, m ehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari, favqulodda hodisalar va fuqaro muhofazasi hamda yong'in xavfsizligi masalalari kiritilgan.


Darslikdan hamma texnika yo'nalishidagi oliy o'quv yurtlari bakalavrlari, shuningdek, ishlab chiqarish korxonalarida xavfsizlikni ta’minlash masalalari bilan shug'illanayotgan mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.




Taqrizchilar: O.Q.QUDRATOV —t.f.d., professor; S.G.GAZINAZAROVA - dotsent.


ISB N 978-9943-326-43-9


© «Aloqachi» nashriyoti, 2009.


SO‘Z BOSHI

Insoniyat taraqqiyotining XX nchi asri o ‘tib, XXI nchi asriga qadam qo‘ydik. 0 ‘tgan asrda yuz bergan ijobiy o'zgarish ilm -fan taraqqiyotining yuqori bosqichlarga ko'tarilganligi, yangi texnika va texnologiyalarning paydo bo‘lganligidir.


Ma’lumki, fan-texnikaning rivojlanishi birinchi navbatda ishlab chiqarish kuchlarini qayta taqsimlashga olib keladi. Yangi texnologiya bilan ishlab chiqarish samaradorligi oshadi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati yaxshilanadi, dunyo bozoridagi raqobatni vujudga keltiradi va ilm-fan darajasi past bo'lgan davlatlarda ishlab chiqa-rilgan mahsulotlami jahon bozorida sotish irukoniyati yo‘qoladi.


Shuning uchun ham davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo'lgan ilm-fan tizim ini isloh qilish hozirgi vaqtda dolzarb masalalar qatorida turibdi.


Davlatimiz rahbari tashabbusi bo'yicha o'tkazilayotgan o'quv tizimi islohoti bir necha bosqichdan iborat qilib belgilangan. Bunda birinchi bosqich to'liqsiz o'rta m a’lum ot, 9 yillik maktablarda amalga oshiriladi, ikkinchi bosqich kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda bajariladi va keyingi bosqichda universitet va institutlarda bakalavrlar tayyorlash yo'lga qo'yiladi, nihoyat oxirgi bosqich magistrlar, ya’ni yo'nalish bo'yicha yetuk mutaxassislar tayyorlash bilan natijalanadi.


Bu ishlarni amalga oshirishda ikkita katta muammo paydo bo'ladi. Bulardan birinchisi bu tayyorlov bosqichlarini amalga oshirishi kerak bo'lgan mutaxassis kadrlar va ikkinchisi o'quv - uslubiy ko'rsatmalar va darsliklar masalasidir.


Hozirgi vaqtda bu masalalami hal qilishga birm uncha ahamiyat berilayotgan bo'lsa ham, o'zbek tilida darsliklar yaratish masalasi yetarlicha oldinga siljiyotgani yo'q.
Hattoki o'quv tizimining quyi bosqichlarida ham darsliklar masalasi hal qilingan emas.

Oliy o'quv yurtlarida o'zbek tili Davlat tili deb e’lon qilingan vaqtdan beri, darslar o'zbek tilida olib borilayotgan bo'lsa ham , foydalanilayotgan darsliklar eski ittifoq zam onida chiqarilgan rus tilidagi darsliklardan iborat.



3

0 ‘zbek tilida dars olib borilgandan keyin, ms tilidagi adabiyotlar tavsiya qilish, shubhasiz noqulay ahvol hisoblanadi.


Yana shuni ham ta ’kidlash kerakki, rus tilidagi adabiyotlaming texnika sohasiga tegishli hollarda atamalar (terminlar) masalasi ham ancha murakkab. Shuning uchun talabalar bu masalalami o‘zlaricha hal qiladilar deb o ‘ylash mutlaqo mumkin emas. Chunki atam alar ustida hali atamalar komiteti tomonidan yechimi topilmagan m uam m olar mavjud va buni talabalar yelkasiga yuklash, albatta, ularga og‘irlik qiladi.


Shuning uchun ham texnika oliy o‘quv yurtlari uchun darsliklar yaratish, dolzarb muammo bo'lib turibdi.


Hayot faoliyati xavfsizligi fani texnika fanlari sirasiga kiradigan fan hisoblanadi. Bu fan uchun yuqorida keltirib o'tilgan muammolar to'laligicha o ‘tishi bilan birga, uning paydo bo'lganligiga uncha ko‘p vaqt o'tmaganligini hisobga olsak, bu fan uchun um um an darsliklar yozilgani yo'q.

Albatta, bu fan quruq yerda va o‘z -o‘zidan paydo bo‘lgani yo‘q. Uning negizini uchta mustaqil fan tashkil qiladi. Bular: mehnatni m uhofaza qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish va fuqarolar mudofaasi fanlari bo'lib, aw allari bu fanlar mustaqil o‘qitilganligi sababli, har biri o‘z uslubiy qo‘llanmalari, darsliklari va tajriba o‘tkazish ham da amaliyotdan masala va misollar to'plamlariga ega. Tabiiyki, bularning hammasi rus tilida nashr etilgan o‘quv qurollari va darsliklaridan iborat.


Bu fanlarning asosini tashkil qilgan «M ehnatni muhofaza qilish» fani ilgaridan o‘qitilib kelingan. Bu sohada texnika universiteti m asshtabida adabiyotlar yaratilmagan bo'lsa ham, o'zbek tilida chiqarilgan yaxlit adabiyot bo'lm asa ham, ayrim bo'limlar o'quv qo'llanm a va m a’ruzalar to'plam i sifatida nashr etilgan. Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha birmuncha masalalar hal qilingan.


Shuni alohida ta ’kidlash lozimki, mehnatni muhofaza qilish fanining sanoat sanitariyasi bo'lim i bilan atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari o'rtasidagi uyg'unlikni qurollanmagan ko'z bilan ham ko'rish mumkin. Lekin shu davrga qadar Toshkent Davlat texnika universitetida bu fanlar mustaqil fan sifatida faoliyat ko'rsatganligi sababli, ulami ajratib, atmosfera havosiga chiqarib yuborilayotgan zararli moddalar va changlarga qarshi kurash mehnatni muhofaza qilish darsliklarida berilsa, sanoat koxonalari oqova suvlari va kimyoviy m oddalar, shuningdek, har xil yoqilg'ilarni yoqishdan, avtomobil va boshqa ichki yonar vositalaridan ajraladigan zararli



4

moddalar atrof-muhitni m uhofaza qilishga taalluqli deb qarash qabul qilingan edi.
Bu masalalarga kengroq qaralsa, bunday chegaralash birm uncha chalkashliklarga olib keladi.

Jum ladan, mehnatni m uhofaza qilishda sanoat changi masalasi ko‘riladi. Changlar tabiiy va sun'iy boMishi va ularni izohlaganda sun'iy changlar inson faoliyati natijasida paydo boMadigan changlar deb tushintiriladi. Hozirgi vaqtda xuddi shunday chegara q o ‘yish imkoniyati bormi? Aytaylik vulqonlar otilishi, chang -to'zon bo'lib cho'llardan tuproqlaming ko'chishi, kosmosdan m etioritlam ing yer qariga o'tishi bilan yonishdan hosil boMgan changlar va boshqalar tabiiy changlar sirasiga kirgizilsa, bu albatta, inson faoliyati bilan bog'liq boMmagan hodisa hisoblanadi, am m o inson faoliyati natijasida Orolning qurishi va uning ostida to'plangan minglab tonna tuzlarning atm osferaga xuddi shu to'zon sifatida ko'tarilishi va shuningdek, o'zlashtirilgan yerlarda ularni sug'orish bilan yer osti suvlarining ko'tarilishi ham da yerlaming sho'rlanishi natijasida tuproqlaming erroziyaga uchrashi oqibatida bular ham to'zon sifatida shamol bilan birga harakatlana boshlaydi va bu to'zonlar butunlay bunday hodisalardan yiroq bo'lgan serhosil yerlarga borib tushishi oqibatida, yerlami ham halokat yoqasiga olib kelishi mumkinki, buning natijasida butun bir o'lka ekologik muvozanati buzilishi mumkin boMgan bu hodisani tabiiy chang oqibati ekanini, agar chuqurroq qaralsa, inson faoliyati natijasida kelib chiqqan sun’iy chang ekanligi tushiniladi.


Bunday misollami ko'plab keltirish mumkin. Shuning uchun ham m ehnatni muhofaza qilish, tashqi muhitni muhofaza qilish va fuqaro mudofasi fanlarini birlashtirishga ehtiyoj tug'ildi.


Bu fan inson faoliyatining ishlab chiqarish jarayonidagi faoliyati bilan chegaralanmasdan, uning yashash m uhiti, har xil boMishi mumkin boMgan tabiiy va tasodifiy ofatlardan saqlanish, tabiat va odamzot uyg'unligini yaxshi tushinish, tabiatga m ulohaza bilan, uning muvozanat zanjirini uzilib ketishidan ehtiyot qilgan holda yondashish masalalarini inson ongiga singdirish vazifasini bajaradi.

5



KIRISH

Tabiatda yomon havo, yom on kun bo'lmaganiday yomon ekologiyaning bo'lishi ham , aqlga sig‘maydigan hodisa hisoblanadi. Bundan shunday xulosa chiqadiki, ekolokik muvozanatning buzilishi—bu albatta, tabiiy hoi. Ekologiya muvozanati bu tirik organizmlarning yer yuzida kelishgan holda bir-biriga xalal ber-masdan biigalikda yashashini belgilaydigan fan sifatida vujudga keldi.


Tashqi muhitni m uhofaza qilish muammosi bugungi kunning m uammosi emas. Insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida bu m uam m olar har turli qirralari bilan ko'rinish berib kelgan. M asalan, o'rta asr boshlarida jahonning katta shaharlarida isitish uchun va boshqa m aqsadlar uchun tosh ko'm irdan foydalanish boshlangan kezlarda bu shaharlada tutunning ko'payib ketishi natijasida odamlarning tutunga qarshi kurash e’lon qilingani haqida m a’lum otlar bor.


Keyingi vaqtlarda, ya’ni asrimizning 30-yiIIarida jahon miq-yosida po'lat ishlab chiqarishga ehtiyoj ortganligi munosabati bilan, bunday korxonalar zich joylashgan Yevropa hududidagi Angliya va Belgiya davlatlaridagi b a ’zi bir shaharlarda tutunning ko'payib ketishi aholi o'rtasida kasallanish ko'payganligi kuzatilgan. Bunday noxush voqialarni m etallurgiya sanoati rivojlangan Rossiya Federatsiyasining M agnitogorsk va Chelyabinsk shaharlarida hozirgi kunda ham kuzatish m umkin.


Asrimizning 50 nchi yillaridan boshlab avtomobilsozlikning rivojlanishi tufayli avtomobil dvigatellarida yonishdan hosil bo'lgan gaz dunyo miqyosida eng xavfli ekologik muvozanatni buzilishiga olib keladigan omilga aylandi. Dunyo axborot agentliklarining m a’lumotlariga qaraganda planetamiz hududidagi katta shaharlarning deyarli ham m asida avtomobillar chiqargan gazlar muammosi ko'ndalang turibdi. Shuni ham ta’kidlash muhimki, avtomobillarga qarshi kurash ochishning imkoniyati yo'q. Chunki insoniyat taraqqiyotini avtomobillarsiz tasaw ur qilish qiyin. Aytilgan gaplar faqatgina avtomobillarga tegishli bo'lmay, butun transport tizimlarining hammasiga: samolyotlar, teplovozlar, okean kemalari va kosmik kem alam ing barchasiga taalluqlidir.



6

Aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, atmosfera havosining bulg‘anishiga qarshi kurash murakkab m uammo bo'lib, o'zida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik muammolarni o'z ichiga oladi. Atmosfera havosining bulg'anishi tushinchasiga har xil m a’no berishga harakat qilingan.

Bu tushinchani umumbashariy nuqtayi nazaridan olib qarasak, dunyo miqyosida ajralib chiqayotgan zararli moddalar m iqdorini



ko'z oldimizga keltirishga to'g'ri keladi.

Axborotnomalarda

berilishicha,

Amerika

Qo'shm a

Shtatlari

issiqlik

elektr

stansiyalarida

tosh ko'm ir yoqish

natijasida

hosil bo'ladigan

changlami tozalash qurrilmalaridan keyin atmosferaga chiqarib yuborilayotgan miqdori yiliga 180.000.000 tonnani tashkil qiladi.



Metallurgiya sanoatida

ajraladigan

chang

miqdori

150.000.000

tonna deb keltirilgan.

Yog'ochsozlik sanoatida esa

bu m iqdor

120.000.000 tonnani tashkil qiladi.

Bu

keltirilgan

ma’lum otlar

1985—90-yillarga tegishli.













Endi oddiy hisob yo'li bilan olsak, eski ittifoq AQSH dan kam elektr energiyasi ishlab chiqarmagan. Demak, yoqilgan ko'm ir va changlar miqdori taxminan yuqorida keltirilgan m iqdorlar atrofida, Yevropadagi rivojlangan davlatlar energetikasi va boshqa sanoat tormoqlari yana shuncha m iqdorda chang chiqarishi, shuning bilan bir qatorda Xitoy, Yaponiya, rivojlanayotgan Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlarida ajralayotgan changlar ham qo'shilsa, bu m iqdor bir necha milliardlab tonnani tashkil qilishini tasaw ur qilish mumkin.
H ar qanday davlatning rivojlanish darajasini unda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi va sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarining sifati ham da dunyo bozoridagi raqobatbardorligini belgilaydi. Bu oddiy haqiqatni tushinib yetmagan yer yuzidagi birorta davlat qolgani yo'q. Demak, har bir davlat energetika sohasini rivojlantirishi turgan gap. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, yuqorida keltirib o'tilgan chang miqdorining yaqin kelajakda bir necha o 'n marta oshishi ehtimoldan holi emas.

Changlarning o'ziga xos xususiyati shundaki, ular asosan qattiq moddalarning zarrachalari hisoblanadi, lekin ularning tarkibida kimyoviy reaksiyalar natijasida hosil bo'lgan zarralar ham anchagina miqdomi tashkil qiladi. M asalan, energetika sohasida yoqilg'i sifatida ishlatilayotgan m oddalar yongandan keyin hosil bo'ladigan qoldiq mahsulot, ya’ni kul xuddi shunday zarralar qatorini egallaydi. Bunday changlarning atmosferaga chiqarib


yuborilgan qismi kattaligi 5 mkm dan kichik changlardan tashkil topganligi sababli va ularning solishtirma og'irligi atmosfera havosi solishtirma og'irligiga tengligini hisobga olsak, bu changlar deyarli yerga qo'nm ay atm osfera havosining bir qismi sifatida doim suzib yuradi.


Bu changlam ing atmosfera havosida ko'payishi quyosh nurlarining yerga yetib kelishini qiyinlashtiradi, ya’ni notabiiy soyalar vujudga keladi, bu esa o ‘z navbatida shamollarning harakatlanish yo'nalishlarini o'zgartirib yuboradi, ularning tarkibidagi bulutlar doim iy yurish joylarini o'zgartirib, yog'ishi kerak bo'lgan yom g'ir butunlay boshqa hududlarga yog'adi. Keltirib o'tilgan m ulohazalrdan chiqadigan xulosa shuki, hozirgi kunning ekologiya vaziyati muvozanat buzilish nuqtasida turganligi va bunga hozirgi kunda mavjud bo'lgan sharoit iloji boricha bu jarayonni tezlatishga xizmat qilmoqda.


Insoniyat taraqqiyotining XX nchi asriga qadar bu muvozanat yer yuzidagi odam lar soni ko'paygan sari yomonlasha boshladi. Yer yuzidagi odam lar sonining o'sishi 1840-yilda 1 mid kishini tashkil qilgan bo'lsa, bu insoniyat yer yuzini egallay boshlagan tosh asridan boshlangan desak, bu o'sish davri yarim yoki bir million yil davomidagi o'sish hisoblanadi. 1930-yilga kelib, bu raqam 2 mlrd kishiga ko'paygan. Bu ko'payish davri 90 yilni tashkil qilgan. Kuzatishni davom ettirsak, odamlar sonining uchinchi milliardi uchun atigi 13 yil kifoya qilgan va yana 12 yildan keyin 1987-yilda bu raqam 5 milliard kishini tashkil etgan va nihoyat oxirgi 1999-yili odamlar soni 6 m illiard kishiga yetdi.

Bunday o'sishning asosiy sabablaridan biri, hayot tarzining qulaylashganligi m aishiy xizmat turlarining oshishi, qishloq xo'jaligi samaradorligining oshishi va yetarlicha oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarilishi, shuningdek, tibbiyot fanining rivojlanishi natijasida inson hayoti davomiyligining oshishi va bolalar o'limining kamayishi buning asosiy sababchilari bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, hayot davomiyligining oshishi bilan bir qatorda ba’zi bir hududlarda tug'ilish darajasi ham yuqori miqdorni tashkil etadi. Aholining o'sish darajasi yuqori bo'lgan davlatlarga Afrika, Markaziy Amerika, Yaqin va O 'rta Sharq, Janubiy-Sharqiy Osiyo, Hindiston va Xitoy davlatlari kiradi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi o'sish darajasi bo'yicha eng yuqori pog'onalardan birini egallab turibdi.


Hozirgi zam on olimlarining hisoblariga ko'ra, XXI asr oxirlariga kelib, odam lar soni 28—30 milliard kishiga yetadi. Bu
sharoit yer yuzida yetishtiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarining tanqisligiga olib keladi va bu yetishmaslik natijasida ko'plab odamlarning ochlik iskanjasiga tushishi va buning natijasida umumiy davlat tizimlari barbod bo'lishi, ko'plab odamlarning nobud bo'lishi va buning natijasida odam larning keskin kamayib ketishi mumkin hamda bu bilan insoniyat taraqqiyotiga pu tu r yetishi mumkin. Bunday manzaralarni hozirgi vaqtning o'zida ham ba’zi bir ekologiya muvozanati buzilgan hududlarda ochlik va hayot davomliyligining qisqarishi va bolalar o'lim ining ko'payishi holatida kuzatilmoqda.
Bulami nazarda tutgan holda, ikkinchi gruppa olimlar yer yuzasidagi odam lar sonini 10 milliard kishi atrofida chegaralash fikrini olg'a surmoqdalar. Bunda yer yuzida yetishtirilayotgan mahsulotlar, albatta, hozirgi texnologiya hisobida shu miqdordagi odamlarining taraqqiyoti va m e’yor darajasida hayot kechirishini ta’minlayoladi.

O dam larning ko'payishi bilan bir q ato rd a qishloq aholisining shaharlarga ko'chish hodisasi kuchaym oqda. BMT m a’lu - motlariga ko'ra shahar aholisi 1880-yilda um um iy aholining 1,7% ini tashkil qilgan bo'lsa, 1950-yilda 13,1%, 1970-yilda 17%, 1984-yilda 50% va 2000-yilda 80—85% ni tashkil qiladi. Jum ladan, AQSH da aholini shaharlashishi 70% ga Rossiya Federatsiyasiniki esa 1995-yilda 76% ni tashkil qilgan. M illion va undan ko'p aholi yashaydigan shaharlar soni ko'paym oqda. Yaqin kelajakda 25—30 million odam yashaydigan shaharlar paydo bo'lishi kutilmoqda.


