Hayvonlar ekologiyasi андижон 2021


Populyatsiyalarning fazoviy tuzilmasi



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/58
tarix28.11.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#169124
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58
Ўқув қўлланма 2021

Populyatsiyalarning fazoviy tuzilmasi. Populyatsiya egallab turgan 
kenglik individlar uchun oziqlanish va yashash joyi. Populyatsiyaning fazoviy 
tuzilmasi populyatsiya maydonidagi ayrim individlarning tarqalish 
xususiyatini ifodalaydi. Ma’lum hudud muayyan sondagi individlarni 
oziqlantira oladi. Shuning uchun ham tabiiy resurslardan oqilona foydalanish 
nafaqat populyatsiya zichligiga, balki individlar va guruhlarning kenglik 
bo’ylab taqsimlanishiga ham bog’liq. Odatda tur va populyatsiyalar ichida 
individlar bir tekis tarqalmaydi, zero, yashash sharoiti, ozuqa manbalari 
barcha joyda birdek emas. 
Hayvonlarning o’ziga xos biologik xususiyatlari, harakatchanligi sababli 


85 
ulardagi hududiy munosabatlari o’simliklarga nisbatan ham turli-tuman 
bo’ladi. Hatto o’troq yashovchi hayvonlarda ham hududiy munosabatlar 
farqlanadi. Jumladan, astsidiyalar koloniyalari kattalashib borib qo’shni 
koloniyalarni surib chiqarish kuzatiladi. Shuningdek astsidiyalar koloniyalari 
o’zining turdosh koloniyalari bilan to’qnash kelganda ularni chetlab o’tish va 
yo’nalish bo’ylab siljishi mumkin. Ko’pchilik hollarda ayrim hayvonlar 
koloniyalarni keng doiradagi yashash joylarini egallab olgach, vegetativ 
ko’payishdan jinsiy ko’payishga o’tadi. Rivojlanib voyaga etgan harakatchan 
lichinkalar erkin harakatlanib yangi hududlarga borib o’rnashadi va yangi 
koloniyalarni hosil qiladi. 
Populyatsiyalarni tashkil etuvchi individlarning fazoviy taqsimlanishi 
turli xilda bo’lishi mumkin. Ularning fazoviy taqsimlanish xususiyatlarini tahlil 
etish populyatsiya zichligini baholash va izohlash imkoniyatini beradi. Bunda 
saylanma namunalar olish usuli qo’llaniladi. Agar saylanma namunalar soni n
har bir namunadagi individlar sonining o’rtacha qiymati m ga teng bo’lsa, 
taqsimlanish dispersiyasi yoki ko’rsatkichini (S
2
) ushbu formula asosida 
hisoblab topish mumkin: 

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin