Hind xalq eposi "Kalila va Dimna"



Yüklə 81 Kb.
səhifə3/3
tarix19.05.2023
ölçüsü81 Kb.
#117580
1   2   3
Hind xalq eposi – “Kalila va Dimna”

Chumchuq va ilon”


Hikoyat. Qarg’a dedi: - Bir tom bo’g’otida ikki chumchuq in qo’ygan edilar. Ular bir kuni bola ochdilar. Ikkovlari navbatma – navbat bolalarini boqish uchun ovqat izlab ketar edilar. Kunlardan bir kun eri kelganda ona chumchuq o’z ini oldida parvona bo’lib uchib yurardi, eri, nima gap deb so’radi.
Ayoli javob berdi: - Bir lahza g’oyib bo’lgan edim, kelsam, bir haybatli ilon kelib, bolalarimizga qasd qilayotgan ekan. Shuncha yalinib – yolvordim, bo’lmadi, keyin tahdid qilishga o’tdim: “Bu ishingdan qayt, yoq esa bolalarimning otasi bilan intiqom kamarini belimizga bog’lagaymiz”, - dedim, bo’lmadi. Faryod-u zorimga qaramay, inimizha kirib, bolalarimizni yedi, hozir ham o’sha yerda yotibdi. – Ota chumchuqning g’azabi yonib, nima qilishini bilmay turgan edi, shu vaqt uy egasi qorachiroq yoqmoqchi bo’lib pilikni yondirdi va endi uni chirog’donga qo’ymoqchi bo’lganda, chumchuq parillab uchib kelib, yonib turgan pilikni olib qochdi, uni bo’g’otdagi inga otdi. Uy egasi uyga o’t ketishidan qo’rqib, darhol tomga chiqdi va bo’g’otni ochib, o’tni o’chirishga urindi. Ilon olovdan qutulish uchun bo’g’ot ochilgan tomondan boshini chiqargan edi, uy egasining ketmoni kelib, boshini cho’rt uzdi. Bu qissadan hissa shuki, ilon o’z dushmanini mensimagani va zaif deb hisoblaganligi uchun halok bo’ldi.
Podshoh va uning sevimli lochini”
Hikoyat. Xotini dedi: - Ilgari zamonda ovni juda yaxshi ko’radigan podshoh bo’lgan. U podshohning lochini bo’lib, uning parvozi baland, ko’zi o’tkir va panjalari temirdek edi. Pdshoh uni juda sevar va doim o’z qo’li bilan boqar edi. Bir kuni shoh uni qo’liga qo’ndirib ovga jo’nadi. Cho’lda uning oldidan bir ohu chopib o’tdi. Podshoh uning orqasidan shunday tezlik bilan ot choptirib ketdiki, mulozimlari orqada qolib ketdilar. Podshoh juda chanqab, bir tog’dan oqib tushayotgan zilol suv yoniga keldi. U shu suvdan ichmoqchi bo’lib, suvdonni to’latgan ham ediki, qush qanot qoqib suvni to’kib yubordi. Shohning jahli chiqib, yama suvdonni to’ldirdi. Bu daf’a ham lochin qanoti bilan idishni ag’darib yubordi. Podshoh darg’azab bo’lib lochinni yerga urib halok qildi. Shu vaqtda uning bir mulozimi kelib qoldi. Podshoh unga dedi: - Tog’dan tushayotgan bu zilol suv tomchilaridan suvdonni to’ldirish uchun ancha vaqt kerak ekan. Sen yuqoriga chiqib buloqning o’zidan tezda suv olib tush.
Mulozim tog’ga chiqdi. Qarasa, u yerda bir kichkina buloqcha bo’lib, uning labida bir haybatli ajdaho o’lib yotgan ekan. Kun harorati ta’sir qilib, undan qatra-qatra zahar suvga tomayotgan ekan. Mulozim darhol tog’dan tushib, ko’rganlarini podshohga aytib berdi. Shoh uning so’zini eshitib, yig’lay boshladi.
Mulozim so’radi: - Yig’ingizning sababi nimadir?
Podshoh chuqur uh tortib, bo’lgan voqeani aytib berdi.
Mulozim dedi: - Ey shohim, bu ishni shoshilmay, o’ylab qilishingiz kerak edi.
Shoh dedi: - Qilib qo’ygan ishimdan nihoyatda pushaymonman, lekin foydasi yo’q. O’lgunimcha bu jarohat ko’ksimdan ketmaydi. Qisadan hissa shuki, hech bir ish shoshilib, o’ylamasdan qilinmaydi. Chunki shoshilinch bilan qilingan ishning oqibati faqat pushaymonlikdir.
Yüklə 81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin