Хитой иқтисодиёти Xitoy Xalq Respublikasi bozor siyosati bo’yicha sotsialistik bozor iqtisodiyoti, strategik rivojlanish dasturlari bo’yicha esa sanoatni rivojlantirishga yo’naltirilgan siyosat, shuningdek besh yillik rejalar asosida iqtisodiy rejalashtirish va boshqaruvni amalga oshiradi. Sotsial bozor iqrisodiyoti aholi manfaatlarinining davlat va tashqi siyosiy ta’sirlardan ustunligi va qaror chiqarishda jamoat va sanoat qarashlari alohida e’tiborga olinishini anglatadi. Iqtisodiyotining asosiy subyektlarini avvalo davlat va davlat-xususiy sherikchiligidagi korxonalar shuningdek, yirik mahalliy xususiy sektor vakillari tashkil etadi. Mamlakat moliyaviy sharoitiga ko’ra asosan o’rtadan yuqori daromad qiluvchilar sinfini qo’llab-quvvatlaydi. Uning rivojlanishida boshqa muhim faktorlardan davlat iqtisodiyoti tizimining xorijiy biznes uchun ochiqligi hisoblanadi. Xitoy nominal YaIM bo'yicha dunyoda ikkinchi o'rinda turadi, 2021 yilda jami 17,7 trillion AQSH dollarini (114,4 trillion yuan) tashkil etadi va 2016 yildan beri xarid qilish qobiliyati bo'yicha dunyodagi eng yirik iqtisodiyotiga aylandi. 2021 yil ko’rsatkichlariga ko’ra esa Xitoy iqtisodiyoti Yevropa Ittifoqi iqtisodiyotini ham ortda qoldirdi. Prognozga ko'ra, 2028 yilga kelib Xitoy nominal YaIM hajmi bo'yicha dunyoning eng yirik iqtisodiyotiga aylanishi kutilmoqda. Xitoyning jahon iqtisodiyotidagi ulushi 2022 yilda xarid qobiliyati bo'yicha 18,79% ni tashkil qildi.
Xitoy dunyodagi eng yirik ishlab chiqaruvchi va eksportchidir, shuningdek u dunyodagi eng tez rivojlanayotgan iste'mol bozori va tovar importi bo'yicha ikkinchi o'rinda turadi. Bundan tashqari, ko'p sonli tovarlar bo'yicha dunyodagi eng yirik iste'molchi hisoblanib, global metal iste'molidagi ulushi qariyb dunyoning yarm iste’moli hissasiga to'g'ri keladi.
Mamlakat 2020-yil holatiga ko‘ra to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning jalb qilish bo’yicha eng yetakchi o’rin bilan 163 milliard dollarni qamrab oldi. Bundan tashqari respublika tashqi iqtisodiy munosabatlarda yetakchi investorlardan hisoblanib, xorijga chiqarilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egallab, birgina 2019-yilda 136,91 milliard AQSh dollari, xuddi shu davr solishtirma ma’lumotlarga ko’ra, Yaponiyadan keyingi – 226,65 milliard AQSh dollari – o’rinni egalladi.
2021-2022 yillar iqtisodiy vaziyat tahlili
Rasmiy statistik ma'lumotlariga ko'ra, joriy yilga qadar Xitoy iqtisodiyoti Amerika iqtisodiyotiga qaraganda tezroq rivojlanib kelgan va bu boradagi iqtisodiy ko’rsatkichlar 2022-yilga kelib o’zgardi va hozirda, Xitoy xalqi oziq-ovqat va qishloq xo’jalik maxsulotlari qimmatligi va yetishmovchiligidan aziyat chekmoqa. O'tgan 2021-yil davomida yalpi ichki maxsulotning o’sishi - 8,1% ni tashkil etgan edi. Ushbu ko’rsatkich yilning birinchi kvartalida hukumat prognoz qilgan 6.1% dan oshib, umum-iqtisodiy natijalar o‘tgan 2021-yilda 114,36 trillion yuan (18 trillion dollarga yaqin) ko’rsatgan. Mamlakatda sanoat ishlab chiqarish hajmi 9,6% ga o‘sgan. O‘tgan yilgi investitsion kapital qo’yilmalar 4,9% foizga oshdi. Bu ekspertlar prognozlaridan 1.7% ga yuqori hisoblanadi. Davlat ishtirokidagi investitsiyalari 2,9%, xususiy investitsiyalar 7% foizga o'sgandi.
(Xitoy YaIM 2021-yil)
Lekin, 2022 yilga kelib Xitoy iqtisodiyoti so'nggi 30 yildagi eng yomon ko'rsatkichni ko'rsatmoqda. Bunga sabab joriy yilning mart oyida kuzatilgan kabi Covid-19 ehtimoliy to’lqiniga qarshi karantin chora tadbirlarining kuchaytirilgani bo’ldi. Xitoy milliy statistika byurosi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning ikkinchi choragida Xitoy yalpi ichki mahsuloti oʻtgan yilning shu davriga nisbatan atigi 0,4 foizga oʻsgan. Ishlab chiqarish va eksportning
(Xitoy YaIM 2021-yil)
kamayishi Xitoyning texnik retsessiyaga uchrashiga olib kelmoqda.
Xalqaro eskpertlar fikriga ko’ra joriy holatning boshqa sababi Rossiya hamda OPEC tashkiloti a’zosi bo’lgan fors ko’rfazi mamlakatlarining neft qazib olishini kamaytirgani munosabati bilan butun jaxon neft bozori hajmi 2% ga tushganidadir. Bu logistik yoqilg’i xarajatlari hamda sanoat muassasalari, shuningdek chekka hudud aholisining issiqlik va energiya xarajatlarini ko’tarilib ketishi va turmush darajasining pasayishiga olib kelgan. Bu o’z navbatida ishsizlikning ko’payishi bilan aholi quyi daromad sinfini ochlik va qish kunlarida issiqlik energiyasi yetishmovchiligidan qattiq aziyat chekishiga taqozo qilmoqda.