Hissiyot. Iroda. Shaxs



Yüklə 29,65 Kb.
səhifə1/2
tarix14.12.2022
ölçüsü29,65 Kb.
#74752
  1   2
Hissiyot. Iroda. Shaxs


HISSIYOT. IRODA. SHAXS.

Reja:
1. Hissiyotga ta`rif
2. Emotsiya
3. Hissiyot
4. Hissiy ton
5. Stenik va astenik


Shaxs psixologik strukturasi, nazariyalari, o`zini o`zi baholashi, nazorat qilishi va boshqarishi. Shaxsni o`rganish metodlari. Tayanch so`z va iborala: Emotsiya, hissiyot, kechinma, hissiyot funksiyasi: imprissiv, eksprissiv tomon, hissiyot shakli: hissiy ton, emotsiya, kayfiyat, affekt, stress, stenik his, astenik his, yuksak hislar: intellectual, axloqiy, praksik, iroda, maqsad, tilak, istak, xohish, irodaviy akt, irodaviy harakat, irodaviy zo`r berish, shaxs sifati: mustaqillik, dadillik, sabr, bardosh, Shaxs, individ, individuallik, himoyalanish mexanizmi, shaxs tuzilishi, shaxs nazariyasi: G.Ayzenk, Z.Freyd, K.Rodjers, A Maslou, o`zini o`zi baholash, nazorat qilish, boshqarish, metod: kuzatish, proyektiv texnikalar, so`rovnomalar va amaliy testlar. Emotsiya haqida tushuncha. Hissiy holatlarning nerv-fiziologik asoslari. Insoniy emotsiyalar va hayvonlardagi emotsiyalar. Odam tashqi muhitdagi turli-tuman narsa va hodisalarni idrok qilar ekan, hech vaqt bu narsalarga batamom befarq bo`lmaydi. Odamning aks ettirish jarayoni doimo faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab oladi: a) shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini; b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko`rsatadigan ob`ektlarga sub`ekt sifatida qatnashishi; v) uni harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlar va hokazo. Hissiyot tushunchasiga adabiyotlarda turlicha ta`riflar uchraydi jumladan; A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" darsligida hissiyot - kishining o`z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg`ul bo`layotganiga nisbatan o`zicha turli xil shaklda bildiradigan kichik munosabatdir. M.Vohidovning "Bolalar psixologiyasi" o`quv qo`llanmasida hissiyot deb - tashqi olamdagi narsa va hodisalarga bo`lgan ichki kechinmalarimizning ongimizda aks ettirilishga aytiladi. Q.Turg`unov muallifligidagi lug`atda hissiyot-shaxsning voqelikdagi narsa va hodisalarga, kishilarga hamda o`z-o`ziga bo`lgan munosabatlarida kelib chiqadigan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalardan iborat. Professor E.G`oziev muallifligidagi "Umumiy psixologiya" darsligida hissiyot- odamda, tirik mavjudotlar miyasida, ya`ni shaxslarning ehtiyojlarini qondiruvchi va unga monelik qiluvchi ob`ektlarga nisbatan uning munosabatlarini aks ettirish ma`nosida qo`llaniladi. Adabiyotlarda hissiyot bilan birga emotsiya tushunchasi ham keng doirada qo`llaniladi. Aynan emotsiya tushunchasining mazmuni nimadan iborat va hissiyot tushunchasi bilan o`zaro bog`liqligi qanday degan savol tug`iladi? Shunga muvofiq emotsiya tushunchasining mazmun mohiyatini yoritadigan bo`lsak; jumladan professor E.G.`G`ozievning "Umumiy psixologiya" darsligida emotsiya-odatda tashqi alomatlari yaqqol namoyon bo`ladigan his-tuyg`ularni, ichki kechinmalarni ifodalanishidan iborat psixik jarayonni yuzaga kelishining aniq shaklidir, deb ta`riflanadi. Emotsiya - shaxsning voqelikka o`z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog`liq bo`lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan ta`riflardan ko`rinadiki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo`lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi. Hissiyot odamda sodir bo`layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo`lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi. Mazkur holda sezgi a`zolariga ta`sir qiluvchi cheksiz miqdordagi qo`zg`ovchilardan aniq bo`lib ajraladi, ba`zilari birbirlari bilan qo`shilib ketadi va paydo bo`lgan hissiyot bilan birlashib ketadi. Natijada taassurot uyg`otib, biror hissiy nom bilan ifodalangan xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi. Buni fiziologik jihatdan shunday tushuntirish mumkin: ma`lum qo`zg`atuvchilar tirik mavjudotlar uchun xotirjamlik haqida darak beruvchiga aylanadi. Hissiy kechinmalar esa insonning shaxsiy tajribasida tarkib topadigan reflekslar tizimini mustahkamlash sifatida namoyon bo`ladi. Hissiyotning mana shu darak beruvchilik vazifasi psixologiyada hissiyotning impressiv tomoni deb ataladi. Impressiv so`zi lotincha taassurot degan ma`noni anglatadi. I.P.Pavlov tirik mavjudotlarning atrofimizdagi muhitga moslashuvida hosil qiladigan buziladigan dinamik streotiplar orqali biror hissiyot va emosional kechinmalarning ijobiy va salbiy sifatlarini tushuntirib beradi. Dinamik stereotip deganda tashqi qaytarilish natijasida hosil qilingan shartli reflekslar, nerv bog`lanishlarining barqaror tizimi tushuniladi. Har turli qiyinchiliklar va qarshiliklarga duch kelishi natijasida dinamik stereotiplarning "o`zgarishi" salbiy emosional holatni yuzaga keltiradi. Hissiyot bu uning kechirilishining turli shakllari faqat darak vazifasini emas, balki boshqaruvchilik funksiyasini ham bajaradi. Emotsiya harakatlari juda ko`p tana o`zgarishlar ifodalanadi. Odam organizmidagi o`zgarishlar kechirilayotgan hissiyotning ob`ektiv ko`rsatkichi hisoblanadi. Moslashish xarakteriga oid bo`lgan, ya`ni ovozning o`zgarishi, mimika, imo-ishora, organizmda sodir bo`ladigan jarayonning qayta o`zgarishidan iborat ixtiyorsiz va ongli harakatlar psixologiyada emosional harakatlarning ekspressiv tomoni deb ataladi. Hissiyotlar odatda juft-juft bo`lib uchraydi. Masalan, yoqimli- yoqimsiz, xush-noxush, xursand-xafa, g`azab-muhabbat, nafrat kabi ana shunday hissiyotlar sub`ektiv xarakterga ega bo`ladilar, lekin ularning tashqi ifodasi ham bo`ladi. Masalan, hushchaqchaq odam bilan g`amgin odamning yuz ifodasini ko`z oldimizga keltirib ko`rish mumkin. Aynan mazkur jarayon psixologiyada ambivalentlik yoki ikki taraflamalik deb ataladi. Ambivalentlik - lotincha har tomonlama kuchga ega ma`nosini anglatib kishining bir ob`ektning o`ziga nisbatan bir vaqtning o`zida paydo bo`ladigan bir-biriga qarama - qarshi emosional irodaviy holatdir. Hissiyot boshqa hamma psixik jarayonlar kabi bosh miya po`sti qismining faoliyati bilan bog`liqdir. Bosh miya hissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora qilib turadi. Hissiyotlar boshqa bilish jarayonlaridan farqli bosh miya po`stining faoliyatidan tashqari organizmning ichki a`zolari faoliyati bilan ham bog`liqdir, boshqacha qilib aytganda hissiyotlar vegetativ nerv tizimining faoliyati bilan ham bog`liqdir. Demak, odam ma`lum hissiy holatni boshdan kechirayotgan paytda uning qon aylanish tizimi, nafas olish organlari nutq apparatlari ichki sekresiya bezlari ham qatnashadi. Masalan, materialni yaxshi bilmaydigan talaba imtihon topshirayotganda terlab ketadi, tomog`iga nimadir tiqilib, gapini gapira olmay qoladi. Odamda qattiq qo`rqish paytida "Yuragi orqaga tortib ketdi", "Sovuq ter bosib ketdi" kabi iboralarning ishlatilishi hissiyot paytida odamning ichki a`zolarining ishtirok etishidan dalolat beradi. Juda ko`p hissiy holatlar bosh miyaning yaqin po`stloq osti qismlarining oraliqi bilan ham bog`liqdir. Masalan, ko`rish tepaligi deb ataluvchi qism ayrim hislarni ifodalaydigan ixtiyorsiz harakatlarning markazi hisoblanadi. Odamda uchraydigan yuksak ma`naviy hissiyotlar ham o`zining nerv-fiziologik asosiga ega bo`lishi kerak (chunonchi intellektual, axloqiy, estetik hissiyotlar). Bu jihatdan akademik I.P.Pavlovning dinamik streotip haqidagi ta`limoti juda katta ahamiyatga egadir. Bu haqda akademik I.P.Pavlov shunday deb yozgan edi: "Menimcha, ko`pincha odatdagi turmush tartibining o`zgargan paytlarida odat bo`lib, qolgan birorta mashg`ulot yaqin kishidan judo bo`lganda, aqliy iztirob chog`ida kechiriladigan og`ir hissiyotlarning fiziologik asosi huddi eski dinamik streotipning o`zgarishi, uning yo`qolishi va yangi dinamik streotipning qat`iylik bilan hosil bo`lishidan iborat bo`lsa kerak". Ayrim murakkab hissiyotlarning asosida dinamik streotipning yotishi yaqqol ko`rinadi. Masalan, estetik hissiyotni oladigan bo`lsak, biron yoqimli ko`ydan lazzatlanish, yoki biron mashhur rassomning ishlagan ajoyib suratlarini tomosha qilib, rohatlanish estetik hissiyot hisoblanadi. Agar bu hissiyotlarning nerv-fiziologik asoslarini tahlil qiladigan bo`lsak, quyidagilarni ko`rishimiz mumkin. Shunday qilib, hissiyot vegetativ nerv tizimi orqali boshqariladigan ichki a`zo faoliyati bilan bog`liq bo`lsa ham bari bir bosh miya po`sti orqali idora qilinadi. Chunki akademik I.V.Pavlovning fikricha, odamning butun a`zoyi badanida bo`ladigan har qanday hodisalarning hammasini bosh miya po`sti qismidagi neyronlar idora qiladi. Ana shu jihatdan olganda hissiyotning nerv-fiziologik asosi bosh miya po`sti bilan bog`liq. Odam his-tuyg`ulari bilan hayvon hissiyotlari o`rtasida juda katta farq bo`ladi. Odamda juda ko`p miqdorda his-tuyg`ular borki, bunday hissiyotlar hayvonlarda uchramaydi. Shuning uchun ham odam, ham hayvon uchun umumiy bo`lgan g`azablanish, qo`rqish, jinsiy hissiyot, qiziquvchanlik, xursandchilik, g`amginlik emotsiyalari hayvonlarda sifat jihatidan farq qiladi. Shu o`rinda S.Shexterning emosional faktorlarning paydo bo`lishi kognitiv-fiziologik konsepsiyasini keltirib o`tish joiz. Insoniy emotsiyalar "insoniylashtirilgan" ijtimoiy sharoit bilan bog`liq holda namoyon bo`ladi. Emotsiyalarning "insoniylashuvi" shunday namoyon bo`ladiki, ichdan kechadigan hissiyotlar mazmuni, juda boy va murakkabdir. Odamlar bilan mehnat, siyosat, madaniyati, oilaviy hayot o`rtasida paydo bo`lgan munosabatlarning ko`pligi, sof insoniy hissiyotlarning paydo bo`lishiga olib keladi. 6.2. Emostiya nazariyalari Hissiy holatlarning ifodalanishi, hislarni kechirish shakllari. Yuksak hislar. Emotsiyalar va hissiyot haqida tushuncha. Hissiy holatlarning ifodalanishi birinchidan, ifodali harakatlar (yuz ifodasi, qo`l, oyoq harakatlari), ikkinchidan organizmdagi turli hodisalarni, ya`ni ichki a`zolar faoliyatining va holatining o`zgarishida, uchinchidan tabiatda, ya`ni organizm qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o`zgarishlarni, shuning bilan birga modda almashinuvida bo`ladigan o`zgarishlarni o`z tarkibiga oladi. His-tuyg`ularning tashqi ifodasiga yuz ifodasi, imo-ishora, vajohat va qaddu-qomatning o`zgarishi, ayiruv, tashqi chiqaruv bezlarining faoliyati (so`lak, ter ajralishi) va ayrim harakatlar xususiyatlaridagi o`zgarishlarni kiritish mumkin. Bunga nutqning faol o`zgarishlari, "ovoz mimikasi" va gaplar tarkibining sintaksis o`zgarishi, "tutilmasdan gapirish", yoki alohida "silliqlik" hamda "ifodalilik"ning yuzaga kelishi nihoyat hissiyot o`zining to`la qisman ifodasini topadigan xatti-harakatlarga taalluqlidir. Kishining emosional kechinmalari vaqtida nutqining tezligi o`zgaradi. Ko`pincha nutqning sintaksis tuzilishi buziladi, tezligi va ahamiyati o`zgaradi. O`tkazilgan tekshirishlar shuni ko`rsatadiki, g`amginlik va ma`yuslik hislarini ifodalovchi Fizik faktorlar (ta'sir etuvchi stimullar) Psixologik (kognitiv) faktorlar: xotira, aktual qiziqish) va extiyojlar nuqtainazaridan vaziyatni baholash Emosional kechinma (fizik, fiziologik va psixologik omillar asosida) Fiziologik omillar (nerv-muskul tizimini o'zgarishi) kishining ovozi beixtiyor pasayib ketadi, so`zlashgan kishining tovushi ham bo`linib-bo`linib chiqadi. Hislarning ayni vaqtda naqadar tez kuchli va barqaror bo`lishiga ko`ra his-tuyg`ularning quyidagi turlari farqlanadi: hissiy ton, emotsiyalar, affekt, stress, kayfiyat va boshqalar. Hissiy ton. Hissiyot ko`pincha faqat hissiy tus sifatidagi ruhiy jarayonlarning o`ziga xos tomoni tariqasida namoyon bo`ladi. Yoqimli suhbatdosh, kulguli voqea, yoqimsiz hid, zerikarli kitob, ko`ngildagi mashg`ulot, hushchaqchaq sayohat, og`ir ish kabilar. Hissiy ton tushunchasiga ko`pgina adabiyotlarda turlicha ta`riflar uchraydi. Jumladan, A.V.Petrovskiyning "Umumiy psixologiya" darsligida hissiy ton sezgi yoki idrok jarayonida shaxsning idrok qilingan narsa va hodisaga munosabatini ifodalovchi maxsus hissiy bo`yoq yoqimli yoki yoqimsiz idrok bilan bog`langan hissiyot, deb ta`riflanadi. Professor E.G`.G`oziev tomonidan hissiy ton-u yoki bu hissiyotning inson tomonidan bevosita kechirilishi (kechishi) jarayonidan iboratdir. Q.Turg`unov lug`atida hissiy ton - hissiyot sezgi yoki idrok jarayonida shaxsning idrok qilingan narsaga hodisaga munosabatini ifodalovchi maxsus emosional bo`yoq yoqimli va yoqimsiz kechinma bevosita sezgi yoki idrok bilan bog`g`langan hissiyot. Ko`pincha emotsiyalar o`zining ta`sirchanligi bilan bir-biridan ajralib turishiga qaramay, bunday sifatni hissiy holatlar stenik (yunoncha so`zdan olingan bo`lib, kuch degan ma`noni anglatadi) xususiyatli deyiladi. Bunda emotsiyalar dadil xatti-harakatlarga, mantiqiy mulohazalarga, nisbiy izlanishlarga kuch quvvat, qanoat bag`ishlaydi. Masalan, xursandchilikdan shaxs "parvoz qiladi", "yulduzni narvonsiz oladi", kimlargadir xolis yordam qilishga shoshadi. Faollik qilib, tinchimaslik uning sifatiga aylanadi. Q.Turg`unov lug`atida stenik hisga quyidagi ta`riflar uchraydi: stenik hislar - shaxsning hayot faoliyatini kuch-g`ayratining orttiradigan barcha bilish jarayonlarini faollashtiradigan ijobiy hissiyot turi. Aksariyat hollarda xushxabar, muvaffaqiyat shaxsda stenik xususiyatli emotsiyalarni vujudga keltiradi. Ba`zi hollarda emotsiyalar o`zining sustligi, motorli, kuchsizligi bilan tavsiflanadi. Bunday hissiy holat astenik (yunoncha so`zdan olingan bo`lib, kuchsizlik, zaiflik ma`nosini bildiradi) deb atashadi. Bunday hissiyot insonni bo`shashtiradi, uni xayolga cho`mdiradi, xayolparast qilib qo`yadi. Shu sababdan favqulotda shaxsdagi befoyda emosional kechinmaga, uyalish, vijdon azobi, andisha esa qo`rqoqlikka aylanib qolishi xavfi kuchli. Psixik jarayonlardan ayniqsa, emotsiya o`zining aniq tashqi ifodasiga ega bo`lishi bilan tavsiflanadi. Emosional o`zgarishlar organizmning tashqi o`zgarishlarida shu qadar yaqqol ifodalanadiki, biz odamni tashqi ko`rinishiga qarab, unda qanday xususiyatlar yuz berayotganini, uning xursand yoki xafaligini, g`azablanganligini yohud biror narsadan qo`rqib ketganini va shu kabi his-tuyg`ularning ko`pini aytib bera olamiz. Hissiyotlarning tashqi alomatlari ifodali harakatlar deb ataladi. Emotsiyalarning tashqi ifodasi turli ko`rinishlarda ro`y beradiki, unda asosiy o`rinni ko`rgazmali jihatlar asosiy o`rin egallaydi. Birinchidan, emotsiyalar nafas olish a`zolarining ishlarida o`zgarish yasaydi. Masalan, yoqimli his-tuyg`ular ishga tushganda nafas olishning tezligi va ampilitudasi ortadi, yoqimsiz his-tuyg`ular ustun kelganda kamayadi, qo`zg`algan vaqtida nafas harakatlari tezlashadi hamda chuqurlashadi, zo`r berish vaqtida-sekinlashadi va yuzakilashadi, hayajon vaqtida tezlashadi, hamda kuchsizlashadi, kutilmagan holatda, hayron qolishda zudlik bilan tezlashadi, qo`rquvda sekinlashadi va hokazolar. Turli emotsional holatlarda nafas olishning o`zgarishi a) xursandlikda nafas olish bir minutiga 17 marta; b) faol xafalikda 9 marta; v) qo`rqishda 64 marta; d) jahl chiqqanda 40 marta. Ikkinchidan, emotsiya imo - ishoralarda, mimikada, ya`ni kishining yuzida bo`ladigan harakatlarda hamda butun badanning ma`nodor harakatlarida ko`rinadi. Uchinchidan, gumoral harakatlardagi, ya`ni organizmning qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o`zgarishlarni va shuning bilan birga modda almashishida bo`ladigan yanada chuqur o`zgarishlarni o`z tarkibiga oladi. Demak, emotsiyalarning tashqi ifodasiga mimika, imo-ishora, aft-bashara va qadqomatning o`zgarishlari, ayrim tashqi sekresiya bezlarining faoliyati yosh, so`lak, ter ajralishi hamda ayrim harakatlarning xususiyatlaridagi o`zgarishlar, ya`ni ularning tezligi, kuchi, koordinasiyasi va hokazolar kiradi. Emotsiyalarning eng aniq va yaqqol ko`rinishlaridan biri kulgi bilan yig`idir. L.N.Tolstoy o`z asarlarida odamning ruhiy holatini ifodalovchi nigohlarning 85 xilini va kulishning 97 xilini tasvir etgan. "Har xil sabab bilan yig`lagan paytda odamning boshi va og`zi har xil qiyofada o`zgaradi" - degan edi. Leanardo da-Vinchi. Rus psixologi P.M.Yakobson tomonidan ishlangan rasmlardan ko`rinib turibdiki, odamning aftidagi qiyofa asosan lablar, qosh va ko`z o`zgarishlarining bir-biriga nisbatan turlicha holatga, shuningdek, ko`zning qanchalik chaqnab turishiga bog`liqdir. Ko`zning qanchalik chaqnashi ko`z yoshining miqdori, ko`z shilliq pardasidagi tomirlarning kattalashuvi bilan belgilanadi. Maskaning tagida ko`rinib turgan ko`z o`zining ifodasini yo`qotgan bo`ladi. Qaror qabul qilinsa-yu, keyin o`zgartirilsa, yoki boshqa qaror bilan almashtirilsa, yohud butunlay bekor qilinsa, bunday qarorni yuzaki yoki bo`sh qaror deb ataladi. Qat`iyat va mustahkam qarorga kelish-irodaning yuksak sifatidir. Qarorni ijro etish. qaror unga muvofiq keladigan choralar ko`rish va harakat qilish uchun qabul qilinadi. qarordan harakatga o`tishni ijro qilish (yoki bajarish) deyiladi. Irodaviy jarayonda eng muhim narsa-qabul qilingan qarorni ijro etishdir. Irodaviy harakatlar ikki xil bo`ladi: jismoniy va aqliy harakatlar. Jismoniy harakatlarga har xil mehnat operasiyalari, o`yin, sport mashg`ulotlari va boshqalar. kiradi. Aqliy harakatlarga esa masala yechish, yozma ishlar, dars tayyorlash, ilmiy tadqiot ishlarini olib borish va shu kabilar kiradi. Ko`p vaqt takrorlanib, o`zlashib ketgan ko`nikma va odat bo`lib ketgan harakatlar ham murakkab irodaviy harakatlardandir. 6.4. Irodaviy harakatlar va uni boshqarish. Shaxsning irodaviy sifatlari. Irodaviy zo`r berish. Qabul qilingan qaror to`g`ridan-to`g`ri, avtomatik ravishda amalga oshirilavermaydi. qabul qilingan qarorni amalga oshirish uchun ongli ravishda irodaviy zo`r berish ham kerak. Irodaviy zo`r berish ongning avvalo nerv-muskul apparatining zo`riqishida ifodalanadi va organizmning tashqi ko`rinishlarida namoyon bo`ladi. Irodaviy zo`r berishning ana shu ifodali tomoni odamning iroda holatini tasvirlovchi badiiy asarlarda gavdalantirilganini ko`p uchratish mumkin. Ba`zi odam irodaviy zo`r berolmagani sababligina qabul qilgan qarorni muddatida ijro etolmaydi. Bunday hollarda "bajarsammikan yoki yo`qmi" degan yangi kurash ham boradi. Zo`r berish uchun yana kuch sarflashga to`g`ri keladi. Kuch sarflay olmaslik yoki bu masalada ikkilanish irodaning shu paytdagi bo`shligini ko`rsatadi. Qabul qilingan qarorni zo`r berish yo`li bilan ijro etish irodaning muhim belgisi hisoblanadi. Irodaning o`ziga xosligi ongli ravishda zo`r berishning biron darajasida bajariladigan harakatlardan iborat. Irodaviy zo`r berish va irodaviy harakat maqsadga erishish yo`lida uchraydigan to`siqlarni engishda namoyon bo`ladi. Kishining irodasi juda katta to`siqlarni yengishga to`g`ri kelganda, ayniqsa yaqqol ko`rinadi. Irodaviy zo`r berish va irodaviy harakatlar yo`li bilan yengishga to`g`ri keladigan to`sqinliklar ikki xil: ichki va tashqi to`sqinliklarga bo`linishi mumkin. "Harakat qilish o`ziga qanday o`rgatilgan bo`lsa - deydi I.M.Sechenov - harakatni to`xtatib qolishni boshqarishga ham shunday o`rganmoq kerak". Kishi irodaviy zo`r berish yo`li bilan ixtiyorsiz faollikni batamom yo`qotib yubormaydi, balki shu faollik ko`rinishlarini faqat o`zgartiradi, yoki bosib qo`yadi. Ixtiyorsiz faollik ko`rinishlarini bosilishi vazminlik deb ataladi. Iroda-avvalo kishining o`zini qo`lga ola bilishi, o`z intilishlari, hissiyotlari va ehtiroslarini bosa bilishi demakdir. Iroda kishining o`z- o`zini idora qila olishi, o`z xulqi va faoliyatini anglab, bilib tartibga solish va boshqara olish qobiliyati demakdir. Kishining ichki to`siqlarni yenga olish, o`zini boshqarish va o`z ustidan hukmronlik qila olish qobiliyati odatda ichki iroda deb yuritiladi. Kishi irodaviy zo`r berish yo`li bilan tevarakatrofdagi voqelikda uchraydigan tashqi to`siqlarni yengishi zarur bo`ladi. Kishi o`z oldiga qo`yilgan maqsadni amalga oshirishga qarshilik qilayotgan to`sqinliklarni yengib o`tadi, voqelikni o`z maqsadiga muvofiq ravishda o`zgartiradi va uni o`z ehtiyojlariga moslashtiradi. Insonning to`siqlarni, tashqi qiyinchiliklarini yenga olish qobiliyati tashqi iroda deb ataladi. Kishining irodaviy sifatlari ya`ni iroda kuchi, mustaqilligi jihatidan ayrim hollarda turlicha namoyon bo`ladi. Irodaviy sifatlarning klassifikasiyasi sxema tarzida quyidagicha ifodalanadi. Har bir kishida irodaning ayrim sifatlari umr bo`yi mustahkamlanib, shu odamning xususiy sifatlari (ya`ni doimiy xislatlari) bo`lib qolishi mumkin. Shaxsning bu o`ziga xos xususiyatlari xarakter xislatlari deb ataladi. Har bir kishidagi biron bir irodaviy sifatlarning har qanday namoyon bo`lishi shu kishi xarakterining xislati bo`lavermaydi. Iroda kuchi va xarakter qat`iyati. Iroda ma`lum kuch bilan yuzaga chiqadi: ba`zi hollarda kishining irodasi kuchli sur`atda namoyon bo`lsa, boshqa hollarda kuchsiz namoyon bo`ladi. Iroda kuchi irodaning muhim sifatidir. Iroda kuchining turli darajasi irodaviy jarayonning hamma bosqichlarida ko`rinadi. Iroda kuchi avvalo ehtiyojlarni his qilishda va intilishda ko`rinadi, biz kuchli hamda kuchsiz intilishlarni, kuchli hamda kuchsiz hohishlarni farq qilamiz. Iroda kuchi tezlik bilan qarorga kela olishda va qarorni mustahkamligida, sabotlilikda ko`rinadi. Yuksak g`oyaviy tamoyillarga asoslangan oqilona qat`iyatlik va sabotlik kuchli iroda belgilaridandir. Qat`iyatsizlik ikkilanish, qabul qilingan qarorning bajarilishiga shubha bilan qarash va sabotsizlik kuchsiz iroda belgilaridandir. Iroda kuchi jasorat deb ataladigan dadillikda ayniqsa ravshan ko`rinadi. Jasorat kishining shunday holatiki, bunda kishi tez qarorga keladi va uni bajarishga ahd qiladi. Hatto salomatligini va hayotini xavf ostida qoldirishi mumkinligi hayoliga ham kelmaydi. Jasorat kishining boshqa kishilarga emas, balki o`ziga bergan amridir. Kishi axloqiy burchining talabiga ko`ra, buyuk maqsadga erishish uchun bir zumda hayot bilan o`limdan birini tanlab olsa, bunday jasorat iroda kuchi ekanligini ko`rsatadi. Puxta o`ylab ish ko`rishni o`zi yuksak g`oyaviylikka va kishining axloqiy tamoyillariga asoslangan taqdirda ijobiy xislat hisoblanadi. O`ylab, shoshmasdan bir qarorga keladigan kishilarni mulohazakor kishilar deb ataymiz. Sabotlilik dadillikka chambarchas bog`liq bo`lib, xarakterning ijobiy xislati hisoblanadi. Xarakterning bu xislatiga ega bo`lgan kishilar qabul qilgan qarorlarini odatda o`zgartirmaydilar, bekor qilmaydilar va bu qarorlarini bajarmasdan qo`ymaydilar. Bu kishilar va`dalarining ustidan chiqadilar, aytgan so`zlarini albatta qiladilar, ularning gapi bilan ishi bir bo`ladi. Ularga ishonsa bo`ladigan subutli insonlardir. Qabul qilingan qarorlarini ko`pincha bekor qiladigan, bergan va`dalarini ustidan chiqmaydigan, aytgan so`zidan tonadigan kishilar subutsiz hisoblanadi. Kishi irodasining kuchi va qat`iyati xarakterning irodaga bog`liq bo`lgan qaysi xislatlarida ifodalangan bo`lsa o`sha xislatlar eng yorqin xislatlardan hisoblanadi. Bu xislatlar har bir kishining xarakterida bir qadar namoyon bo`ladi. Ammo hamma kishilarni va har qanday odamni irodasi kuchli, xarakteri kuchli deb bo`lmaydi. Balki shu sifatlari bilan boshqa kishilardan ajralib turgan odamlargina irodasi kuchli, xarakteri qat`iy deb ataladi. Iroda kuchi va qat`iyati odamning o`zini tuta bilishida, jasurligida, matonatida va chidamliligida namoyon bo`ladi. Intizomlilik Irodaviy sifatlar Maqsadga intiluvchanlik Tashabbuskorlik Dadillik Qat'iyatlik Printsipiallik Mustaqillik O'zini tuta bilish Matonatlilik Irodaning kuchsizligi odatda irodasizlik deb ataladi. Qarorni bajarish jarayonidagi ixtiyoriy ish-harakatlardagi iroda kuchi o`zini tuta bilishda, jasurlik, sabot va matonat, chidam va toqatda namoyon bo`ladi. O`zini tuta bilish kishi xarakterining xislati bo`lib, asosan ichki irodaning namoyon bo`lishidan iborat. Bu xislat kishining o`z xulq-atvorini nazorat qila bilishda o`zini, o`z harakatlarini, nutqini qo`lga ola bilishida, shu sharoitda keraksiz yoki zararli deb qaraladigan harakatlardan o`zini tiya bilishida ifodalanadi. Xarakter shu xislatiga ega bo`lgan kishilar o`zlarini qo`lga ola biladilar. Ular o`zlarini tuta biladilar, ular uyushqoq kishilardir. O`zini tuta bilmaslik irodaning kuchsizligini yaqqol ko`rsatuvchi belgidir. Odam o`zini qo`lga ola bilmaganda o`z mayllarini, ixtiyorsiz harakatlarini nazorat qila olmaganda g`ayri ixtiyoriy faollik ko`rinishlari reflekslar, instinktlar, tasodifan ko`ngildan kechadigan hislar, qo`rquv, hadik-shubha, gumon, g`azab, rashk, ichiqoralik, affektiv holatlar va shu kabilar kishi irodasini bo`g`ib qo`yadi. Bunday hollarda odam o`zini tiya olmay qoladi. O`zini tiya olmaslikning eng yomon ko`rinishi buzuqlikdir. Buzuqlik butunlay instinktlar va salbiy emotsiyalar ta`sirida bo`lish demakdir. Jasurlik kishining omonligi va hayoti uchun havfli bo`lgan to`sqinliklarni bartaraf qilishda ko`rinadigan iroda kuchidir. Masalan, parashyutchi har gal o`zini samolyotdan tashlaganda jasurlik qiladi. Jasurlik o`zini tuta bilishga chambarchas bog`liq. Jasurlik bor joyda o`zini tuta bilishlik mavjud. Kishi o`zini tuta bilsa jasurlik qila oladi. Biron maqsadga yetishish yo`lida mutassil jasurlik ko`rsatish, dovyuraklik jasorat deyiladi. Jasurlikning yo`qligi irodaning kuchsizligini ko`rsatadi. Buni qo`rqoqlik, nomardlik deb ataymiz. Irodasi kuchsiz bo`lgan bunday kishilar odatda qo`rqoq, yuraksiz kishilar deb ataladi. Sabot, matonat ma`lum maqsadga yetishda ko`pincha uzoq vaqt davomida irodamizga ta`sir etib turuvchi katta to`sqinlik va qiyinchiliklarni bartaraf qilishga to`g`ri keladi. Irodaning bunday ko`rinishi shaxsning eng muhim sifati bo`lib, iroda kuchining yaqqolligini ko`rsatadi. Sabot, matonat - qandaydir bir aniq maqsadni ko`zlab, muntazam ravishda irodaviy zo`r berish demakdir. Kutilgan maqsadga yetishda katta qiyinchiliklar va yengib bo`lmaydigan to`siqlar bo`lsa, kishi shu maqsadga yetishi uchun zarur yo`l, vosita va usullarni o`zgartirib, yangi usullarni qidirib topishi mumkin. Katta to`sqinliklarni bartaraf qilib, uzoq qunt qilib, maqsadga yetishda ko`rinadigan bunday iroda kuchi sabot-matonat deb ataladi. Shunday iroda sifatiga ega bo`lgan kishi esa sabot-matonatli, kuchli irodali, qat`iy xarakterli kishi deb ataladi. O`zini tuta bilish jasurlik sabot-matonat, chidam va toqatda ko`rinadigan kuchli iroda mardlik deb ataladi. Shu sifatlar bilan farq qiladigan kishilar esa mard kishilar deb ataladi. Kishilarning hayoti va faoliyatida shunday hollar ko`p bo`ladiki, bunda odam zarur paytida o`zini tuta olmay qoladi, jasurlik, sabot-matonat, intizomlilik ko`rsata olmaydi. Xarakter xislati irodasiz kishilar mavjud, bunday kishilar irodasi kuchsiz yoki irodasiz kishilar deyiladi. Bunday kishilar irodasi kuchsiz yoki chidamsiz kishilar deyiladi. Bular xatto arzimas qiyinchilik va to`sqinliklarni ham bartaraf qila olmaydigan kishilardir. Bular salgina muvaffaqiyatsizlik yoki qiyinchilik kelib chiqqanda ham o`z oldiga qo`ygan maqsaddan voz kechib ish harakatini to`xtatadigan, o`z qarorini bekor qiladigan yuraksiz, qo`rqoq kishilardir. Ular vaziyat talab qilganda zarur jasurlik sabot-matonat, chidam, toqat, qat`iyat ko`rsatmaydilar. Bular cho`chima, yalqov joni paxta kishilardir. Bunday kishilarning xatti-harakatlari odatda ularning o`zidan ko`ra tashqi sharoitga bog`liq bo`ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI.






  1. Yüklə 29,65 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin