Yevropa opsioni — bu uning ijro etilishiga faqat kelishilgan bo‘lajak sanada ruxsat etiladigan shartnomadir.
· Yevropa opsioni — bu uning ijro etilishiga faqat kelishilgan bo‘lajak sanada ruxsat etiladigan shartnomadir. · Amerika opsioni — bu uning ijro etilishiga kelishilgan sanagacha va kelishilgan bo‘lajak sanada istalgan yilda ruxsat etiladigan shartnomadir. Opsionning ijro etishi bahosi — bazis aktivining opsion shart- nomasida kelishilgan narxi. · O‘zbekistonning qonun hujjatlariga ko‘ra, fyuchers — bu ma'lum qimmatli qog‘ozlarni shartnomada belgilangan narxda ma'lum kelajak sanada sotib olish yoki sotish uchun so‘zsiz majburiyatni tasdiqlovchi qimmatli qog‘oz (shartnoma)dir. Bazis aktivi birinchi marta muomalaga chiqarilayotgan qimmatli qog‘oz bo‘lgan fyucherslarni chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi. Fyucherslar fyuchers emitentining o‘zi tomonidan yoki uchinchi shaxslar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish yoki sotish majbu- riyatini tasdiqlaydi.
Fyuchersning majburiy rekvizitlari:
o Qimmatli qog‘ozning nomi. o Davlat ro‘yxatiga olingan sana va raqam. o Fyuchersni ro‘yxatdan chiqarish sanasi. o Fyuchers turi (sotib olish uchun yoki sotish uchun). o Fyuchers emitentining nomi, manzili va bank rekvizitlari. o Emitentning bazis aktivini sotish (xarid qilish) majburiyati. o Fyuchersni ijro etish sanasi. o Bazis aktivining o‘ziga xos xususiyati. o Fyuchers emitentining imzosi va muhri.
O‘zbekistonda fyucherslar bilan operatsiyalar faqat fond birjalarida amalga oshirilishi mumkin.
Ipoteka amaliyotining yuzaga kelishiQadimgi Gretsiyada yerga egalik qilish va quldorlik bilan oʻzaro bogʻlanadi. Bunda qarzga yer olgan shaxs oʻz vaqtida qarzini qaytara olmagan holatda qullikka olingani manbalarda qayd etiladi. Qadimgi Rim, umuman Yevropada esa ipoteka amaliyoti oʻrta asrlardan boshlab qoʻllanilganligi taʼkidlanadi.