O 'nta eng ko'p aholi yashaydigan shaharlarni keltirib o'tam iz:



Shahar, davlat

1994-yilda

2015-yil







(taxmin)

Tokio (Yaponiya)

26,5

28,7

Nyu-York (AQSH)

16,3

17,6

San-Paulu (Braziliya)

16,1

20,8

Mexiko (Meksika)

15,5

18,8

Shanxay (Xitoy)

14,7

23,4

Bombey (Hindiston)

14,5

27,4

Los-Anjeles (AQSH)

12,2

14,3

Pekin (Xitoy)

12

19,4

Kalkutta (Hindiston)

11,5

17,6

Seul (Janubiy Koreya)

11,5

13,1

9

Aholining shahariashish jarayoni bu shaharlar joylashgan hududning va uning yaqin atrofida hayot kechirish larzini yomonlashishi va shuning bilan birga u joylashgan maydon va uning tevarak-atrofidagi tabiatga katta zarar keltirmoqda. Chunki bu yerlarda har xil chiqindilam ing ko‘payishi natijasida atrof-muhitga yetadigan zarar ko‘payib bormoqda. Masalan, shaharlar atmosfera havosi qishloqlarnikiga nisbatan ancha yomon (misol uchun uglerod oksidi 50 marta, azot oksidi 150 marta va uchuvchi karbonvodorodlar 2000 m arta ko‘p ekanligi kuzatilgan).


Yer yuzi aholisining ko‘payishi va dunyo xalqlari o‘rtasidagi beqarorliklar harbiy texnika va bu texnikani amalga oshirish imkoniyatini yaratadigan sanoat korxonalari rivojlanishiga olib keladi, bu esa o ‘z navbatida transport vositalarini rivojlanishini taqozo etadi ham da bularning hammasi energetikani rivojlantirish, xomashyo zaxiralarini ko'plab sarf qilinishiga olib keladi. Aholi o'sishi va hayot kechirish tarzining yaxshilanib borishi energetika mahsulotlarini ko'plab iste’mol qilishga va boshqa ehtiyojlar ham paydo bo‘ladiki, bulam i qoplash uchun energiya sarfmi oshirishga to ‘g‘ri keladi, shuningdek, bu ehtiyojlar yig‘indisi natijasi kishi boshiga foydalaniladigan energiya miqdori keskin oshib ketadi. Bunday ehtiyojlam ing oshishini AQSH misolida ko'rish mumkin. 1970-yillarda AQSH statistika ma’lumotlarida keltirilishicha, uning aholisi yer yuzi aholisining 7% ini tashkil qilgan holda dunyodagi elektr energiyasining 1/3 qismini ishlatgan.


Dunyo m am lakatlarining harbiy xarajatlari ham nihoyatda katta miqdorlarni tashkil qiladi. Dunyo mamlakatlarining ikkinchi jahon urishidan keyingi yillardagi harbiy xarajatlarining umumiy miqdori taxminan 6 trln . AQSH dollarini tashkil qiladi.

Faqat AQSH harbiy xarajatlar uchun ajratgan mablag'lari miqdorini keltirib o ‘tamiz:


1982-yida 187,4, 1983-yilda 214,8, 1984-yilda 245,3 va 1988-yilda 300 mid Am erika dollarini tashkil qilgan.


Harbiy xarajatlar, shuningdek, mamlakat sanoatini o'sishiga jiddiy ta’sir qilishi bilan birga, um um an, hamma sanoat tarmoqlarining keskin kuchayishiga olib keladi va bu o‘z navbatida energetika resurslarini ko'plab ishlatilishini taqozo etadi. Bularning hammasi muayan ravishda elektr energiyasining nihoyat darajada ko'plab ishlab chiqarilishiga olib keldi.

Buni oxirgi yillar davomida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini 1950-yilga nisbatan protsent miqdorini kuzatsak aniq ko'rinadi. Bu m iqdorlar 1970-yilda o‘sish 173%, 1980-ylgi o'sish



10


234%, 1990-yilgi o'sish 318%, 2000-yilgi o'sish 413% ni tashkil qilgan. Elektr energiyasi ishlab chiqarishning ekologiyaga ta ’siri darajasi ishlab chiqarilayotgan energiyaning asosiy qismi issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqariladi. Bularda asosan, arzon yoqilg'i mahsulotlari: mazut, ko'm ir yoqiladi va unga birm uncha miqdorda tabiiy gaz ham qo'shiladi. Bunda 1985-yilda sobiq SSSR da ishlab chiqarilgan elektr energiyasi strukturasini statistika m a’lumotlaridan topishimiz mumkin. U nda quyidagi raqam lar keltirilgan. Issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining hajmi 1196 mlrd kVt soat ni tashkil qilgan va bu umumiy ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 74,5% ni tashkil qilgan. Bunday katta miqdordagi chiqindi chiqaruvchi om il biosferani halokatli holatga olib kelishi tabiiy.

  1. asrning ikkinchi yarmidan boshlab deyarli ham m a rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlaming sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning hajmi har 12—15 yilda ikki va undan ko'p miqdorda oshib borayotgani kuzatilmoqda.

Yana shuni ham aytib o'tish joizki, dunyo avtomobil parki 1960-yilda 120 million avtomobildan tashkil topgan bo'lsa, 1990-yilga kelib, bu raqam 420 millionga yetdi.


Jadal sur’at bilan kimyo sanoati rivojlanmoqda.


Qishloq xo'jaligida ham ahvol ko'ngildagidek emas. Oxirgi yillarda qishloq xo'jaligi samaradorligini oshirish yo'lida olib borilayotgan ishlar asosan tuproq unimdorligini oshirish va qishloq xo'jalik zararkunandalariga qarshi kurashda umuman zaharli ximikatlar va sun’iy o'g'itlardan foydalanish bilan amalga oshirilib kelindi. Bu sun’iy o'g'itlar va zaharli ximikatlar atrof-muhitga bezarar edi desak, mubolag'a bo'ladi. Chunki ishlatilayotgan sun’iy o'g'itlaming miqdori juda katta raqamlardan tashkil topadi. Masalan, o'g'itlaming umumiy miqdori yer yuzidagi ekin ekiladigan har bir gektar yerga 90 kg ni tashkil qilganligi aniqlangan. Mineral o'g'itlardan foydalanish AQSH, Rossiya va M D H davlatlarida har gektar yerga 100 kg, Yevropa davlatlarida 230 kg ni tashkil qilgan. Azot o'g'itlarini ko'plab ishlatish tuproqda nitratlarning ko'payishiga, fosfor o'g'itlarini ishlatganda esa ftor va stronsiyning ko'payishiga olib keladi. Shuningdek, unimdorlikni oshirish maqsadida noan’anaviy usullardan foydalanish tuproq tarkibida og'ir metallaming birikmalari hosil bo'lishiga olib keladi.


Buning natijasi sifatida olingan hosil tarkibida zararli moddalarning ko'payib ketishi bilan bir qatorda tuproqning zaharli moddalarini yig'ish xususiyatini oshiradi va bu atrofdagi suv

11


havzalarinig zaharli m oddalar bilan ifloslanishiga olib keladi. Bunday ifloslanish sug'oriladigan yerlarda va suv toshqinlari bo'lganda katta m aydonlam i ham da hajmlarni tashkil qiladi.



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin