Hisobot "bank ishi" ta‘lim yo'nalishi bo'yicha bitiruv oldi malakaviy amaliyoti


AT Xalq bankida mijozlarga hisob-kitob kassa xizmatining ko’rsatilishi va uning hisobga olinishi



Yüklə 352,76 Kb.
səhifə2/2
tarix04.03.2023
ölçüsü352,76 Kb.
#86625
1   2
Hisobot bank ishi ta‘lim yo\'nalishi bo\'yicha bitiruv oldi mala

AT Xalq bankida mijozlarga hisob-kitob kassa xizmatining ko’rsatilishi va uning hisobga olinishi.


Banklar aholi va mijozlaming pul mablag’larini saqlash, omonatga qabul qilish, naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar kredit va boshqa xizmatlarni ko’rsatish uchun ularga bank hisobvaraqlarini ochadi. Banklarda talab qilib ohnguncha saqlanadigan depozitlar, jamg’arma va muddatli depozitlar, shuningdek, ssuda va boshqa hisobvaraqlar ochiladi. Tijorat banklarida yuritiladigan hisobvaraqlar ochish, boshqa bankga ko’chirish yoki yopish Markaziy bankning “O’zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to’g’risida”gi yo’riqnomasi asosida tartibga solinadi.
AT Xalq banki mijozlarning hisobvaraqlariga xizmatlami ular bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiradi. Shartnomada bank va mijozning hisobvaraqlarni yuritish bo’yicha huquq va majburiyatlari belgilanadi. Jismoniy va yuridik shaxslar uchun talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar, jamg’arma depozitlar va muddatli depozitlar bank buxgateriya hisobvaraqlar rejasining majburiyatlar bo’limidagi passiv hisobvaraqlarda ochiladi. Kredit operasiyalari bo’yicha ochiladigan ssuda hisobvaraqlari esa bank buxgalteriya hisobvaraqlar rejasining aktiv, ayrim hollarda, agar bank boshqa banklardan kredit olsa passiv bo’limda yuritiladi.
AT Xalq banki jismoniy va yuridik shaxslarga ochiladigan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlarhisobvaraqlaridagi mablag’larni mijozlarning birinchi talabidayoq naqd pulda berishi yoki naqdsiz pul ko’rinishida tegishli manzilga o’tkazib berish haqidagi majburiyatini oladi. Ushbu hisobvaraqlar bank buxgalteriya hisobvaraqlar rejasining 20200-Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar passiv hisobvarag’larida ochiladi. Hisobvaraqlardagi mablag’larning manbasi mijozlarning nizomida belgilab qo’yilgan faoliyati doirasida sotgan tovarlari yoki ko’rsatilgan xizmatlari uchun va boshqa manabalar hisobidan naqd pulda topshirgan yoki naqd pulsiz ko’rinishda kelib tushgan mablag’lar hisoblanadi.
AT Xalq bankida jismoniy va yuridik shaxslarga bank tomonidan beriladigan kreditlar ssuda hisobvaraqlaridahisobga olib boriladi. Ssuda hisobvaraqlari bank hisobvarqlar rejasining 11900-15500 aktiv hisobvaraqlarida yuritiladi. Bank ssuda hisobvaraqlarini ochish va yuritish kredit shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
AT Xalq banki Markaziy bankdan olingan kreditlarining hisobi 21602-«Markaziy bankdan olingan qisqa muddatli kreditlar yoki 22002- Markaziybankdan olingan uzoq muddatli kreditlar» hisobvaraqlarda, boshqa tijorat banklaridan olgan kreditlarining hisobi 22006 “Boshqabanklardan olingan uzoq muddatli kreditlar” yoki 21606- “Boshqa banklardan olingan qisqa muddatli kreditlar” hisobvaraqlardayuritiladi. Banklar mijozlarning hisobvaraqiarida pul mablag’lari hajm, ularning harakati va boshqa ma’lumotlarini sir saqlaydi. Bu O’zbekiston Respublikasi “Bank siri to’g’risida” gi qonun asosida tartibga solinadi. Qonunning 11-moddasiga muvofiq, bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar davlat soliq xizmati organlariga bank mijoziga soliq solish masalalariga taalluqli hollarda qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etiladi. Hisob raqamlarni o’z vaqtida ochish va ulardan mablag’larni muddatida ko’chirish hamda ular bo’yicha tomonlarning javobgarligi masalalari hisob raqamlarni ochish to’g’risida o’z aksini topishi va ular Markaziy bankning tegishli nizomi bilan tartibga solinishi lozim.
AT Xalq banki da tadbirkorlik faoliyati subektlari bo’lgan rezident yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda dehqon xo’jaliklari tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
- hisobvaraq ochish uchun ariza;
- tijorat faoliyati uchun mo’ljallangan tovarlarni xorijdan olib keluvchi yakka tadbirkorlar yashash joyi bo’yicha davlat soliq xizmati ido-rasi tomonidan berilgan “Tijorat faoliyati bo’yicha tovarlarni olib keluvchi tadbirkor davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risida” guvohnoma nusxasi;
- davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi guvohnoma nusxasi;
- imzolar va muhr izi namunalari tushirilgan 2-nusxada varaqcha;
- ta’sis hujjatlari va unga kiritilgan o’zgarishlar;
- mijoz tomonidan pul hisob kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo’lgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati.
Yuridik shaxslar jamg’arma yoki muddatli depozit hisobvaraqlarini ochish uchun bankka quyidagi hujjatlarini taqdim etishlari lozim:
- hisobvaraq ochish uchun ariza
- davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risida guvohnoma yoki lisenziya;
- imzolar va muhr izi qo’yilib, notarius tasdiqlagan varaqcha.

Jamg’arma yoki muddatli depozit ochish uchun jismoniy shaxslar quyidagi hujjatlarni rasmiylashtirib bankka topshiradilar:
- hisobvaraq ochish to’g’risida ariza;
- shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, tug’ilganlik to’g’risida guvohnoma);
- imzo namunasi qo’yilgan varaqcha.
E’lonnoma 3 ta qismdan iborat bo’lib, ular quyidagilar: 1) naqd pul qo’yish e’loni. 2) kvitansiya. 3) order. E’lon kassahujjatlariga tikiladi. Kvitansiya mijozga beriladi. Order buxgalterga beriladi. Kirim kassa orderi 1 nusxada bo’lib, u ham kassa hujjatlariga tikiladi. Kvitansiya 2 qismdan iborat bo’ladi. Ularni biri kassaga topshirilsa, 2-qismi mijozga taqdim etiladi.
Kassa operasiyalari amalga oshirilganda quyidagi provodkalar beriladi:
Dt- 10101/ 10111 – ayalanma kassadagi naqd pullar/ bank binosida joylashmagan amaliyot kassalaridagi naqd pullar
Kt- mijozlarning yoki bankning tegishli hisobvaraqlari.
Ushbu provodka bir kassa operasiyasiga tegishli bo’lgan holdagina beriladi.
Nizomga asosan naqd pulsiz hisob-kitoblar qonunda ko’zda tutilgan va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan quyidagi shakllar orqali amalga oshiriladi:
– To’lov topshiriqnomalari;
– Inkasso;
– Akkreditivlar;
– Tijorat banklarining hisob-kitob cheklari;
– Plastik kartochkalar;
– Memorial orderlar;
To’lov topshiriqnomasi bu– to’lovchi korxonaning uning bankdagi depozit hisobvarag’idan pul mablag’larining ma’lum bir summasini boshqa mijozning hisobvarag’iga o’tkazish haqida o’ziga xizmat ko’rsatuvchi bankka bergan topshirig’idir.
Korxonalardan hujjatlar qabul qilish, shartnomada boshqa narsa ko’zda tutilmagan bo’lsa, butun kun davomida bankning mijoz bilan ishlash vaqtidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Bunda operasion kun davomida bank tomonidan korxonalardan qabul qilingan hujjatlar shu kunning o’zidayoq ijro qilinadi. Mas’ul ijrochi mijozlardan to’lov topshirig’ini olgandan so’ng to’lov topshirig’idan barcha rekvizitlarning to’liq va to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshiradi. Bundan tashqari, to’lovchi korxonaning depozit bo’yicha ochilgan hisobvarag’ida hujjatda ko’rsatilgan summani to’lashga yetarli pul mablag’lari borligini aniqlaydi. Agar to’lov topshirig’i to’g’ri va to’liq rasmiylashtirilib, uni to’lashga yetarli pul mablag’lari bo’lsa, mas’ul ijrochi topshiriqnomadagi barcha ma’lumotlarni dasturiy yo’l bilan kompyuter orqali bankning elektron to’lovlarini amalga oshiruvchi hisoblash markaziga o’tkazadi. Ertasi kun ertalabdan kechikmagan muddatda bank balansi chiqarilgandan keyin hujjatning birinchi nusxasi bankning kundalik yig„majildiga tikiladi va belgilangan tartibda avval joriy arxivda saqlanadi, bir yil o’tgandan so’ng umumiy bank arxiviga topshiriladi. To’lov topshiriqnomasining ikkinchi nusxasi esa mijozning hisobvarag’idan ko’chirma bilan birgalikda operasiyalar o’tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat sifatida mijozga qaytarib beriladi.
To’lov talabnomasi– bu mahsulot yetkazib beruvchi va mablag’ oluvchilarning belgilangan summani to’lovchi bank orqali to’lashi to’g’risidagi talabnomani o’z ichiga olgan hisobkitob hujjatidir.
To’lov talabnomasini 1-kartotekaga joylashtirishda quyidagi balansdan tashqari provodka bajariladi:
Debet – 90962 “To’lov muddatini kutayotgan hisobkitob hujjatlari”
Kredit 96319 – “To’lov muddatini kutayotgan hisob kitob hujjatlari bo’yicha kontr. hisobvaraq”
Agar 1-kartotekaga joylashtirilgan to’lov talabnomasi bo’yicha to’lovchi tomonidan raddiya arizasi kelib tushmasa, to’lov talabnomasi akseptlash uchun berilagn 3 kun muhlat o’tgandan so’ng to’lanadi. To’lov talabnomasini to’lashdan avval to’lovchi korxonaning depozit hisobvarag’ini yurituvchi mas’ul ijrochi talabnomani to’lash uchun yetarli pul mablag’larining to’lovchi hisobvarag’ida mavjudligini tekshiradi. Agar depozit hisobvarag’ida yetarli pul mablag’lari bo’lsa, talabanoma to’lanadi. To’lov talabnomasini to’lash quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali amalga oshiriladi:
Debet 20210 – “Davlat korxona, tashkilot va muassasalarining talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag’i”
Kredit 10103 – “ Bankning Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i”
Akkreditiv– mijozning topshirig’iga ko’ra shartnoma bo’yicha uning kontragenti foydasiga berilayotgan bankning shartli pul majburiyatidir. Akkreditiv so’zining o’zi lotin tilidan olingan bo’lib, “ishonchli” degan ma’noni bildiradi.
Emitent bankdan qabul qilingan to’lov summasi 22602– “Mijozlarning akkreditivlar bo’yicha depozitlari” hisobvarag’iga o’tkazilib, mahsulot jo’natilib, bu haqda mahsulot jo’natuvchi korxonadan kerakli hujjat taqdim qilingunga qadar saqlanadi.
Bu operasiya quyidagi buxgalteriya yozuvi yordamida amalga oshiriladi.
Debet 10301 – Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i” (yoki 16103)
Kredit 22602 – “Mijozlarning akkreditivlar bo’yicha depozitlari”
Mahsulot yetkazib beruvchi korxonaga akkreditiv ochilganligi to’g’risida bank xabar beriladi.
Inkasso topshiriqnomasi– ushbu topshiriqnomani bergan bank mijozining bankemitentga to’lovchining hisobvarag’idan so’zsiz tartibda mablag’larni hisobdan chiqarish to’g’risidagi talabidir.
Inkasso topshiriqnomalari bo’yicha hisob kitoblarda bajariladigan buxgalteriya yozuvlari undiruvchi va to’lov to’lovchilarga xizmat ko’rsatuvchi banklarning joylashuviga bog’liq. Agar har ikki tomonga bitta bank bo’limi xizmat ko’rsatsa, inkasso topshiriqnomasini to’lash quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali bajariladi:
Debet “To’lovchi korxonaning talab qilinguncha saqlanadigan depozit” hisobvarag’i.
Kredit “Undiruvchining talab qilinguncha saqlanadigan depozit” hisobvarag’i.
Hisobvaraq nomerlari undiruvchilar va to’lovchilarning qaysi mulkchilik shakliga tegishligiga ko’ra belgilanadi. Bu buxgalteriya yozuvi to’lovchi korxona hisobvaraqlaridan mablag’larni undiruvchi tomonning bankdagi hisobvarag’iga o’tkazilganligidan dalolat beradi.

3.Filialning kapitali va uning tashkil etish manbalari
Tijorat banklari ustavida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim:
bankning to‘liq va qisqartirilgan nomi hamda uning joylashgan eri (pochta manzili) va elektron pochta manzili;
bank operatsiyalarining ro‘yxati, maqsadi va faoliyat muddati;
ustav kapitalining miqdori, muassislar ro‘yxati, ustav kapitalidagi ulushlarning taqsimlanishi;
ustav kapitalini ko‘paytirish yoki kamaytirish tartibi;
chiqarilayotgan aksiyalar turlari va soni, ularning nominal qiymati, har xil turdagi aksiyalarning nisbati;
sof foydani taqsimlash hamda zararlarni qoplash tartibi;
zaxira fondini va boshqa fondlarni tashkil etish tartibi;
bank aksiyadorlarining huquq va majburiyatlari;
bankning boshqaruv organlari tuzilmasi, ularni tashkil etish tartibi, bank kengashi, taftish komissiyasi va ijroiya organi a’zolarining soni, vakolatlari hamda vazifalari haqidagi ma’lumotlar;
yillik hisobotlarni tuzish, tekshirish va tasdiqlash tartibi;
bank auditi, shu jumladan, buxgalteriya hisobining xalqaro andozalariga muvofiq belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari;
bankni qayta tashkil etish va tugatish tartibi;
bank tomonidan aksiyalarni joylashtirish tartibi va shartlari.
Bank ustavida qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa qoidalar ham ko‘rsatilishi mumkin.
Bank aksiyadorning yoki har qanday manfaatdor shaxsning talabiga ko‘ra uch ish kuni ichida bankning ustavi, shu jumladan ustavga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan tanishib chiqish imkoniyatini berishi shart. Bank aksiyadorning talabiga ko‘ra unga bank ustavining ko‘chirma nusxasini berishi shart.
Bankning ustav kapitali bank muassislari va aksiyadorlarining pul mablag‘lari hisobidan tashkil topadi.
Kreditga va garovga olingan hamda boshqa jalb etilgan mablag‘lardan bank ustav kapitalini shakllantirishda hamda bank aksiyalarini sotib olishda foydalanish taqiqlanadi. Mazkur talabga zid holda ustav kapitaliga kiritilgan mablag‘lar egalariga qaytarilishi va shu vaqtning o‘zidayoq aksiyalar kelgusida sotish uchun bankka topshirilishi lozim. Alohida hollarda qonun hujjatlariga muvofiq bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun byudjet mablag‘laridan foydalanilishi mumkin. Tashkil etilayotgan bank kapitalining etarlilik darajasini belgilashda quyidagilar asosiy omil hisoblanadi:
Markaziy bank tomonidan belgilangan ustav kapitalining eng kam miqdori bo‘yicha talablarga muvofiqligi;
bank kapitali, shu jumladan ustav kapitali miqdorini doimiy ko‘paytirib borishning rejalashtirilganligi;
ko‘zda tutilayotgan daromadlar hamda fondlarni shakllantirish istiqbollari;
muassislarning zarur hollarda qo‘shimcha kapital kirita olish qobiliyati.
Bank ro‘yxatga olingunga qadar ustav kapitalini shakllantirish uchun muassislar tomonidan Markaziy bankda yoki rezident banklarning birida vaqtinchalik jamg‘arma hisobvarag‘i ochiladi. Bank ustav kapitalining belgilangan eng kam miqdori mazkur vaqtinchalik jamg‘arma hisobvaraqda muassislar tomonidan bankni ro‘yxatga olingunga qadar to‘liq shakllantirilgan bo‘lishi kerak.Tijorat banklari ustav kapitalining eng kam miqdori 100 mlrd. so‘m miqdorida belgilanadi. Bank ro‘yxatga olingandan keyin uning ustav kapitali miqdorida egasi yozilgan aksiyalar chiqariladi va ular muassislar o‘rtasida joylashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasida ―banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini
oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash
masalasi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab qo‘yilgan. Mazkur
vazifalarni o‘z vaqtida va samarali bajarish maqsadida O‘zbekiston
Prezidentining 2022 yil 12 yanvardagi «Respublika bank tizimini yanada
rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
PQ-3270-sonli qarori bilan 2022 yilning 1 aprelidan ustav kapitalining
(fondining) minimal miqdori yangi tashkil etiladigan:
tijorat banklariga — 100,0 mlrd.so‘m;
mikrokredit tashkilotlariga — 2,0 mlrd. so‘m;
lombardlarga — 500 mln.so‘m etib belgilandi.
Tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar 2023
yilning 1 yanvarigacha ustav kapitallarining minimal miqdorlarini mazkur
bandga muvofiq belgilangan minimal talablar darajasiga keltirilishi
alohida vazifa sifatida belgilab berildi.
Xalqaro bank amaliѐtidan ma’lumki, tijorat banklarining to‘lovga
qobilligi va likvidligini ta’minlashning birlamchi vositasi ularning
kapital bazasini mustahkamlash hisoblanadi. O‘z navbatida, tijorat
banklarining kapital bazasining mustahkamlash qator moliyaviy manbalar “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy elektron jurnali. No 4-5, avgust-oktyabr, 2018 yil 2 hisobidan, xususan, bankning foydasi hisobidan oshirib borish muhim hisoblanadi.
Ayni vaqtda, respublikamiz tijorat banklari kapitali barqarorligini
ta’minlash borasida echimini topish lozim bo‘lgan bir qator masalalar
mavjud. Xususan, kapital tarkibida beqaror manbalar mavjudligi, ayrim
banklarda kapitalning minimal darajasidan pastligi va boshqalar shular
jumlasidandir. Quyidagi jadvalda mamlakatimiz banklari kapitali haqida umumiy ma’lumot va ulushi keltirilgan.
O‘zbekiston tijorat banklari kapitali va ulushi
(2022 yil 1 yanvar holatiga)

Tijorat banklari jami va ustav kapitali miqdori bo‘yicha guruhlanishi




Ko‘rsatkichlar nomi

Jami






















100 mlrd. so‘mgacha

100 dan
300 mlrd. so‘mgacha

300 dan
500 mlrd. so‘mgacha




banklar soni

summa
(mlrd. so‘m)

soni

ulushi, foizda

soni

ulushi, foizda

soni

ulushi, foizda




Jami kapital

30

51 031

1

0,2%

11

3,5%

1

0,6%




shundan, ustav kapitali

30

41 877

5

1,1%

10

3,6%

4

3,4%




Jami kapital

30

52 943

1

0,2%

11

3,5%

1

0,6%




shundan, ustav kapitali

30

42 619

1

0,2%

14

4,4%

4

3,3%

Xalq banki O‘zbekiston moliya bozorida o‘z mavqeini yanada mustahkamlash maqsadida 2019 yilda ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar sifatini xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarishda innovatsion yangilanishlarga jadallik bilan kirishdi. YA’ni bank o‘z-o‘zini yangilab, transformatsiyani izchillik bilan amaliyotga tatbiq etyapti. Bu kabi o‘zgarishlar samarasi Xalq banki ustav kapitali o‘sishida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Jumladan, bank ustav kapitali qo‘shimcha 227,9 mln. AQSH dollariga ortdi. YA’ni bugungi kunda bu ko‘rsatkich 4 230,9 mlrd. so‘mga etdi. O‘tgan yilning shu davrida bu raqam 1 540,3 mlrd. so‘mni tashkil qilgandi. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan Xalq bankining nominal qiymati 1 000,0 so‘m bo‘lgan 2 164 172 ming dona oddiy aksiyalari sotib olindi va buning natijasida jamg‘armaning bank ustav kapitalidagi ulushi 38,8 foizdan 70,1 foizga ko‘tarildi.Bankning qolgan aksiyalariga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi egalik qiladi hamda uning ulushi 29,9 foizni tashkil etadi.
AT Xalq bankida qimmatli qog’ozlar, chet el valyutasidagi operasiyalari hisobi.
Tijorat banlkari moliyaviy resurslarni shakllashtirish maqsadida muomalaga obligasiyalar, depozit sertifikatlari, veksellar va moliya bozorida muomalada bo’ladigan boshqa qarz qimmatli qog’ozlarini chiqarishi mumkin. Banklarning ushbu operasiyalari passiv operasiyalar hisoblanib, banldar uchun xarajatlarni keltirib chiqaradi. Muomalaga chiqarilgan qarz qimmatli qog’ozlarining hisobi ularning nominal qiymati bo’yiyeha 23600 - «Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlar» balans hisobvarag’ining tegishli hisobvaraqlarida yuritiladi.
AT Xalq banki daqimmatli qog’ozlar bilan operasiyalari O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvi tomonidan 28/4 sonli Qarori bilan 2008-yil 13-dekabrda tasdiqlangan “Tijorat banklarida qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan operasiyalarning buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Yo’riqnoma asosida olib boriladi.
Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan bajaradigan operasiyalaridan biri bu – tijorat banklari tomonidan qimmatli qog’ozlar chiqarishdir. Amaldagi qonunchilikka asosan tijorat banklari aksiya, obligasiya, depozit sertifikatlari, veksel va boshqa qimmatli qog’ozlar bozorida muomalada bo’luvchi qarz majburiyatlarini bildiruvchi qimmatli qog’ozlar chiqarishlari mumkin. Bank tomonidan chiqarilgan qarz majburiyatlarini bildiruvchi qimmatli qog’ozlar hisobi ularning nominal qiymati bo’yicha 23600 «Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlar» nomli balans hisobvaraqlarida olib boriladi.
Depozit sertifikati — bankka qo’yilgan depozit summasini hamda o’rnatilgan muddat tugagandan so’ng depozit summasi va sertifikatda ko’rsatilgan foizlarning sertifikat egasiga to’lanishi huquqini tasdiqlovchi qimmatli qog’ozdir. Depozit sertifikat bo’yicha foizlar har oy to’lanadi. Depozit sertifikat muddatidan oldin ham to’lanishi mumkin. Bunda, muddatidan avval to’lovni talab qilingan sertifikat bo’yicha to’lanadigan depozit summasi va foizlari depozit sertifikat chiqarish shartlariga ko’ra, sertifikat bankka taqdim etilgandan so’ng amalga oshiriladi. Bank o’z mijozlariga pul mablag’larini bankning daromadli qimmatli qog’ozlariga depozit sertifikatlarga joylashtirishni taklif etadi.
Depozit sertifikatlarning afzalliklari:
-Mablag’ qo’yilgan muddat davomida o’zgarmaydigan, aniq belgilangan foyda (prosent) stavkasi;
-Huquqlarning boshqa kishilarga berish imkoniyati;
-Sertifikat egasi bevosita bankdan yoki boshqa banklardan kredit ajratilishida sertifikatlargan garov ta’minoti sifatida foydalanish;
AT Xalq bankining ichki operasiyalari hisobi, buxgalteriya hisobotlari va ularni tuzilishi.
Bank o’z funksiyalarini bajarishi uchun moddiy-texnik bazaga ega, ya’ni yetarli asosiy vositalar bilan ta’minlangan bo’lishi lozim. Shunday ekan, AT Xalq banki ham asosiy vositalar bir yildan ortiq muddatda foydalanishga mo’ljallangan moddiy aktivlar bo’lib, ular bank faoliyatida bank xizmatlarini ko’rsatish jarayonida ma’muriy maqsadlar va ijaraga berish uchun ishlatiladi. Asosiy vositalarga bino-inshootlar, uskuna va asboblar, kompyuter, mebel, hisoblash texnikalari, transport vositalari, foydalanish huquqi bilan olingan yer, kutubxona fondi, qiymatidan qat’iy nazar signalizasiya va binoni qurishda uning narxiga kiritilmagan telefonlashtirish obektlarini kiritish mumkin.
Asosiy vositalarning hisobini tashkil qilish bank faoliyatida alohida o’rin egallaydi. Asosiy vositalar hisobining vazifalari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1.Asosiy vositalar harakatini to’g’ri va o’z vaqtida hujjatlashtirish va ular bo’yicha hisobni tashkil etish.
2. Asosiy vositalar qiymatini qayta baholab borish.
3. Asosiy vositalar to’liq saqlanishi ustidan nazorat olib borish.
4. O’z vaqtida eskirishni hisoblab borish.
Asosiy vositalar balansda ularning boshlang’ich qiymati bo’yicha aks ettiriladi. Boshlang’ich qiymat – bu asosiy vositani sotib olish yoki uni qurish bilan bo’lganbarcha xarajatlar, shu jumladan, to’langan soliqlar, bojxona bojlari hamda yetkazib berish, montaj o’rnatish va ishga tushirish, bevosita aktivdan belgilangan maqsadda foydalana olish uchun uni ishchi holatga keltirish bilan bo’lgan bo’lgan barcha xarajatlar summasidir.
Asosiy vositalar sotib olinganda puli oldindan yoki olingandan to’lanishi mumkin. Ular oldindan to’liq yoki qisman to’langanda quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Debet 19909 «Ko’rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qiymatlik-lari uchun to’langan mablag’lar»
Kredit 10301, 16103 «Bankning vakillik hisobvarag’i yoki mijoz hisobvarag’i».
Sotib olingan binolar balansda quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 16509 «Bank binolari va boshqa imoratlar».
Kredit 19909 «Ko’rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qiymatliklari uchun to’langan mablag’lar».
Sotib olingan asosiy vositalar omborga qabul qilinmasdan to’g’ridan to’g’ri foydalanishga topshirilishi mumkin, bunda quyidagi provodka bajariladi:
Debet 165** «Tegishli asosiy vosita hisobvarag’i».
Kredit 19909 «Ko’rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qiymatliklari uchun to’langan mablag’lar».
Asosiy vositalar omborga qabul qilinganda ular 16561-hisob-varag’ida hisobga olinadi. Ombordan foydalanishga berilganda «Ombordagi asosiy vositalar» 16561-hisobvarag’idan hisobdan chiqariladi va tegishli asosiy vosita (165XX) hisobvarag’iga o’tkaziladi.
Agar bino qurilayotgan bo’lsa, qurilish bilan bog’liq barcha xarajatlar 16505 «Tugallanmagan qurilishlar» hisobvarag’ida aks ettiriladi. Bino foydalanishga topshirilganda uning qiymati qabul qilish topshirish dalolatnomasiga asosan, 16509 – «Bank binolari va boshqa imoratlari» hisobvarag’iga o’tkaziladi.
Debet 16509 «Bank binolari va boshqa imoratlari».
Kredit 16505 «Tugallanmagan qurilishlar».
Agar bank to’lovni moddiy aktivlar kirim qilingandan keyin amalga oshirsa, tegishli kirim hujjatlariga asosan quyidagi buxgalteriya yozuvi bajariladi:
a) Moddiy aktivlar kelib tushganda, darhol foydalanishga berilsa:
Debet 165** «Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i».
Kredit 29802 «Ko’rsatilgan xizmatlar va tovarlar uchun to’lanadi-gan mablag’lar hisob-kitobi».
Asosiy vositalar omborga kirim qilinganda:
Debet 16561 «Ombordagi asosiy vositalar».
Kredit 29802 «Ko’rsatilgan xizmatlar va tovarlar uchun to’lanadigan mablag’lar hisob-kitobi».
Aktivlar qiymati to’lanishi quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 29802 «Ko’rsatilgan xizmatlar va tovarlar uchun to’lanadigan mablag’lar».
Kredit 10301, 16103 yoki mijozning hisobvarag’i.
Asosiy vositalar ombordan foydalanishga topshirilganda 16561- hisobvarag’idan chiqarilib, asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’iga o’tkazib qo’yiladi.
Boshqa banklar kabi hamda Markaziy bank belgilagan qonunlarga asosan AT Xalq banki ham kunlik, oylik, choraklik va yillik hisobotlarni tuzib boradi va ularni markaziy bankka muntazam taqdim etib boradi.
AT Xalq banki hisobotlari shakli, tarkibi va tayyorlash bilan bog’Jiq metodologik masalalar Markaziy bank tomonidan joriy etiladi. Banklar o’z moliyaviy hisobotlarini Markaziy bank belgilagan shakl va muddatlarda, undako’rsatilgan ma’lumotning to’g’riligini auditorlar tasdiqlagach, matbuotda e’lon qiladi.
Banklarning oylik va choraklik joriy hisobotlaridan iborat bo’lib, oylik moliyaviy hisobotlar quyidagilardan tashkil topadi:
• balans ( I shakl);
• umumlashgan balans (bank bo’limlari bilan birgalikda);
• mulkiy shaklidan qat’iy nazar bank tomonidan berilgan muddati o’tmagan
va muddati o’tgan kreditlar summasiningyoyilmasi;
• jalb qilingan va yo’naltirilgan mablag’larni hisobga olibboruvchi ayrim balansli hisobvaraqlardagi summalarning yoyilmasi;
• bank iqtisodiy normativlarini ifodalovchi hisobvaraqlardagi summalarning yoyilmasi;
• iqtisodiy normativlar bo’yicha hisob-kitoblar;
• korrespondentlik hisobvaraqdagi summalarning yoyilmasi;
• bankning boshqa balansli hisobvaraqlardagi summalari yoyilmasi.
Tijorat banklari chorak yakunida quyidagi hisobot shakllalini tuzadi:
1. Balans bo’yicha so’mda va xorijiy valutalarda aylanma vedomostlar.
2. Bosh bank va filiallarining balanslaIi bo’yicha aylanma vedomost.
3. Foyda va zararlar haqida hisobot.
4. Boshqa hisobot shakllari.
Tijorat banklari yillik hisobotlari quyidagi shakllardan tashkil topadi:
- yillik balans (l-shakl);
- foyda va zararlar haqida hisobot (2-shakl);
- asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot;
- pul oqimlari to’g’risidagi hisobot;
- xususiy kapital to’g’risidagi hisobot;
- izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.
AT Xalq banki balansidagi mavjud debitor va kreditor mablag’lar tahlil etilib, ularni so’ndirish va to’lash yo’llarini ko’radi. AT Xalq banki ning yillik buxgalteriya hisobotini tuzish boshqaruvchi va bosh buxgalter zimmasiga yuklatiladi. Bosh buxgalter esa barcha balans va ko’zda tutilmagan hisobvaraqlarni audit, reviziya va boshqa dalolatnomalari bilan solishtirib chiqadi.
AT Xalq bankining yillik buxgalteriya hisobotlari 1-martgacha Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalariga va Respublika markaziy bankiga, soliq organlariga, ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga, davlat statistika organlariga va boshqa tegishli joylarga taqdim etiladi. Hisobot shakli ilovada ham ko’rsatilib o’tilgan.

XULOSA


Men AT Xalq banki Namangan viloyati Yangiqorg’on fililalida 2022-yilning 14-fevraldan 12-martga qadar ishlab chiqarish amaliyoti o’tadim. Ushbu amaliyot davomida o’rgangan bilimlarimni amaliyotda qay darajada kerak bo’lishini, nazariya bilan amaliyotning bog’liq va bog’liq bo’lmagan jihatlarini, amaliyotda qo’llash uchun qanday nazariy bilimlar kerakligini o’rgandim. O’rgangan nazariy bilimlarim hamda ushbu 6 haftalik tanishuv amaliyotimdan kelib chiqqan holda AT Xalq banki yanada rivojlanishi uchun quyidagilarni tavsiya qila olaman:

  • aholi va bank xodimlari o’rtasida muloqot madaniyatini yanada yaxshilash, ya’ni qishloq aholisiga bank va uning faoliyati, ishlash prinsiplarini sodda shaklda tushuntirish, bankda o’zini tutish, bank xodimlari hamda bank jihozlari (bankomat, infokiosk…) bilan bevosita aloqa qila olish malakalarini oshirish;

  • aholi mablag’larini jalb qilish.

  • bank aktivlarini oshirish;

  • davlat tomonidan imtiyozli kredit uchun ajratiladigan mablag’larni kamaytirish;

  • bank faoliyatiga davlat aralashuvini kamaytirish;

  • dasturiy ta’minot uchun mutaxassislarni jalb qilish va kompyuterlarni muntazam zamonaviy dasturlar bilan ta’minlash;

  • bank faoliyatida ma’muriy buyruqbozlik va byurokratiyani kamaytirish;

  • Xodimlar malakasini oshirish uchun chet elga almashinuv dasturlarida ishtirok etish.

  • AT Xalq banki tomonidan tarqatiladigan Pensiya va nafaqa pullarini plastik kartochkalarga o’tkazib fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida yashash manzilidan uzoq bo’lmagan xududlarga bankomatlar o’rnatish;

  • 2-3 yil muddatga tijorat foizida kafillik asosida mikroqarz kreditlarini 50.0 mln so’mgacha miqdorda ko’proq ajratish;

  • Korrupsiya va boshqa qonun buzilish xolatlarini oldini olish maqsadida xodimlarning oylik ish xaqlarini oshirish xamda ularga bank uchun kelajakda sidqidildan ishlashlari uchun bankning o’zi tomonidan qurilayotgan uylar uchun kam foizda ipoteka kreditlari ajratish;

Xulosa o’rnida shuni qo’shimcha qilmoqchimanki AT Xalq bankini rivojlantirish uchun nafaqat bank balki bankning yuridik va jismoniy mijozlari xam o’z xissalarini qo’shishlari lozim. Ya’ni fuqarolarga ishonch bildirgan xolda ularga ajratilgan imtiyozli kreditlarni mijozlar o’z vaqtida qaytarishsa bankimiz xar bir ko’rsatkich bo’yicha yuqori o’rinlar uchun kurasha olishiga ishonaman.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:


1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati davlat rahbarining 2019–yil uchun mo’ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi;


2.2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi;
3. «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni 2016 yil;
4.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 maydagi “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ 2344- sonli Qarori;
5. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining «O’zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to’g’risida»gi 1834–son yo’riqnoma 2015 yil 11 iyul;
6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yilning asosiyyakunlari va 2016 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muxim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi;
7. Abduvaxidov F.T., Umarov Z.A., Djurayev K.N. Banklarda buxgalteriya hisobi. O’quv qo’llanma. –T.: TDIU, 2010. –224 b;
8. Abdullayev Yo., Qoraliyev T., Toshmurodov Sh., Abdullayeva S. Bank ishi. O’quv qo’llanma –T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2009 yil, 196 b;
9. Abdullayeva Sh.Z. Bank ishi. O’quv qo’llanma. –T.:TMI, 2003.–305 b;
10. Abdullayeva Sh.Z. Bank risklari va kreditlash. –T.: Moliya, 2002. b;
11 . Bank V.R. Organizasiya i buxgalterskiy uchet bankovskix operasiy: Ucheb. pos. - M.: F i S, 2014. - 153 s;
12.Diana Mak Noton, Donald Dj. Karlson, Klayton Tausend Ditd i dr. Organizasiya raboti v bankax: v 2–x tomax. Tom 2. Interprirovaniye finansovoy otchetnosti. Per. s ang. –M.: Finansi i statistika, 2016. –240 s;
13. Banklarda buxgalteriya bisobi. Darslik. I nashri. Omonov A.A., Qoraliyev T.M. TMI, -T.: dqtisod-Moliya», 2014. 241 b;
14. Navro’zova K.N. Banklarda buxgalteriya hisobi va operasion texnika. O’quv qo’llanma. – T.: “IQTISOD-MOLIYa”, 2010 yil, 280 bet;

FOYDALANILGAN VEB SAYTLAR RO’YXATI:


1. www.cbu.uz (O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki);
2. www.lex.uz (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi);
3. www.stat.uz (O’zbekiston Respublikasi statistika ko’mitasi);
4. www.my.gov.uz (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal);
5. www.xb.uz (Aksiyadorlik tijorat Xalq banki);
6. www.banker.uz (Banklar to’g’risidagi sayt).
Yüklə 352,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin