Hisobot mazmuni : I. Pedagogik amaliyot olib borilgan muassasa. II. Bajarilgan ishlar



Yüklə 15,03 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü15,03 Kb.
#41115
HISOBOT MAZMUNI




HISOBOT MAZMUNI :

I. Pedagogik amaliyot olib borilgan muassasa.

II. Bajarilgan ishlar

2.1. O`quv ishlari.

2.2. Ma’naviy - marifiy ishlar.

III. Xulosa va takliflar

I. Pedagogik amaliyot olib borilgan muassasa.

Maktab binosi ma‘muriy xonalardan tashqari 46 ta xonali. Bino 3 ta korpus va sport zalidan tashkil topgan.

Maktabning barcha pedagog xodimlari o`quvchilarga ta’lim va tarbiyani uzviy ravishda berib bormoqda.

Maktab xonalari hali ham qo`shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlanmoqda.

Maktab tashkil topganidan beri shu kunga qadar bir qancha o‘quvchi yoshlar fan olimpiyadalarida nufuzli o‘rinlarni olib kelishgan.

­­­­­­­­­­­­­ ­­­­­­­­­­­­­­­­­­­-.2021-yil kuni ilk bor makrabga tashrif buyurdim. Pedagogik amaliyotim davomida nafaqat o`quv, balki, ma’naviy-marifiy ishlar bilan ham tanishib, o`rganib chiqdim.



II. Bajarilgan ishlar

2.1. O`quv ishlari:

- ta’lim muassasasiga kelishim bilan mutaxassislik boshlang’ich sinf o`qituvchisi. Iloji boricha dars jarayonining 1 daqiqa vaqtini ham e’tiborimdan chetda qoldirmaslikka harakat qildim. Universitetda o`qituvchilarimiz bergan bilimlari asosida dars uchun tahlil yozdim va o`zim uchun kerakli xulosalarni oldim.

- Ustozlarimiz aytganidek, pedagogik amaliyotim uchun alohida ish reja tuzib oldim.

- Pedagogik amaliyot davrida yordamlari katta bo`di. Ish reja tuzish tartibini o`rgatdi Ish rejalarni tuzib olgach, kunlik rejalarni tuzishni ya’ni darslarning samaradorligi uchun qanday metodlar tanlash joizligi haqida tushuntirib bordi. Bu orqali bilimlarimni mustahkamlab olishimga yordam berdi.

Dars ishlanmalarni yozilish qoidalarini amaliy tahlil qilishni o`rgatdi. Bunda asosan, dars jarayoni usiliga e’tibor berish lozimligiga alohida urg`u berib tushuntirdi. Sababi dars usulini tanlash orqali bir soatlik darsni qanday tashkil qilinishi mumkinligini, darsning samaradorligi qanday bo`lishini oldindan bilib olish mumkin ekan.

- Turopov Abdumalik aka aynan shu sinflarga dars o`tishingiz mumkin yoki o`ta olasiz deb sinf ajratib bermadi. Chunki, maktabda hamma sinf o`quvchilari soni kam va juda tartibli. Ba’zan sinfni o`zimga topshirib ketdi. Dars o`tmoqchi bo`lgan mavzularim uchun o`zim dars ishlanmasi yozib, mavzuga tayyorlanib kelib dars o`tdim.

Dars jarayonida bunday qo`shimcha ma’lumotlardan foydalanish darsning sifatini yanada oshiradi. O`ylaymanki, dars jarayonida qo`llab yaxshi natijalarga erishaman.

III.Xulosa va takliflar.

Xulosa

Pedagogik amaliyot haqida xulosam shuki, o‘gangna bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda sinamasdan biror kasb egasi bo‘lish qiyin. Bunday tajriba oshirish uchun yillar davomida harakat qilinar ekan. Buning uchun esa 5 yil o‘qishning o‘zi kamlik qiladi. Bo`lajak pedagog xodim uchun eng kerakli narsa o`quv jarayonini nazorat qila olish. Bunda bizga eng kerakli xislatlar mutaxassislik fanlarimizning barchasi hamda psixologiya, nutq madaniyati, metodika kabi fanlarni mukammal bilishni taqazo etadi.



Mening fikrimcha, Oliy ta’limni bitirib maktab ostonasiga ilk qadam qo`yayotgan o`qituvchi uchun ikki oylik pedagogik amaliyot kamlik qilarkan.
Yüklə 15,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin