Hinduiylik dinida tabaqalanish to‘rtga bo‘linadi



Yüklə 23,06 Kb.
səhifə3/3
tarix02.11.2022
ölçüsü23,06 Kb.
#67118
1   2   3
Hinduiylik

Braxmanizm — qad. xind dini. Nomi vedalar tarkibidagi ilohiy traktatlar — braxmanlardan kelib chiqqan. Veda dini asosida mil. avv. 1 — ming yillikning 1 — yarmida vujudga kelgan. Braxmanizm Braxman xudosining mavjudligi, unga eʼtiqod tamoyillarini eʼtirof etish va amal qilishni targʻib etgan diniy oqim. Xindlarning qadim eposlari Mahabxarata va Ramayanalarda, muqaddas kitoblar sanalmish Upanishadlart, Aranyakilarda braxman xaqida taʼlimotlar keltiriladi. Braxman shaxssiz, nojismiy, sifatsiz mohiyat boʻlib, xamma narsaning asosida yotadi, deb taʼkidlashgan. Braxmanizm davlati bu — Xudoning yerdagi makoni. Uni inson qiyofasidagi xudolar boshqaradi.Braxmanizmda jamiyat tabaqalarga boʻlinadi, deb koʻrsatiladi. Braxmanizmda qadim vedaviylik Xudolari — Indra, Agni, Varuna, Surya oʻz ahamiyatini yoʻqotgan. Uning oʻrniga birinchi oʻringa Braxma, Shiva va Vishnu xudolari quyiladi. Braxmanizm Hindistonda mil.avv. V-IV asrlarga qadar mavjud boʻlgan, keyinchalik uning oʻrniga buddizm dini yuzaga keldi[1].
Vedalar (sanskritcha veda — bilim)— Hindiston yozma adabiyotining qad. yodgorligi. Mil. av. 2-ming yillikning oxiri — 1-ming yillikning boshida yaratilib, V. toʻplamlari deb nomlanadi. Bu madaniy yodgorlikdan bizgacha 4 ta kism (samhita): "Rigveda" (qasida, madhiya, duolar toʻplami), "Samaveda" (qoʻshiqlar toʻplami), Ayurveda yoki Yajurveda (qurbonlik qilish yoʻllari), Atharvaveda (sehrli duolar toʻplami) yetib kelgan. Veda adabiyoti bir necha ming yillar davomida shakllanib, qad. hindlar tarixidagi turli jamiyatlarning diniy-falsafiy, estetik taraqqiyot darajalarini ifodalaydi. V. ichida eng qad.si "Rigveda" hisoblanadi. U 10 kitob (mandala) dan iborat. Bunda tabiatdagi narsa va hodisalar (osmon oʻzgarishi, quyosh, yulduzlar, momaqaldiroq, shamol, yomgʻir, togʻlar, daryolar) ilohiy kuchlar sifatida gavdalantirilib, ular sharafiga qoʻshiqlar, madhiyalar toʻqilgan, ularga qurbonliklar keltirilgan. Insoniyat hayoti, uning baxt-saodati ana shu kuchlarga bogʻliq holda tasavvur qilingan, "Rigveda"ga koʻra, Indra — momaqaldiroq ilohi, Mitra — Quyosh tangrisi, Varuna — Osmon maʼbudi, Agni — Olov maʼbudi, Yama — ajal, oʻlim keltiruvchi, Sama — Oy maʼbudasi, Rita — Koinot tartibini anglatadi. "Rigveda" qoʻshiqlarini toʻplovchilar rishi (ilohiy qoʻshiqlarni toʻquvchi donishmand)lar deb atalgan. Beruniy "Hindiston" asarida yozishicha, inson boʻla turib, ilmlari sababli farishtalardan afzal va ortiq boʻlgan hikmatshunoslar rishilar, deb atalganlar. Shuning uchun farishtalar rishilardan foydalandilar, chunki rishilar bilim egasidirlar. Rishilardan yuksakda faqat Barohim turadi. "Rigveda" kitobida qad. dunyo falsafiy tafakkurining oʻziga xos badiiy ifodasi koʻrinadi. Unda qad. hindlar olam sirlari haqida fikr yuritadi. Mac, hech narsaga tayanmagan va yopishtirilmagan Quyosh nega qulab tushmaydi? Kechasi Quyosh qayoqqa ketadi, u qayerda? Shamol qayerda tugʻilib, qayerga boradi? Olamning asosini nima (yoki nimalar) tashkil etadi? V.da bu va b. koʻplab bunday muammolar koʻtarilgan. Sharq faylasuflari toʻrt unsur — suv, olov, havo, tuproqni barcha mavjudotlarning asosi deb bilganlar. Bu jihatdan Veda falsafasi Arastu zamonidagi, keyinroq Forobiy zamonidagi falsafiy tafakkurga taʼsir etgan. V. adabiyoti V.dan tashqari brahmanlar, aranyakalar va upanishadlardan iborat. Qad. Hindistonda varna (kasta)chilik jamiyati vujudga kelganida brahmanlar adabiyoti rivojlangan. Brahmanlarda samhitalardagi kohinlarning diniy marosimlari sharhlab beriladi.
Yüklə 23,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin