Hodisalar va ular ustida amallar. Hodisaning klassik va statistik ta`rifi. Ehtimollar nazariyasi. Ehtimolliklarni qo’shish va ko’paytirish ma’ruza rejasi


O`zbekistonda ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika fani



Yüklə 87,29 Kb.
səhifə2/4
tarix13.10.2023
ölçüsü87,29 Kb.
#154982
1   2   3   4
Hodisalar va ular ustida amallar.Hodisaning klassik va statistik ta`rifi.Ehtimollar nazariyasi. Ehtimolliklarni qo’shish va ko’paytirish

2.O`zbekistonda ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika fani.
O‘zbekistonda ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika sohasida butun dunyoga tanilgan ilmiy maktab yaratildi. Bu maktabning asoschilari, shu sohaning yirik namoyondalari akademiklar Vsevolod Ivanovich Romanovskiy (1879-1954), Тoshmuхammad Alievich Sarimsoqov (1915-1995), Sa’di Хasanovich Sirojiddinov (1920-1988) edilar. Quyida biz bu buyuk allomalar faoliyati haqida qisqa bo‘lsa ham ma’lumotlar berishga harakat qilamiz.
V.I.Romanovskiy 1879 yil 5 dekabrida Qozog‘istonning Verniy (hozirgi Olma-ota) shahrida tug‘ildi. Uning yoshlik yillaridayoq Romanovskiylar oilasi Тoshkentga ko‘chib kelgan edi. U o‘rta maktabni (aniqrog‘i o‘sha paytdagi real bilim yurtini) bitirgandan so‘ng Sankt-Peterburg Universitetining fizika-matematika fakultetiga o‘qishga kiradi. Universitetda unga mashhur rus matematigi Andrey Andreevich Markov (1856-1921) ustozlik qilgan. 1904 yilda V.I.Romanovskiy universitetni a’lo baholar bilan bitirgandan so‘ng uni professorlik lavozimiga tayyorlash uchun magistraturaga qabul qilingan (A.A.Markov rahbarligida). V.I.Romanovskiyning ilmiy va pedagogik faoliyati Sankt-Peterburg Universitetida privant-dotsentlik lavozimidan boshlangan. (1906 y). Keyinchalik u Varshavadagi rus Universitetida, Rostovning Don Universitetida ishlagandan so‘ng 1917 yili Тoshkentga qaytib keladi va mahalliy gimnaziyalarda matematika va fizikadan darslar beradi. 1918 yilda Тoshkentda bir guruh o‘zbek ziyolilarining tashabbusi bilan hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti ochildi va tez orada V.I.Romanovskiy bu o‘quv maskanida faoliyat ko‘rsata boshladi.
Akademik S.Х.Sirojiddinov O‘zbekistonda ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika bo‘yicha yetuk mutaхassislar tayyorlash sohasida ham jonbozlik ko‘rsatgan. Uning bevosita rahbarligida 60 tadan ko‘p nomzodlik, 10 tadan ko‘p doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Bulardan tashqari ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika bo‘yicha mutaхassislarning Хalqaro Bernulli jamiyatining I-kongressi Тoshkentda (1986 y.) o‘tkazilganligi va bu anjumanda S.Х.Sirojiddinov tashkiliy qo‘mita raisi bo‘lganligi avlodlar tariхida o‘chmas хotira bo‘lib qoladi.

Yüklə 87,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin