Hayvonlarda parazitlik qiluvchi hasharotlar


Pedikulidlar (Pediculidae) oilasiga



Yüklə 83,84 Kb.
səhifə4/7
tarix07.01.2024
ölçüsü83,84 Kb.
#204654
1   2   3   4   5   6   7
HAYVONLARDA PARAZITLIK QILUVCHI HASHAROTLAR

3. Pedikulidlar (Pediculidae) oilasiga faqat odam va odamsimon maymunlarda parazitlik qiladigan bitlar kiradi. Odamda bitlarning 3 turi yashaydi, ya'ni bosh biti, kiyim biti va qov biti uchraydi (100-rasm).
Qov biti (Phthirus pubis) odam badanining tukli joylarida (qovda, qo'ltiq tagi junlarida, soqolda va hatto qosh hamda kipriklar orasida) uchraydi.
Qov biti boshqa bitlardan farq qiladi. Uning boshchasi aniq ko'rinib turadi. Ko'krak va qorin qismi bir-biridan aniq ajralmagan. Bitlar ichida eng kichigi (erkagi - 1 mm, urg'ochisi - 1,5 mm) hisoblanadi. Qov biti 26 kungacha yashaydi.



Qov biti ftirioz kasalligini qo'zg'atadi. U o'zining yassi tanasi bilan odam terisiga mahkam yopishib oladi, xartumini teriga sanchib, bitta joy da qimirlamasdan uzoq vaqt davomida qon so'radi, chaqqan joyi tinimsiz kechayu-kunduz qichiydi va ko'karib qoladi. Uning so'lagi gemoglobinni parchalaydi, shuning uchun chaqqan joyi ko'karib qoladi. U jinsiy aloqa vaqtida, umumiy o'rin-ko'rpadan foydalanilganda, ichki kiyimlar orqali bir odamdan boshqa odaniga o'tadi. Qov bitining kasallik tarqatish-tarqatmasligi isbotlanmagan. Aksincha, odamda yashaydigan bitlarning boshqa turlari - bosh biti va kiyim biti turli kasalliklarni tarqatuvchilar sifatida xavflidir.


Kiyim biti (Pediculus humanus vestimenti) va bosh biti (Pediculus humanus ca-pitis) bir-birlari bilan chatishib serpusht nasl beradi, shuning uchun ular bitta tur­ning (Pediculus humanus) tur xillari deb hisoblanadi.
Bosh biti sochlarda bo'lib, o'z tuxumini (sirkalarini) sochga yopishtirib qo'yadi. Tanasining kattaligi erkaginiki 2-3 mm, urg'ochisiniki esa 4 mm atrofida bo'ladi. Rangi to'q kulrang.
Kiyim biti kiyim-kechaklarning choklarida yashaydi va shu joylarga tuxum qo'yadi. Uning tanasi och kulrang bo'lib, urg'ochisining kattaligi 4—5 mm ga boradi.
Qorin segmentlarining ikki yonidagi pigment dog'lar och rangda, tanasini qoplab turgan xitinli qoplamasi juda yupqa bo'lib, hatto so'rilgan qon ko'rinib turadi. Bit-lar hayotining hamma rivojlanish davrida odam qoni bilan ovqatlanadigan, doimiy ektoparazitdir. Bir kunda 2-3 marta 3-10 daqiqa davomida qon so'radi, ovqatsiz 10 kungacha yashashi mumkin.
Kiyim biti harakatchan, 27° C li haroratda 1 daqiqada 35 sm masofagacha harakat qiladi. Otalangan urg'ochilari bir kunda 6-14 tadan tuxum (sirka) qo'yadi. Kiyim biti umri davomida 300 taga yaqin, bosh biti esa 150 tagacha tuxum qo'yadi. Tuxumdan bir haftada yosh bitchalar chiqadi. Umuman, tuxum qo'yishidan boshlab, voyaga yetgan bitga aylanguncha rivojlanish davri 16-20 kunga to'g'ri keladi. Voyaga yetgan bitlar 1,5-2 oy yashaydi. Ancha tez rivojlanadigan bo'lgani uchun parazitlarning soni qisqa vaqt ichida ko'payib ketishi mumkin. Bitlar qon bilan ovqatlanganda, odam terisiga o'z so'lagini tushiradi. Chaqqan joylar qichishadi, qashiganda terida jarohatlar paydo bo'ladi. Bitlab ketgan odam (qarovsiz qolgan bolalar. qariyalar) pedikullyoz kasalligiga uchrashi mumkin. Pedikullyoz avj olishi natijasida organizmni umuman quvvatsizlantirib, koltun degan kasallikka sabab bo'lishi mumkin. Bu kasallikda jarohatlangan teridan qon chiqib, jarohatlar yallig'lanadi, yiringlaydi va sochlar bir-biriga yopishib qoladi.
Bitlar, shuningdek, og'ir kasalliklar - toshmali va qaytalama terlama (tif) tarqatuvchilari hisoblanadi. Toshmali tif bilan og'rigan bemorning tana harorati ko'tariladi, badanida shu kasallikka xos bo'lgan toshmalar paydo bo'ladi, boshi og'riydi, hatto hushidan ketishi mumkin. Bu kasallikdan birinchi va ikkinchi jahon urushlarida qanchadan-qancha odamlar qirilib ketgan.
Toshmali terlama kasalligining qo'zg'atuvchisi Provachek rikketsiyalari bo'lib, bemorlarning qonida bo'ladi. Birinchi marta 1910-yilda amerikalik olim G.T. Rikkets tomonidan kasallikning qo'zg'atuvchilari toshmali tif bilan og'rigan bemorlar­ning qonida va ularda parazitlik qilayotgan bitlar ichagida aniqlangan. Lekin olim o'zining bu tajribasini oxiriga yetkaza olmay o'ziga yuqqan toshmali tifdan o'ladi. Kasallik qo'zg'atuvchisini aniqlashda va yuqish yo'llarini o'rganishda chex olimi S.Provachekning hissasi katta bo'ldi, ammo u ham o'z tajribalarini nihoyasiga yet­kaza olmadi, chunki u rikketsiyalar bilan zararlangan bitlar ustida ish olib borib, tajriba uchun o'ziga kasallikni yuqtiradi va bu kasallikdan 1915-yilda o'ladi. Bir yildan keyin kasallik qo'zg'atuvchilari to'liq o'rganilib, ikkala olim sharafiga Pro­vachek rikketsiyasi deb nomlanadi.
Toshmali tif qo'zg'atuvchilarining bemor qonida bo'lishini aniqlashda rus shifokori O.O. Mochutkovskiy (1845-1903) fidoiylik ko'rsatadi. U toshmali tif bilan og'rigan bemor qonini o'ziga inyeksiya qiladi va 18 kundan keyin ushbu kasallikning og'ir ko'rinishiga uchraydi. Bit bemor qonini so'rar ekan, o'ziga kasallik qo'zg'atuvchilarini yuqtirib oladi. Rikketsiyalar bitlar oshqozonida ko'payadi va axlati bilan birga tashqariga chiqadi. Rikketsiyalar bit orqali ikki yo'l bilan sog'lom odamga o'tishi mumkin:
1. Qonni so'rganda, ya'ni rikketsiyalar bilan ifloslangan bitning og'iz apparati orqali (ayrim ma'lumotlar asosida xulosa qilingan, lekin zararlangan bitlarning so'lak bezlarida kasallik qo'zg'atuvchilari topilmagan);
2. Badanning bit axlati qolib ketgan joyi qashilganda.
Ma'lumki, bit qon so'rayotgan paytda axlatini chiqarib turadi. Bitlar axlatida rikketsiyalar bo'lib, chaqqan joylar qashlanganda, jarohatlangan teri orqali yuqadi.
Qaytalama terlama kasalligining tarqatuvchisi ham bitlardir. Qaytalama terlama kasalligining meyer spiroxetasi bo'lib, bemor qoni bilan birga bit oshqozoniga va u yerdan bit tanasi bo'shlig'iga tushadi. Spiroxetali bitlar odamni chaqqanda, unga kasallik yuqtirmaydi. Bit ezilganda uning tanasidagi suyuqlik (gemolimfa) qashlan-gan joyga tushgan taqdirdagina odamga kasallik o'tadi. Bitning bitta mo'ylovi ezilsa kifoya, bir tomchi gemolimfa tushgan joyidagi teri orqali spiroxetalar yuqadi.
Bitlar og'ir sharoitda, odamlar bir joyda to'planib antisanitar holatda yashashlari natijasida, yuvinish, kiyim-kechaklarni almashtirish imkoniyati bo'lmaganda ko'plab uchraydi. Ayniqsa, ocharchilik va urush yillarida bitlar keng tarqalgan. Hozirgi sharoitda ham, odamlar g'uj bo'lib yashaydigan joylar, ya'ni bog'cha, maktab, harbiy xizmat joylari va qamoqxonalar bitlarning tarqalishi uchun qulay joylardir.
Kasallikning oldini olish pedikullyozni yo'qotishdan iborat. Ichki kiyim va o'rin-ko'rpalarga issiqlik yoki bug' bilan ishlaydigan kameralar yordamida (100°C da) ishlov berilsa, bitlar tamomila qirilib ketadi. Shu bilan birga, shaxsiy gigiyena qoidalariga ham qat'iy rioya qilish kerak. Yana shuni ham eslatib o'tish kerakki, rikketsiyalar o'lib, qurib ketgan bitlar tanasida ham ancha vaqt tirik holda saqlanishi mumkin, hatto qurib ketgan bitlaming axlatida ham uzoq vaqtgacha o'zining yuqumliligini yo'qotmaydi. Demak, kasallik tarqalishi uchun bitlar tirik bo'lishi shart emas, balki bemor kiyimlarida saqlanib qolgan zararlangan bitlarning axlati yoki o'ligi ham kasallik yuqishiga sababchi bo'lishi mumkin.

Yüklə 83,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin