Himoyaga ruxsat beriladi


III. Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/29
tarix12.05.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#112261
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
III. Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun 
qulay investitsion muhit yaratish maqsadida belgilangan kafolat va imtiyozlar: 
1. Chet el investitsiyalarining huquqiy rejimi O‘zbekiston Respublikasi yuridik 
va jismoniy shaxslari tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiyalarning tegishli 
rejimiga qaraganda noqulayroq bo‘lishi mumkin emas. 


30
2. Davlat boshqaruv organlari va davlat hokimiyati mahalliy organlari chet ellik 
investorlarning so‘rovlariga ko‘ra ularni qiziqtirgan axborotni qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan tartibda berishlari shart. 
3. Agar O‘zbekiston Respublikasining keyingi qonun hujjatlari investitsiyalash 
shart-sharoitlarini yomonlashtirsa, unda chet ellik investorlarga nisbatan 
investitsiyalash sanasida amal qilgan qonun hujjatlari investitsiyalash paytidan 
boshlab o‘n yil mobaynida qo‘llaniladi. Chet ellik investor o‘z xohishiga ko‘ra yangi 
qonun hujjatlarining investitsiyalash shart-sharoitlarini yaxshilaydigan qoidalarini 
qo‘llash huquqiga egadir. 
4. O‘zbekiston Respublikasidagi chet el investitsiyalari va chet ellik 
investorlarning 
boshqa 
aktivlari 
davlat 
mulkiga 
aylantirilmaydi.Chet 
el 
investitsiyalari va chet ellik investorlarning boshqa aktivlari rekvizitsiya qilinmaydi, 
tabiiy ofatlar, falokatlar, epidemiyalar, epizootiya hollari bundan mustasno. 
5. Chet ellik investorning O‘zbekiston Respublikasida olgan daromadlari chet 
ellik investorning xohishiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida reinvestitsiya 
qilinishi yoki boshqa har qanday usulda ishlatilishi mumkin. 
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar qonun hujjatlariga muvofiq 
quyidagi huquqlarga ega: 
O‘zbekiston Respublikasi hududida, shuningdek undan tashqarida har qanday 
valyutada, har qanday bankda hisobvaraqlar ochish, ulardan foydalanish va ularni 
tasarruf etish; 
chet el valyutasida ssudalar olish va uni qaytarish.
6. Chet ellik investorlarga chet el valyutasidagi pul mablag‘‘larini O‘zbekiston 
Respublikasiga va undan tashqariga, ular soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni 
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lashi sharti 
bilan, biron-bir cheklashsiz erkin o‘tkazish kafolatlanadi. 
7. Chet 
el 
investitsiyalari 
ishtirokidagi 
korxonalar 
O‘zbekiston 
Respublikasining qonun hujjatlari talablariga rioya etgan holda eksport-import 
operatsiyalarini mustaqil ravishda amalga oshiradilar. O‘zlari ishlab chiqargan 


31
mahsulotni eksport qilganlarida bunday mahsulot litsenziyalanmaydi va 
kvotalanmaydi. 
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar O‘zbekiston Respublikasi 
qonun hujjatlariga muvofiq o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun mahsulotni 
litsenziyasiz import qilishga haqli. Eksportga chiqariladigan o‘zining ishlab 
chiqargan mahsulotini va korxonalar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun import 
qilinadigan mahsulotni aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
8. Xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarning valyuta bilan o‘zini o‘zi 
qoplash imkoniyatini oshirish, ular tomonidan raqobatbardosh mahsulot ishlab 
chiqarishni hamda eksportga yetkazib berishni ko‘paytirish maqsadida quyidagi 
qo‘shimcha imtiyozlar yaratilgan: 
- o‘zi ishlab chiqargan mahsulotga eksport boj to‘lovlari bekor qilinsin; 
- xaridorlarga xizmat qiluvchi vakil banklarning kafolatlari mavjud bo‘lgan 
hamda amaldagi qonunlarda ko‘zda tutilgan valyuta daromadi tushumi muddatlariga 
rioya etilgan taqdirda o‘z mahsulotini oldindan haq to‘lamasdan va akkreditiv 
ochmasdan eksport qilish huquqi berilsin; 
- chet ellarda tashqi bozorlarning marketing tadqiqotlari hamda ishlab 
chiqarayotgan mahsulotni reklama qilish maqsadida savdo uylari hamda 
vakolatxonalari ochib, ularga konsignatsiya shartlari asosida tovarlar yetkazib 
berishga ijozat berilsin; 
- o‘zi ishlab chiqaradigan mahsulotni yetkazib berish uchun eksport 
kontraktlarini (litsenziyalanadigan tovarlar eksportidan tashqari) O‘zbekiston 
Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazish bekor 
qilinib, ularni vakil banklarda va bojxona organlarida hisobga olishning amaldagi 
tartibi saqlab qolinsin; 
- korxonalar o‘zi ishlab chiqaradigan eksport mahsulotining kontrakt narxlarini 
shartnoma asosida mustaqil shakllantirishlari belgilab qo‘yilsin. 


32

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin