Hisobot Bank


Oʻzbekistondagi bank tizimi



Yüklə 30,43 Kb.
səhifə2/3
tarix23.05.2023
ölçüsü30,43 Kb.
#120240
1   2   3
Hisobot

Oʻzbekistondagi bank tizimi
Oʻzbekistonda birinchi bank muassasasi 1875-yil Toshkentda ochilgan Rossiya imperiyasi davlat bankning filiali boʻlgan. 19-asrning oxirida Turkistonda rus kapitali ishtirokidagi Oʻrta Osiyo aksiyadorlik banki (1881), Volgakama banki (1893), Rus-Xitoy (Rus-Osiyo) banki (1903), Azov-Don savdo banki (1910), Nijniy Novgorod-Samara banki (1899), Poltava Yer banki (1901)ning filial, boʻlim va agentliklari faoliyat olib bordi. Oktabr toʻntarishidan soʻng barcha bank sovet hokimiyati tomonidan natsionalizatsiya qilindi. Oʻzbekistonda bank tizimi 1924-yildan boshlab sobiq SSSR bank tizimining tarkibiy qismi sifatida tashkil qilindi. 1992-yilga qadar SSSR Davlat banki (1923; 1921 — 23-yillarda RSFSR Davlat banki), SSSR Qurilish banki (1959; 1922 — 59-yillarda SSSR Savdo banki), SSSR Tashqi savdo banki (1924)ning Oʻzbekiston idora (kontora)lari respublikadagi bank muassasalari ishiga rahbarlik qildi. SSSRning parchalanishiga qadar Oʻzbekistonda mustaqil bank tizimini yaratish maqsadlarida 1991-yil 15-fevralda Respublika Oliy Kengashi sessiyasida respublika hududidagi bank Faoliyatining huquqiy asoslari belgilab berilgan Oʻzbekiston Respublikasining „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“gi Qonuni qabul qilindi va shu vaqtdan boshlab respublikaning haqiqiy, mustaqil bank tizimi shakllana boshladi. Sobiq SSSR bankining respublika idoralari mustaqil bank sifatida OʻzR Markaziy banki tomonidan roʻyxatga olindi.
Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini shakllantirish va rivojlantirish strategiyasi iqtisodiyotni xoʻjalik yuritishning bozor sharoitlariga bosqichmabosqich oʻtkazish dasturiga mos keladi. Oʻtgan davrda bank islohotlari davomida milliy bank tizimining 2 bosqichli strukturasi (yuqori bosqichda — Markaziy bank, quyi bosqichda — tijorat banklari) huquqiy jihatdan mustahkamlandi; bankning soni va ular koʻrsatadigan xizmat turlari koʻpaydi. 1995 -1996yillarda bank qonunchiligi yanada takomillashdi. OʻzRning „Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida“gi (1995-yil 21-dekabr) Qonuni bank tizimining huquqiy asoslarini toʻldiribgina qolmasdan, Oʻzbekiston Respublikasi markaziy bankining alohida maqomi, maqsadlari, vazifalari hamda vakolatlarini ham aniq belgilab berdi. OʻzRning „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“ 1996-yil 25-apreldagi yangi Qonuni esa tijorat banki faoliyatining barcha huquqiy asoslarini xalqaro standartlar darajasida belgilab berdi. Tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, 12 viloyat va Toshkent shahar boshqarmalari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki OʻzRning bosh banki hisoblanadi (1992-yil sentabrgacha sobiq SSSR Davlat bankining Oʻzbekiston boʻlimi). Respublikada bank tizimining quyi bosqichini paychilik, aksiyadorlik asosida, shuningdek chet el kapitali ishtirokida tashkil etilgan bank, ularning filial va vakolatxonalari, kooperativ va xususiy bank tashkil etadi.
Bank sohasini monopoliyadan chiqarish bank islohotlarining eng muhim yoʻnalishlaridan biridir. Dastlabki bosqichda bu asosan iqtisodiyotning ayrim sohalariga xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashtirilgan bankni tuzish yoʻli bilan amalga oshirildi. Ixtisoslashtirilgan bankning tashkil etilishi bozorga yoʻnaltirilgan bank tizimini yaratish yoʻlidagi zaruriy va tabiiy bosqich boʻldi.
1995 — 96-yillarda „Asaka“ ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik tijorat banki, „Aloqabank“ aksiyadorlik tijorat banki, „Toshkentijtimoiyuyjoy-bank“ aksiyadorlik tijorat banki, „Uzsayohatinvestbank“ Oʻzbekiston aksiyadorlik tijorat investitsiya banki va „Zamin“ ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik ipoteka banklari tashkil etildi. „Oʻzdehqonsanoatbank“ aksiyadorlik tijorat banki „Paxtabank“ ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik tijorat bankiga, „Oʻzjamgʻarmabank“ Xalq bankiga aylantirildi. Tijorat banki xalq xoʻjaligining turli sohalaridagi korxonatashkilotlarini kreditlash, moliyalash va ularga hisobkitob xizmati koʻrsatishni amalga oshiradi. Bu bank toʻla mustaqildir. Ularning aksiyalari turli mulk shakllariga mansub boʻlgan korxonalar, shuningdek jismoniy shaxslar oʻrtasida taqsimlangan. Tijorat bankining xususiy zaxiralari yetishmay qolganda ular kredit resurslari bozoridan zarur pul mablagʻlarini sotib olishlari mumkin. OʻzRning barcha mintaqalarida 800 ga yaqin filiallarga ega boʻlgan 35 Tijorat banki faoliyat koʻrsatadi, ulardan 5 tasi chet el kapitali ishtirokida, 11 tasi xususiy banklardir (2000).
Xususiy bankning huquqiy bazasini rivojlantirishda Respublika Prezidentining 1997-yil 24 apreldagi „Xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni ragʻbatlantirish choratadbirlar toʻgʻrisida“ Farmoni muhim ahamiyatga ega boʻldi. Farmonga koʻra, respublika hududida faoliyat koʻrsatayotgan tijorat banki bilan bir qatorda xususiy bank ham tashkil etila boshladi (muassis jismoniy shaxslar hissasi bank ustav kapitalining kamida 50 % ni tashkil etishi lozim). 1998-yilda 5 ta xususiy („Alp Jamol“, „Turkiston“, „Istiqbol“, „XIFbank“ va „Oʻktambank“) bankga bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun dastlabki ruxsatnoma berildi.
1995-yil 24-oktabrda Oʻzbekiston Tijorat banki uyushmasi tashkil topdi (uning tarkibiga xususiy banklar ham kirgan).
Respublikada 1992-yildan „Oʻzbank-audit“ — banklararo aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan auditorlik firmasi ish olib boradi. 1996-yildan buyon „Oʻzbankaudit“ bilan bir qatorda „Deloyt end Tush“ va „Ernst end Yang“ kabi 5 ta xalqaro auditorlik konsalting firmalariga hamda „Xolis“ guruhi va „Odil audit“ mahalliy audit firmalariga OʻzR Markaziy banki tomonidan bank auditi oʻtkazish huquqini beruvchi tegishli sertifikatlar berildi. Ular banklar, kredit muassasalari, sugʻurta kompaniyalari, tashkilot va korxonalarning buyurtmasi bilan ularning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshiradi (taftish qiladi), xolisona xulosalar beradi, ekspertizalar oʻtkazadi.
Hozirgi davrda Oʻzbekistonda chet el bank va xalqaro moliya muassasalari kapitali ishtirokida qoʻshma bank faoliyat koʻrsatadi. Ular jumlasiga Oʻzbekiston — Gollandiya „Oʻzprivatbank“ va „ABN Amrobank— Oʻzbekiston Milliy banki aksiyadorlik jamiyati“, Oʻzbekiston — Turkiya „OʻTbank“, Oʻzbekiston — Jan. Koreya „OʻzDEUbank“ kiradi. 13 ta chet el banki Toshkentda oʻz vakolatxonasini ochgan. Bular katorida Doyche bank, Berliner Bank, Meybank (Malayziya), Kredit Sviss (Shveysariya), „Kredi Kommersial de Frans“, „Sosyete Jeneral“ (Fransiya), Pokiston Milliy banki, Cheyz Manxetten (AQSH), „Rossiyskiy kredit“ va „Sakura bank LTD“ (Yaponiya) banklari bor. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Xalqaro valyuta fondi va Jahon bankning doimiy maslahatchilari xizmatidan foydalanadi. 2000-yil 1-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan mijozlarga 529 mlrd. soʻmlik kredit qoʻyilmalari ajratilib, shundan 237 mlrd. soʻmi qisqa muddatli, 292 mlrd. soʻmi oʻrta va uzoq muddatli kreditlarni tashkil etdi. Oʻrtacha foiz stavkasi qisqa muddatli kreditlar boʻyicha 33,7 %, oʻrta muddatli kreditlar boʻyicha 23 %, uzoq muddatli kreditlar boʻyicha 13 % dan iborat boʻldi.
2005 yil fevral oyi iqtisodiyotimizni modernizatsiyalash uchun muhim qadam bo’ldi, shu vaqtda uy-joy bozorini rivojlantirish bo’yicha PQ-10 qarori qabul qilindi. Aynan shu narsa "Ipoteka bank" tashkil etilishi uchun turtki berdi. Ipoteka kreditsiyalanishi albatta bizning bankning eng muhim yo'nalishlaridan biri, shu bilan bir qatorda bank yangi uy-joy qurilishini moliyalashtirish uchun katta ahamiyat bermoqda. "Ipoteka bank" 38 filiallar tarmog'ini tashkil etgani uchun jismoniy va yuridik shaxslarga bir qator bank xizmatlarini amalga oshiradi. Bundan tashqari, ikki nufuzli tashkilotlar: «Standard & Poor’s » hamda «Moody’s Investors Service» banklar va turli moliyaviy muassasalarning xalqaro baholashlarni amalga oshiradilar, ular "Ipoteka bank"iga yaxshi baho berdilar bu esa xizmatlarining yuqori sifati va mijozlarga yaxshi xizmat ko'rsatish nazorati belgisidir.
2005 yilda ish faoliyatini boshlagan aksiyadorlik tijorat ipoteka banki "Ipoteka-bank" turli sohalarda bank xizmatlarini muvaffaqiyatli bajarib kelmoqda. Oxirgi yillarda “Ipoteka bank”i O'zbekistonning ustuvor bozorlarida yetakchi o'rinni egallaydi, bu esa uning xodimlari yuqori professionalligini, to’g’ri boshqaruvini va ko'rsatiladigan xizmatlar sifatiga yuqori e'tibor berganliklarini ko’rsatadi. Asosiysi bankning muvaffaqiyatli ish olib borishi nafaqat o'z nufuzini va aholi ishonchini oshirishga balki davlat iqtisodiyotining rivojlanishi uchun hissa qo’shishi deb tushunish muhim. Bizning jamoamiz yuqori ishbilarmonligi, maqsadli bozorlarni rivojlantirish shuningdek, eng so'nggi yangiliklar va texnologiyalarni doimiy monitoring qilish sharoitida, doimiy qidiruv bizning xizmatlarga foydali ta'siri kuchli. Yuqorida aytib o’tilganlarni bizning bank hisobotlari tasdiqlaydi. 2017 yil 1 yanvaridan 2018 yil 1 apreliga qadar xalq omonatlarining umumiy miqdori deyarli 2 baravar oshdi va taxminan yarim trillion so'mni tashkil etdi. Uzoq muddatli kreditlar soni deyarli 3 baravarga ko'paydi. Ipoteka bank"i kundalik bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun turli xil zamonaviy vositalar bilan moslashuvchan tizimni yaratdi.
Ipoteka-bank aholidan turli to'lovlarni qabul qilish bo'yicha amaliyotlarni amalga oshiradi. Siz Ipoteka-bankda ochilgan hisobrakamlardan tulovlarni naqd pulsiz o'tkazish yo'li bilan, bevosita Respublikaning barcha mintaqalarida faoliyat olib borayotgan kassalar tarmog'i orqali naqd pul shaklida hamda Ipoteka-bank plastik kartochkalari vositasida to'lovlarni oson va tezkorlik bilan amalga oshirishingiz mumkin. Uyingizga yaqin joyda maxsus kassalarning mavjudligi bankning o'ziga kelmasdan turib to'lovlarni to'lash hamda transport va boshqa xarajatlarni qisqartirish imkoniyatini beradi. Ipoteka-bankning maxsus kassalari orqali to'lovlarni amalga oshirishda Siz o'z vaqtingizni tejaysiz.
Ipoteka-bank Respublikadagi ko'pgina tashkilotlarining xisobiga to'lovlar qabul qiladi. To'lovlarni amalga oshirish uchun shunchaki kassamizga kelishingizning o'zi kifoya. To'lovlarni qabul qilishda qo'shimcha vositachilik haqi olinmaydi. Kommunal xizmatlar uchun to'lovlarni Ipoteka-bankning barcha filiallari va mini-bank va kassalarida amalga oshirish mumkin.
So‘nggi yillarda tijorat banklari e’tiborni bank-mijoz yoki mobil ilovalar kabi masofaviy xizmat ko‘rsatish kanallariga qaratgan holda o‘z bizneslarini mijozlarga xizmat ko‘rsatishni soddalashtirish yo‘nalishi bo‘yicha faol ravishda o‘zgartirmoqda. Ushbu faollik banklarda turli darajada namoyon bo‘layotganinin kuzatish mumkin. O‘zbekiston bank sektorida ijobiy tendensiyalar 2016 yildayoq ko‘zga tashlangan edi. Biroq, davlat banklari O‘zbekistondagi milliy bank tizimining salbiy natijasining asosiy manbai bo‘lib qolmoqda.
Davlat aktivlariga ega bo‘lgan tijorat banklarida hukumatdan olingan mablag‘lar ulushi hali ham yuqori hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining bank tizimi yuqori konsentratsiya mavjudligi bilan ajralib turadi: barcha bank aktivlarining 84 foizi hanuzgacha davlat ulushi mavjud banklarga tegishli, 64 foizi esa 5 ta yirik banklarga (Milliy bank, Asaka bank, O‘zsanoatqurilishbank, Ipoteka bank va Agro bank) tegishli. Davlat ulushi mavjud banklar depozitlarining kreditlariga nisbati 32,9 foizni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, xususiy banklarda bu ko‘rsatkich qariyb 96 foizni tashkil etadi.
Jismoniy shaxslar depozitlari bank tizimidagi jami depozitlarning atigi 24 foizini tashkil etadi, bu YaIMning taxminan 5 foizini tashkil etadi. Bugungi kunda aholi jamg‘armalarini bank-moliya tizimiga jalb qilish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Prezidentimizning 2018 yil 23 martdagi «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan moliya-bank tizimida mijozlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, xizmat ko‘rsatish madaniyati va aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada «Ipoteka-bank» aksiyadorlik tijorat ipoteka banki tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, bank mijozlariga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar aholining bankka bo‘lgan ishonchini oshirishga xizmat qilayotir. Dunyo banklari bilan hamkorlik qilib kelayotgan tadbirkor sifatida ushbu bankning xizmatlari bizni Yevropa banklari bilan bir qatorda to‘liq qanoatlantiradi. Ma'lumotlarga ko‘ra, shaharda 150 ming nafar aholi istiqomat qiladi. Aholining asosiy qismi elektr energiyasi, gaz, suv va boshqa kommunal to‘lovlarni mazkur bank orqali amalga oshiradi.
- Bank bilan bog‘liq barcha ishlarimni shu bank orqali bajaraman, – deydi Nafosat ko‘chasi 6-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Ubaydulla To‘yyev. – Bankning xizmatlari, birinchi navbatda, ishonchliligi, qolaversa tezkorligi va xizmat sifati menga ma'qul. Umuman olganda, so‘nggi yillarda bank tizimida biz uchun ilgari orzu bo‘lgan umidlarimiz ushalmoqda.
Darhaqiqat, mamlakatimizda «Mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun» tamoyili hayotimizda o‘zining amaliy ifodasini topmoqda.

Yüklə 30,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin