Hayvonlarning xilma-xilligi va yashash muhiti. Yer yuzida hayvonlarning 2 mln ga yaqin turi tarqalgan. Quruqlik, havo, tuproq, suv havzalari hayvonlar uchun asosiy yashash muhiti hisoblanadi. Parazit hayvonlar uchun esa odam, hayvon va o’simlik organizmi yashash muhiti bo’ladi. Hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishi xususiyatlari muayyan muhitga moslashgan. Masalan, suv hayvonlarining gavdasi suyri shaklda, oyoq lari eshkakka aylangan. Quruqlikda yashovchi hayvonlarning tanasi yapaloq, oyoqlari yaxshi rivojlangan bo’ladi. Yashash muhiti tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi namlik, harorat, yorug’lik va boshqalar ekologik omillar deyiladi. Hayvonlarning gavda o’lchami har xil bo’ladi . Ular qatorida og’irligi 150 tonnaga yetadigan gigant kitlardan tortib faqat mikroskopda ko’rinadigan, uzunligi millimetrning o’ndan bir, hatto yuzdan bir ulushiga teng keladigan turlari ham bor.