Hayot faoliyati



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə72/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   161
Hayot faoliyati

W
Dyu= — ,
m

bunda, W—nurlantirilgan modda tomonidan yutilgan m ion nurlarining energiyasi, J; m —nurlantirilgan moddaning og'irligi, kg.


Yutilgan doza birligi sifatida rad qabul qilingan. 1 rad-1 kg og'irlikdagi moddaning 0,01 J energiya yutishiga to‘g‘ri keladi.


Rentgen va gamma nurlanishlarining miqdoriy tavsifi ekspozitsion doza hisoblanadi.

De=Q/m,

bunda, Q — bir xil elektr zaryadlariga ega bo'lgan ionlaming yig'indisi, K/; m —havoning og'irligi, kg.
Rentgen va gamma nurlanishlarining ekspozitsion dozasi birligi sifatida kulon/kilogramm (K//kg) qabul qilingan.
Rentgen va gamma nurlanishlarining ekspozitsion dozasi kulon-kilogramm shunday birlikki, u nurlanish bilan tutashgan 1 kg quruq atmosfera havosida 1 К/ miqdordagi elektr zaryadlarining musbat va manfiy belgilari bo'lgan ionlarni vujudga keltiradi.

Rentgen va gamma nurlanishlarining tizimdan tashqaridagi birligi rentgen hisoblanadi.


Har xil radioaktiv nurlarning tirik organizmga ta’siri ularning ionlovchi va kirib boruvchi xususiyatlariga bog'liq. Har xil nurlar



144

bir xil dozada yutilganda biologik ta’siri bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun radiatsiya xavfini aniqlash maqsadida doza ekvivalenti birligi ber kiritilgan (radaning biologik ekvivalenti). 1 ber—har qanday ion nurlanishlarining biologik hujayralarda rentgen va gamma nurlanishlarining 1 rad ga teng keladigan biologik ta’siridir.
Dekv = D4 /К ,

bunda, К — sifat koeffitsiyenti. Bu koeffitsiyent ishlatilayotgan nurlanuvchi modda biologik ta’sirining birligi sifatida qabul qilingan rentgen nurlanishlari ta’sirini nisbati hisoblanadi.




VIII. 2. Radioaktiv nurlaming inson organizmiga ta’siri

Radioaktiv moddalar ma’lum xususiy xossalarga ega bo'lib, inson organizmiga ta’sir qilishi natijasida xavfli vaziyat vujudga kelishi mumkin.


Radioaktiv moddalarning eng xavfli tomoni shundaki, uning ta’sirini inson organizmidagi sezish organlariga sezilmaydi. Ya’ni inson radioaktiv nurlar ta’sirida uzoq vaqt ishlashiga qaramasdan, ularning zararli ta’sirlarini mutlaqo sezmasligi mumkin. Buning natijasi esa ayanchli tugaydi. Shuning uchun ham radioaktiv moddalar bilan ishlaganda, ayniqsa, o‘ta ehtiyotkor bo'lish kerak.


Inson organizmining radioaktiv nurlanishi ichki va tashqi bo‘lishi mumkin. Tashqi tomondan nurlanish ma’lum tashqi nurla­ nuvchi manba ta’sirida kechganligi sababli, tarqalayotgan nurlaming kirib borish kuchi katta ahamiyatga ega. Kirib borish kuchi yuqori bo'lgan nurlaming organizmga zarari ham kuchliroq bo'ladi.


Ichki nurlanish nur tarqatuvchi moddalar inson organizmining ichki tizimlariga, masalan, yemirilgan teri qatlamlari orqali qonga, nafas olish a’zolari, o'pkaga va shilimshiq moddalarga, ovqat hazm qilish a’zolariga tushib qolgan taqdirda ro'y beradi.


Bunda nurlanish nur tarqatuvchi modda qancha vaqt nurlansa yoki qancha vaqt davomida organizmda saqlansa, shuncha vaqt davom etadi. Shuning uchun ham radioaktiv moddalarning katta parchalanish davriga va kuchli nurlanishga ega bo'lganda, ayniqsa, xavfli hisoblanadi.


145


)


Radioaktiv nurlanishlarning biologik ta’siri organizmdagi atom va molekulalarning ionlanishi sifatida tavsiflanadi va bu o'z navbatida har xil kimyoviy birikmalar tarkiblarining o'zgarishiga va normal molekulyar birikmalarda uzilishlar bo'lishiga olib keladi. Bu o'z navbatida tirik hujayralardagi modda almashinuvining buzilishiga va organizmda biokimyoviy jarayonlaming ishdan chiqishiga sabab bo'ladi. Katta kuchdagi nurlanish ta’siri uzoq vaqt davom etsa, ba’zi bir hujayralaming halokati kuzatiladi va bu ayrim a’zolarning, hattoki, butun organizmning halokati bilan tugaydi.


Radioaktiv nurlanishlar ta’sirida organizmning umumiy qon aylanish tizimining buzilishi kuzatiladi. Bunda qon aylanish ritmi susayadi, qonning quyilish xususiyati yo'qola boradi, qon tomirlari, ayniqsa, kapilyar qon tomirlari mo'rt bo'lib qoladi, ovqat hazm qilish a’zolarining faoliyati buziladi, odam ozib ketadi va organizmning tashqi yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyati kamayadi.


Radioaktiv moddalarning qo'lga ta’sir qilishi oldin sezilmaydi. Vaqt o'tishi bilan qo'l qurushqoq bo'lib qoladi, unda yorilishlar kuzatiladi, tirnoqlar tushib ketadi.


Radioaktiv nurlarning alfa va beta nurlari tashqaridan ta’sir ko'rsatganda organizmning ten qavati yetarlicha qarshilik ko'rsata oladi. Ammo bu radioaktiv nurlar ovqat hazm qilish a’zolariga tushib qolganda ularning zararli ta’siri kuchayib ketadi.


Ko'pchilik radioaktiv moddalar organizmning ba’zi bir qismlarida yig'ilish xususiyatiga ega. Masalan, jigar, buyrak va suyaklarda yig'ilishi butun organizmni tezda ishdan chiqaradi.


Ba’zi bir radioaktiv moddalar zaharli bo'lib, ularning zaharlilik darajasi eng xavfli zararli moddalarnikidan ham yuqori bo'ladi.
Organizmning nurlanish dozasini hisobga olib radioaktiv moddaning inson organizmidagi miqdorini baholash mumkin.



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin