International Conference on Humanities, Education and Sciences
Los Angeles, California, USA
February 25
th
2022 conferencezone.org
116
chiqsak, boshqa shoirlarning gʻazallaridagi “it” obrazini ham “ovchi iti” deb tushunishimiz kerakmi? Badiiy
adabiyotda toʻqima tushunchasi bor. Biroq, ilm-fanda “ilmiy toʻqima” tushunchasi boʻlmasa-da, yosh
tadqiqotchilardan katta olimlargacha gʻazal tahlillarida “ilmiy toʻqima”ga zoʻr berish holatlarini kuzatish
mumkin. Ular gʻazal matnida boʻlmagan, shoir hatto ishora ham qilmagan obrazlarni oʻylab topib, toʻqib
chiqaradilar va tahlilga bemalol tatbiq etadilar. Shunday “ilmiy toʻqima”lardan biri “ovchi” boʻlsa,
ikkinchisi “kiprik” obrazidir.
Umuman, gʻazal tahlillari asarning mazmun-mundarijasi, badiiy obrazlar tizimi, shoirning sanʼatkorlik
mahorati haqida yaxlit, qamrovli tasavvur hosil qiladi. “Qaro koʻzum…” gʻazali toʻgʻrisidagi barcha
tahlillarni umumlashtirganimizda, 150-bet atrofidagi bir manba vujudga keldi. Biz mazkur gʻazal tahlillarini
uzoq yillardan beri oʻrganib kelarkanmiz, bir gʻazal haqida tadqiqot kitobi yaratish mumkinligi haqida
oʻyladik. “Qaro koʻzum…” gʻazali tahlillari tadqiqi timsolida mana shu loyihaning birinchi namunasi
amalga oshdi. Ushbu tajriba shuni koʻrsatadiki, Alisher Navoiy va boshqa shoirlarning koʻp tahlil va tadqiq
etilgan gʻazallari toʻgʻrisida ham ana shunday tadqiqot yaratish mumkin va zarur. Chunki bu sohalarda hali
yechimi topilmagan muammolar koʻp va tadqiqotlar, albatta, davomiy boʻlishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Aʼzamov. Nazmning yettinchi osmoni. “Jahon adabiyoti”, 2004 yil, fevral soni. 162-bet.
2.
N. Jumaxoʻja. Satrlar silsilasidagi sehr. “Oʻqituvchi”, 1996, 17-18-betlar.
3.
N. Komilov. Maʼnolar olamiga safar. “Tamaddun”, T., 2012, 171-bet.
4.
A.Rustamov. Adiblar odobidan adablar. “Maʼnaviyat”, 2003, 108-109-betlar.
Dostları ilə paylaş: |