Hozirgi kunda konflikt belgilari reja: Konfliktlarning kelib chiqish sabablari


Konfliktning ijobiy va salbiy tomonlari



Yüklə 35,88 Kb.
səhifə6/6
tarix16.12.2023
ölçüsü35,88 Kb.
#180723
1   2   3   4   5   6
Hozirgi kunda konflikt belgilari reja Konfliktlarning kelib chi-fayllar.org

Konfliktning ijobiy va salbiy tomonlari.
Konfliktli vaziyatni sub’ektiv tarzda aks ettirish ishning haqiqiy holatiga to’g’ri kelishi shart emas. Adabiyotda konfliktni anglab olish har doim o’zida sub’ektivizm elementini aks ettirishi va shu sababli muayyan darajada buzib aks etilishi haqida fikr to’g’ri bildirilgan.
Dnestr bo’yi vaziyatida moldav rahbarlarining harakatlarini xarakterlovchi ob’ektiv faktlar shu hudud aholisi tomonidan tezda ilg’ab olingan va tub millatga mansub bo’lmagan shaxslarga nisbatan kamsitilish deb qabul qilingan.
Ko’p o’tmay Dnestr bo’yi avtonomiyasini yaratish maqsadida Dnestr bo’yi aholi punktlarining ko’pchiligida referendumlar o’tkazilib, ularda ovoz berganlarning ko’pchiligi suverenitetni yoqlagan. Bu holdagi barcha voqealarning tahlili shuni ko’rsatadiki, yuzaga kelgan vaziyatni sub’ektiv baholash ob’ektiv holatlar bilan ko’p darajada mos kelgan. Biroq, moldav hukumatining harakatlarini Dnestr bo’yi aholisi tomonidan Moldaviyadagi eng ekstremistik harakat oqimlarining shiorlari va chaqiriqlari bilan bevosita o’xshashdek qabul qilinganligini istisno kilish kerak emas, bu hukumatning diskriminatsiyaviy maqsadlarini ma’lum darajada bo’rttirib yuborishni anglatadi.
Vaziyatni noto’g’ri qabul qilish keng ko’lam kasb etishi mumkin. Ma’lumki, konflikt sababi bo’lib boshqa sub’ektni tushunmaslik hisoblanishi mumkin. Mutaxassislar «adekvat tushunilmagan» va «soxta» konfliktlar kategoriyalarini ajratadilar1 .
Birinchisiga shunday holatlar kiradiki, bunda konfliktli vaziyat mavjud va taraflar uni shundayligicha qabul qiladilar, biroq haqiqiy ahvoldan jiddiy chetga chiqqan holda qabul qiladilar. Jiddiy chetga chiqish deganda paydo bo’lgan muammoning ko’lamlarini haddan ziyod kengaytirish (mutloq xususiy sabab yuzasidan paydo bulgan kelishmovchilik umumiy xarakterga ega kelishmovchilik sifatida noto’g’ri talqin qilinishi mumkin) yoki aksincha uni haddan ziyod toraytirish mumkin, ya’ni konfliktli vaziyat to’liqmas yoki qisman aks etishi mumkin. Boshqa turdagi chetga chiqish «shartli» konflikt vaziyatida mavjud bo’ladi, bunda ziddiyatlarning mavjud bo’lishi kurashuvchi taraflar tomonidan anglashilmaydigan engil o’zgaruvchi vaziyatlarga bog’liq bo’ladi. Millatlararo konfliktlarda bu hol tez-tez uchraydi.
«Soxta» konfliktda esa ob’ektiv konfliktli vaziyat butunlay bo’lmaydi, sub’ektlar o’rtasida birorta ziddiyat yuq, shunga qaramasdan taraflar o’zaro munosabatlarining konfliktliligini his etadilar va qarama-qarshi kurashni boshlaydilar. YUridik adabiyotda bu masalada bildirilgan yana bir fikr diqqatga sazovordir, ya’ni : “Insonlar hayotni va unga xos bo’lgan qiyinchiliklarni turlicha tushunadilar, chunki :
- har birimizda takrorlanmas xarakter va o’ziga xos hayotiy tajriba bor;
- har birimiz erkak yoki ayol bo’lib tug’ilamiz;
- har birimiz tug’ilishda muayyan muhitga tushib qolamiz va butunlay boshqa tajriba, dunyoqarash va rolga ega bo’lamiz;
- har birimiz turli qadriyatlarga ega bo’lamizki, bular bizning tafakkurimizga va xulq-atvorimizga ta’sir etadi hamda bir xil harakatlarni sodir qilishga va boshqalaridan voz kechishga majbur qiladi.
SHu sababli biz boshqa odamlar bilan tanishganimizda va ishlaganimizda hammamizning aynan bir xil narsalarni turlicha qabul qilishimiz ajablanarli emas»
YUqorida ko’rsatilgan hollarda noadekvat bo’lgan yoki soxta qabul qilishning ikkala tarafga xosligi kam kuzatiladi.Odatda faqat bir sub’ekt vaziyatni xato yoki buzib, boshqasi esa to’la adekvat holda tushunadi. Birinchi sub’ekt vaziyatni konfliktli deb tushunib, shunga mos harakat qila boshlaydi, boshqasi esa, konfliktli harakatlarni o’ziga yo’naltirilganligini bilgandan so’ng bu vaziyatni «konfliktli» deb baholash uchun ko’proq asosga ega bo’ladi. Mabodo ikkinchi sub’ekt vujudga kelgan muammoning tasodifiyligini anglab etmasa, vaziyatni u tomondan baholanishi ob’ektiv bo’la olmaydi.Soxta qabul qilish kimningdir oldindan ko’zlanmagan harakatlarini qasddan, ataylab qilingan, ya’ni shaxsning muayan manfaatlariga mos keluvchi harakat deb tushunish bilan bog’liq bo’ladi. Bunday muammoni hal qilish uchun odatda konfliktni boshlagan harakatlar ehtiyotsizlik tufayli, qasddan bo’lmaganligini aniqlash va tushunish etarli hisoblanadi. Biroq, ko’pincha bu imkoniyatlar e’tibordan chetda qoldiriladi va taraflar bir-birlarining harakatlarida yovuz qasdni ko’radilar, bu esa konfliktning kuchayishi va chuqurlashishiga olib keladi.
Konfliktli vaziyatni noadekvat yoki soxta qabul qilishning sababi sifatida qaraganda shuni ta’kidlash muhimki, agar bunday qabul qilish kognitiv konflikt genezisida bayon qilinayotgan nuqtai nazar mazmunini buzib sharhlash bilan bog’liq bo’lsa, mafaatlar konflikti genezisida esa bu, eng avvalo, opponent motivlarini baholashdagi xatolar bilan belgilanadi.
Soxta qabul qilish odatda boshqalarning so’zi va harakatlarini noto’g’ri tushunish bilan bog’lik. U turli sabablardan kelib chiqadi: xabarning ikki xil mazmunga ega bulishi, xabarning dastlabki mazmuniga muloqot matni orqali kiritiladigan xatoliklar bilan va b. Muayyan holatlarda savol berish yoki hatto xushomad qilishni haqorat sifatida qabul qilinishi kuzatilgan. O’zgalarning hatti-harakatlaridagi ma’noni bunday qabul qilishdagi tafovutlar ko’pincha madaniyatdagi farqlar, muloqotning turli qoidalari bilan belgilanadi.
Afsuski, xatolik orqasida yuzaga kelgan konflikt keyinchalik guyoki o’zining real predmetiga ega bulgan konflikt kabi avj olishi mumkin. Konflikt jarayonining o’zidayoq haqiqiy konfliktli vaziyat vujudga keladi. Bunday holat ko’pincha kriminal konfliktlarga xos belgidir. SHu munosabat bilan A.M.YAkovlev hatto jinoiy hatti-harakatni yuzaga kelgan vaziyatga nisbatan noadekvat reaktsiya sifatida xarakterlagan. Vaziyatni noadekvat baholashning o’zi turli shaxsiy omillar bilan izohlanadi: dunyoqarashning cheklanganligi, ruhiy ta’sirlanish (stress), oqibatlarni oldindan ko’ra bilishning sustligi, narkotik yoki alkogol ta’sirida bo’lish va h. Bunda vaqt omilining ham ahamiyati bor: hamma narsani birdaniga ob’ektiv hal qilish mumkin emas.


Konfliktli vaziyat va shaxs. Shunday qilib, shaxslar o’rtasidagi konfliktda konfliktli vaziyatni taraflar tomonidan qabul qilish xarakteri katta ahamiyatga ega. YUzaga kelgan vaziyatni e’tiborga olib, shaxs o’z xarakteri va qarashlarining xususiyatlariga muvofiq holda harakat qiladi. Aynan shu narsa bilan bir xil vaziyatda turli kishilar(guruhlar) tomonidan turlicha, ba’zan zid harakatlar sodir etilishini tushuntirish mumkin. Aynan konkret vaziyat bilan shaxs xususiyatlarining o’zaro ta’siri konfliktni yuzaga keltirishi mumkin yoki odamni undan qutqarishi mumkin.
http://fayllar.org
Yüklə 35,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin