Hisob va audit fakulteti "audit" kafedrasi tursunov qaxramon to



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/21
tarix02.01.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#41329
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
auditorlik faoliyatining rivojlanish bosqichlari





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA 

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI       

 

 

TOShKENT MOLIYa INSTITUTI  

 

   

 HISOB VA AUDIT FAKULTETI  

 

 

 

“AUDIT” KAFEDRASI  

 

 



TURSUNOV QAXRAMON TO’LQINJON O’G’LI

 

 



«AUDITORLIK FAOLIYaTINING RIVOJLANISh 

BOSQIChLARI» 

 

KURS IShI 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

TOShKENT - 2016 






REJA 

 

 

KIRISH 

 

1. 

Auditning paydo bo’lishi va auditorlik faoliyatini shakillantirish 

2. 

Auditorlik  faoliyatini  tashkil  etishning  huquqiy  asoslari  va  uning 

rivojlanish bosqichlari 

3. 

Auditorlik  faoliyatini  tashkil  etishning  maqsadi,  iqtisodiyotni 

rivojlantirishda uning tutgan o’rni va ahamiyati 

 

 

3.  Auditorlik  faoliyatini  tashkil  etishning  huquqiy  asoslari  va  uning 

rivojlanish bosqichlari 

 

Xulosa 

  

Adabiyotlar ro’yxati 




 

Kirish. 

 

Mamlakatimizda  barqaror  va  samarali  iqtisodiyotni  shakllantirish  borasida 



amalga  oshirib  kelinayotgan  islohotlar  bugungi  kunda  o’zining  natijalarini 

namoyon  etmoqda.  Jumladan,  qisqa  vaqt  ichida  iqtisodiyotda  chuqur  tarkibiy 

o’zgarishlarni amalga oshirish, aholi daromadlarining sishini ta’minlash, samarali 

tashqi savdo hamda investitsiya jarayonlarini kuchaytirish, qishloq xo’jaligini isloh 

qilish,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sohasini  barqaror  rivojlantirishda 

moliyaviy hisobot auditi ularning faoliyatini mustahkamlashda ahamiyatli yutuqlar 

qo’lga kiritishda asosiy omillardan biri bo’lib kelmoqda.  

O’zbekistonning  xalqaro  iqtisodiy  maydondagi  nufuzi  va  mavqei  xo’jalik 

yuyurtuvchi  subektlarning  moliyaviy  hisobotni  auditorlik  tekshiruvidan  utkazishi 

hamda  moliyaviy  faoliyatni  mustahkamlanishi  orqali  sezilarli  darajada  muntazam 

oshib  bormoqda.  Bunda  mamlakatimiz  rahbari  Islom  Karimov  tomonidan 

“Korporativ  boshqaruv  tizimidagi  printsip  va  yondashuvlarni  tubdan  o’zgartirish, 

ishlab  chiqarish,  tashqi  iqtisodiy  va  investitsiya  jarayonlariga  zamonaviy  xalqaro 

korporativ  menejment  standartlarini  joriy  etish  jiddiy  e’tiborni  talab  qiladi. Eng 

avvalo, 

korporativ 

yoki 

aktsiyadorlik 



birlashmalarimizning 

faoliyati 

samaradorligini  tanqidiy  baholash,  ularni  xorijiy  davlatlardagi  ana  shunday 

korxonalar  bilan  taqqoslab  ko’rish  zarur.  Chunki,  bugungi  kunda  iqtisodiy 

rivojlangan mamlakatlarda, ayniqsa, sanoat sohasida mulkchilikning bunday shakli 

muhim  o’rin  tutadi. Mamlakatimizda  ham  mulkchilikning  mazkur  shakli  tobora 

katta  ahamiyatga  ega  bo’lib  bormoqda.  Mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va 

xususiylashtirish  natijasida  ayni  paytda  respublikamizda  1  ming  100  dan  ortiq 

aktsiyadorlik jamiyati tashkil etildi va faoliyat yuritmoqda. Ularning umumiy ustav 



kapitali 11 trillion 700 milliard so’mdan ortiq bo’lib, so’nggi o’n yilda 5,3 barobar 

o’sdi

1



Hozirgi  davrda  dunyo  mamlakatlari  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyoti  o’zining 

ma’no-mazmuni  jihatidan  oldingi  bosqichlardan  keskin  farq  qiladi.  Bunda  eng 

asosiy  va  muhim  jihat  –  milliy  iqtisodiyotlarning  tobora  integratsiyalashuvi  va 

globallashuvining  kuchayib  borishidir.  Ayni  paytda  bu  jarayonlar  xalqaro 

maydondagi  raqobatning  ham  keskinlashuviga,  har  bir  mamlakatning  xo’jalik 

sube’ktlar  moliyaviy  o’z  mavqeini  mustahkamlashi  uchun  kurashining 

kuchayishiga ham ta’sir ko’rsatadi. 

Biroq,  o’z  o’rnida  ta’kidlash  lozimki,  jahon  iqtisodiyotiga  integratsiyalashuv 

va  globallashuvning  ijobiy  tomonlari  bilan  bir  qatorda  ma’lum  ziddiyatli  jihatlari 

ham mavjud. Jumladan, turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda 

bormasligi,  ya’ni  korxona,  tashkilotlarda  moliyaviy  hisobotlarda  aks  ettirilgan 

ma’lumotlarning  haqqoniy  emasligi,  turli  faoliyatdan  olingan  pul  mablag’larni 

noto’g’ri  sarflanishi,  xalqaro  valyuta  kredit  munosabatlarining  buxgalteriya 

hisobida  aniq  aks  ettirilmaganligi  dunyo  mamlakatlari  o’rtasida  ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlanish  jihatidan tafovutlar  chiqishiga, jahon xo’jaligining  yaxlit  tizim  sifatida 

barqaror rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Shuningdek, mazkur jarayonlarining yana 

bir  xususiyatli  jihati  –  jahonning  bir  mamlakatida  ro’y  berayotgan  ijtimoiy-

iqtisodiy  larzalarning  muqarrar  ravishda  boshqa  mamlakatlarga  ham  o’z  ta’sirini 

o’tkazishi hisoblanadi.  

Ma’lumki, so’ngi yillarda auditorlik faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish 

bo’yicha qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi 

Oliy Majlisining qaroriga muvofiq, 2000 yil 26 mayda yangi tahrirdagi «Auditorlik 

faoliyati  to’g’risida»  gi  Qonun  qabul  qilindi.  Ushbu  qonunni  amalga  oshirish, 

auditorlik  xulosalari  soliq  va  boshqa  nazorat  organlari  tomonidan  hisobga 

olinishini ta’minlash maqsadida 2000 yil 22 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi 

                  

 

1

  Karimov  I.A.  “2015  yilda  iqtisodiyotimizda  tub  tarkibiy  o’zgarishlarni  amalga  oshirish,  modernizatsiya  va 



diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib 

berish – ustuvor vazifamizdir” “Xalq so’zi” 19.01.2016 




Vazirlar  Mahkamasining  365-sonli  «Auditorlik  faoliyatini  takomillashtirish  va 

auditorlik  tekshirishlarining  ahamiyatini  oshirish  to’g’pisida»  gi  qarori  va  boshqa 

qator  me’yoriy  hujjatlar  qabul  qilindi,  Auditorlik  faoliyati  bilan  shug’ullanish 

huquqi uchun attestatsiya o’tkazish va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 

litsenziya  berish  tartiblari  belgilandi.  20  dan  ortiq  auditorlik  faoliyatining  milliy 

standartlari ishlab chiqildi. Shuningdek, 2000 yil 7 avgustda O’zbekiston hududida 

faoliyat  ko’rsatayotgan  auditorlar  va  auditorlik  tashkilotlarini  ixtiyoriy  ravishda 

birlashtiruvchi  mustaqil  jamoat  tashkiloti  -  O’zbekiston  auditorlar  palatasi  tashkil 

etdi. 


Shunga  ko’ra,  biz  mamlakatimiz  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishining  joriy  va 

istiqboldagi  chora-tadbirlarini  belgilashda  jahon  moliyaviy  inqirozi  oqibatlarining 

ta’sirini har tomonlama hisobga olishimiz, iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ushbu 

jarayonlar  ta’siri  nuqtai-nazaridan  shakllantirishimiz  va  ularni  izchil  amalga 

oshirishimiz taqozo etiladi.  





 


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin