Hisobot Bank



Yüklə 30,43 Kb.
səhifə3/3
tarix23.05.2023
ölçüsü30,43 Kb.
#120240
1   2   3
Hisobot

Ipoteka bank kreditlari
Bugungi kunda amalga oshirilayotgan xaridlarning ayrimlari kredit xisobiga amalga oshirilmoqda. Kredit sizga biror-bir xarid uchun kerakli summani jamlamasdan, balki xaridni o'sha ondayoq amalga oshirish, o'z istaklaringiz ijrosini kelajakka qoldirmagan holda yashash imkonini beradi.

Ipoteka-Bank krediti Sizni bugungi kunning o'zidayoq maqsadlar sari yaqinlashtiradi! Biz Sizga mos foiz stavkalar, Sizga mos keluvchi kreditlash muddatlari va so'ndirishning qulay usullarini taklif qilamiz. Kredit olish bilan bog'liq bo'lgan o'zingizni qiziqtiruvchi barcha masalalar bo'yicha batafsil ma'lumotlar olish uchun Ipoteka-bank filiallariga murojaat qilishning o'zi etarli.


O'zingiz va oilangiz kelajagini dadil rejalashtiring va yarating!
Ipoteka-bankning ipoteka kreditlari — bu Sizning o'z uyingizga Ega bo'lish imkoniyati. Siz turar-joy sotib olish uchun zarur bo'lgan mablag'ni uzoq yillar davomida jamg'arishingiz shart Emas — bizda ipoteka kreditini rasmiylashtirib siz yangi kvartira yoki uyda yashashingiz mumkin. Ipoteka krediti Evaziga sotib olingan turar-joy sizning o'z mulkingizga aylanadi!

Kredit maqsadi

-Aholini uy-joy bilan ta'minlash maqsadida birlamchi va ikkilamchi bozordan yashashga yaroqli bo'lgan uy-joy sotib olish uchun. (Qo'shimcha shartlar: ko'p kvartirali uy-joydan bitta kvartira; yakka tartibdagi uy-joy bitta oilaga mo'ljallangan bo'lishi lozim);
- Qarz oluvchi yashab turgan o'ziga tegishli xonadonni ta'mirlash (remont) uchun; (ta'mirlash uchun ipoteka krediti pudrat qurilish tashkilotining hisobvarag'iga yoki qurilish materiallari sotuvchi ho'jalik yurituvchi sub'ektining hisobvarag'iga pul o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi)

Mijoz

Mijoz ariza bilan murojaat Etgan vaqtda ipoteka krediti mavjud bo'lmagan va doimiy daromadga Ega bo'lgan, 18 yoshga to'lgan va undan yuqori jismoniy shaxs

Kreditning maksimal miqdori

- birlamchi va ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun uy-joy qiymatining 74 foizgacha (323 mln. so'mdan oshmagan miqdorda);
- uy-joylarni ta'mirlash (remont) uchun 80 mln. so'mgacha

Kredit muddati

birlamchi va ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun 240 oygacha;
- uy-joylarni ta'mirlash (remont) uchun 120 oygacha
Imtiyozli davr
Imtiyozli davrsiz

Kredit foizi

- boshlang'ich badal kamida 26% qo'yish sharti bilan birlamchi va ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun yillik 18%
- uy-joylarni ta'mirlash (remont) uchun yillik 17%

Birgalikda qarz oluvchi

Doimiy daromadga ega bo'lgan hamda qarzdor bilan bir joyda ro'yxatdan o'tib birga yashaydigan qarzdorning yaqin qarindoshlari

To'lov grafigi

Annuitet usulda

Qarz oluvchi/ birgalikda qarz oluvchiga kredit tarixi bo'yicha qo'yiladigan talab

Qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining oxirgi 12 oy davomida kredit to'lovlari bo'yicha 30 kundan oshgan muddati o'tgan qarzdorligi bo'lmasligi lozim

Ish staji

Oxirgi ish joyida kamida 6 oy ishlagan bo'lishi shart

Kredit olish uchun topshiriladigan xujjatlar:
- ariza;
- pasport nusxasi;
- daromadlari to'g'risida ma'lumotnoma;
- dastlabki oldi-sotdi shartnomasi;
- ikkilamchi bozordan uy-joy xarid qilishda, mustaqil baholovchi tomonidan taqdim Etilgan hisobot;
- ikkilamchi bozordan uy-joy xarid qilinganda, sotuvchi va sotib oluvchi o'rtasidagi qarindoshlik holatini o'rganish maqsadida, zarur hujjatlar talab Etiladi;
-mavjud uy-joylarni ta'mirlash (remont) uchun smeta.
Ta'minot turlari:
Sotib olinayotgan yoki ta'mirlanayotgan uy-joy.
"Qalqon" avtokredit

Mijoz


Ipoteka-bankning ish xaqi loyihasi ishtirokchisi bo'lgan Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi va Ichki ishlar vazirliklari tizimidagi muassasalar xodimlariga

Maqsadi

birlamchi bozordan engil avtomobillar sotib olish

Miqdori

bazaviy hisoblash miqdorning 1500 barobarigacha

Muddati

48 oygacha

Boshlang'ich badal

kamida 30%

Yillik foiz stavkasi

22%



Ta'minot

sotib olinayotgan engil avtomobil, vaqtinchalik sug'urta polisi



Taqdim Etiladigan hujjatlar to'plami

shaxsni tasdiqlovchi hujjat, avtosalondan shartnoma, ta'minot hujjatlari



Qarz oluvchi

18 yoshga to'lgan doimiy ish joyi daromadlariga Ega bo'lgan shaxs



Birgalikda qarz oluvchi



qarz oluvchining daromadlari etmagan taqdirda bitta birgalikda qarz oluvchi olinishi mumkin

Talab Etiladigan ish staji



oxirgi ish joyida kamida 2 oy ishlagan bo'lishi shart

Yüklə 30,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin