Hayvonlar ekologiyasi андижон 2021


Nekton (grekcha "nektos" – suzib yuruvchi) – erkin suzuvchi va  aralashib yuruvchi organizmlar. Bu baliqlar, amfibiyalar, hasharotlar. Bentos



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/58
tarix28.11.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#169124
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58
Ўқув қўлланма 2021

Nekton (grekcha "nektos" – suzib yuruvchi) – erkin suzuvchi va 
aralashib yuruvchi organizmlar. Bu baliqlar, amfibiyalar, hasharotlar.
Bentos (yun. Benthos - chuqurlik) - dengiz va chuchuk suv havzalari 
tubidagi balchikda va uning ustida yashaydigan organizmlar. Bentos 
o’simliklar (fitobentos) va hayvonlar (zoobentos) bentosiga ajratiladi. 
Zoobentos o’z navbatida loyqada yashaydigan hayvonlar - infauna (ko’p 
tuklilar, ikki pallali mollyuskalar, exiuridlar, sipunkulidlar, ayrim ignaterililar 
va boshq)ga, loyqa ustida o’rmalab yuruvchilar - onfauna (ko’p tuklilar, 
mollyuskalar, ignaterililar, qisqichbaqasimonlar), substratga yopishib 


50 
yashovchilar - epifauna (g’ovaktanlilar, gidroidlar, aktiniyalar, korallar, 
mshankalar, ayrim ikkipallalilar) suv tubi yaqinida suzib yuradigan, ba’zan suv 
tubiga tushib turadigan nektobentos (krevetkalar, mizidlar, ayrim 
goloturiyalar, suv tubi baliqlari va bentos)ga ajratiladi. 
Tanasining o’lchami bo’yicha bentos makrobentos (5 – 10 mm va undan 
yirikroq organizmlar), mezobentos (0.5 mm dan 10 mm gacha) va 
mikrobentosga (0.5 mm dan kichik) bo’linadi. Dengizning sayoz qismida 
fitobentos asosan makrofitlar (suv o’tlari)dan, chuqur qismida esa hayvonlar 
va bakteriyalardan iborat. Dengizlarda bentos biomassasi chuqurlik ortishi 
bilan kamayib boradi. Dengiz tubining 8% ni tashkil etadigan sohil bo’yi 
suvlari (chuq. 200 m gacha) biomassasiga dengiz biomassasining 60%, 
aksincha suv tubining 3G’4 qismiga teng bo’lgan abissal qismiga 10% 
biomassa to’g’ri keladi. Okean bentos yalpi biomassasi 10-12 mlrd. t ga teng. 
Chuchuk suvlarda bentos son va turlar jihatidan nisbatan xilma-xil bo’lmaydi. 
Zoobentos tarkibiga har xil umurtqasiz hayvonlar, fitobentosga suv o’tlari va 
gulli o’simliklar kiradi. Bentos ko’pchilik baliqlar va bentos hayvonlar uchun 
oziq hisoblanadi. 
Qushlarning juda ko’pchiligi tirikligini, asosan, kunduzi o’tkazadigan 
hayvonlar bo’lib, kun botishi bilan tinadi. 
Qushlar hayotidagi mavsumiylik ularning safar uchishlari bilan bog’liq. 
Masalan, qaldirg’ochlar qishlashi uchun Janubiy Afrikaga uchib boradi. 
Qushlar safar uchishlarida Quyoshga, Oy va yulduzlarga qarab mo’ljal oladi. 
Bunda ular galalar yoki yakka-yakka holda uchadilar. Qushlarning kelib-
ketishi tug’ma instinktiv hodisa. Masalan, kakku qushlarning voyaga etgan 
bolalari ota-onalaridan oldin uchib ketadi va etar manzilini aniq mo’ljalga 
oladi. Chumolining tundagi harakatida Oy yoritgich va mo’ljal sifatida 
ahamiyatga ega. Hozir faqat Quyosh, Oy, yulduzlar emas, Erning magnit 
maydoniga qarab mo’ljal olish ilmiy tomondan asoslandi. 
Dengiz va okean suvlari tagida yashaydigan ko’pchilik mavjudotlar, 
quruqlikda yashaydigan hasharotlar o’zlaridan nur taratish xususiyatiga ega. 
Bu hodisa biolyuminestsentsiya deb ataladi. Bunday xususiyat bakteriyalardan 


51 
tortib baliqlargacha kuzatiladi. Hayvonlarning o’lja topishida, himoyalanishi 
va ko’payishida biolyuminestsentsiyaning ahamiyati beqiyos. 

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin