Hozirgi kunda o’qituvchilar pedagogik qobiliyatini shakllantirish imkoniyatlari



Yüklə 263,18 Kb.
səhifə1/12
tarix07.01.2024
ölçüsü263,18 Kb.
#204936
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Padagogik mahorat


Hozirgi kunda o’qituvchilar pedagogik qobiliyatini shakllantirish imkoniyatlari
Reja:



  1. Pedagogik qobiliyot haqida tushuncha va pedagogik qobiliyatning turlari.

  2. O’qituvchi irodasi, sabr-toqati, uning o’z-o’zini iroda qilishi hamda boshqalarga ta‘sir o’tqaza olish qobiliyati.

  3. Qobiliyat va zexn. O’qituvchi o’z qobiliyatini rivojlantirib borishi.

Pedagogik qobiliyat haqida tushuncha va pedagogik qobiliyatning turlari. SHaxsning muayyan faoliyatini muvaffakkiyatli egallashi, shuningdek uni ijodiy ravishda amalga oshirishning shartlari xisoblangan xususiyatlariga qobiliyat deb ataladi. Har bir inson takrorlanmaydigan individ bo’lib, uni muayyan faoliyat turiga layokatli kiluvchi omil kishining o’z xususiyatidir. Ishdagi muvaffakkiyat ko’p jixatdan uning qobiliyati bilan belgilanadi.
Demak, qobiliyat -- shaxsning muayyan faoliyat turini yukori darajada bajarishga bo’lgan layokat darajasini ifodalaydigan, turmush jarayonida xosil qilingan individual xususiyatlar yigindisi xisoblanadi.
Masalan, qobiliyatli o’qituvchi bir xil ish sharoitlarida o’z hamkasblariga karaganda yaxshirok natijaga erishadi. Biz ko’pincha, falon o’qituvchining xali tajribasi kam, lekin u shubxasiz, qobiliyatli o’qituvchi, degan iboralarni eshitamiz. Bu usha o’qituvchining xali kam tajribasi bo’lishiga karamasdan o’qituvchilik ishini muvaffakkiyatli olib borishga yordam beradigan bir kancha pedagogik qobiliyatlar (ko’zatuvchanlik, pedagogik nazokat, muomalaga) ega ekanligidan darak beradi.
O’qituvchilik faoliyatida muvaffakkiyatli ishlash uchun har bir o’qituvchi -- pedagogik mahoratga ega bo’lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mexnat sarf kilib, katta natijaga erishadi, o’z ishining natijasi bilan yangiliklar yaratadi. Ijodkorlik hamisha uning hamroxi bo’ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste‘dodli kishigina loyik bo’ladi va pedagogik mahoratga erishadi.
Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo’ladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq kiladi. Malaka va uddaburonlik mashk va ukish natijasi xisoblansa, qobiliyatni rivojlantirish uchun esa yana iste‘dod va zexn, inson nerv sistemasida anatomiya va fiziologiyaga oid xususiyat tarakkiy etadi.
Kishi qobiliyati ikkita asosiy to’rga bulinadi:

  1. Maxsus qobiliyatlar;

  2. Umumiy qobiliyatlar.

Pedagoglik faoliyatining samarali bo’lishi uchun o’qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bulmogi va uni rivojlantirilib borilmogi lozim.

  1. Bilish qobiliyati – fanning tegishli soxalariga oid (matematika, fizika, adabiyot va bashqalarga oid) qobiliyatlar. Bunday qobiliyatlarga ega o’qituvchi fanni o’quv ko’rsi xajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurrok biladi. O’z fani soxasidagi kashfiyotlarni hamisha ko’zatib boradi, unga nixoyatda qiziqadi, ayrim tadkikot ishlarini ham bajaradi.

  2. Tushuntira olish qobiliyati – o’quv materialini o’quvchilarga tushunarli kilib bayon eta olish, material yoki problemani anik, tushunarli kilib gapirib berish, o’quvchilarda mustakil ravishda aktiv fikrlashga qiziqish uygotish qobiliyati. O’qituvchi zarur hollarda o’quv materialini o’zgartira olishi, soddalashtira olishi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noanik narsani tushunarli kilib o’quvchilarga yetkaza olishi lozim. Qobiliyatli o’qituvchi o’quvchilarning bilim va kamolot darajasini xisobga oladi, ularning nimani bilishlari-yu, nimani bilmasliklarini, nimani unutib qo’yganliklarini tasavvur etadi. Ba‘zi o’qituvchilarga, ayniksa, tajribasi kam o’qituvchilarga o’quv materiali oddiy, tushunarli, aloxida izoxni talab etmaydigan tuyuladi. Qobiliyatli, tajribali o’qituvchi o’zini o’quvchi o’rniga qo’yadi. U kattalarga anik va tushunarli bo’lgan narsani o’quvchilarga tushunilishi qiyin bir narsa bo’lishi mumkinligiga ishonib, unga asoslanib ish tutadi.

  3. Ko’zatuvchanlik qobiliyati – o’quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, o’quvchi shaxsini juda yaxshi tushuna olish, psixik qobiliyatlarni ko’zata olish qobiliyati. Bunday o’qituvchi kichkinagina alomatlar, uncha katta bulmagan tashki belgilar asosida, o’quvchining ruhiyatidagi ko’z ilgamas o’zgarishlarni ham faxmlab oladi.

  4. Nutk qobiliyati – nutk yordamida, shuningdek, imo – ishora vositasida o’z fikr hamda xis – tuygularini anik va ravshan ifodalash qobiliyati. Bu o’qituvchilik qobiliyati uchun juda muxim.

  5. Tashkilotchilik qobiliyati – birinchidan, o’quvchilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, muxim vazifalarni xal etishda ruhlantirishni, ikkinchidan, o’z ishini to’g’ri uyushtirishni nazarda tutadi.

O’qituvchining kommunikativ qobiliyatini rivojlantirishga qo’yiladigan talablar


Reja:
  1. O’qituvchining kommunikativ malakasi.


  2. O’qituvchining kommunikativ ta’sir etish usullari.


  3. O’qituvchining kommunikativ qobiliyatini rivojlantirish yo’llari.



O’qituvchining kommunikativ malakasi Bugungi kunda mustaqil respublikamiz dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinayotgan ekan, uning kelgusidagi rivoji, gullab-yashnashi bugungi kun yoshlariga bog`liqdir. Demak, bugungi yoshlar har tomonlama rivojlangan, o‘ziga, boshqa insonga, jamiyatga, tabiatga va mehnatga o‘z to‘g`ri munosabatini bildira oladigan, mustaqil faoliyat ko‘rsata oladigan, ijodkor, tashabbuskor va tadbirkor bo‘lmog`i lozim. O‘quvchida ana shu xususiyatlarning rivojlanishi so‘zsiz o‘qituvchiga, uning o‘quv-tarbiya jarayonini to‘g`ri boshqara olishiga va o‘quvchilar bilan o‘rnata oladigan muomala va munosabatlariga bog`liq.
Kоmmunikаtiv qоbiliyat – bu pеdаgоgik o’zаrо hаrаkаt sоhаsidа mахsus ko’rinishgа egа bo’lgаn mulоqоtgа qоbiliyatlilikdir. Psiхоlоgik аdаbiyotlаrdа kоmmunikаtiv qоbiliyatlаrning bir qаnchа turlаri аjrаtib ko’rsаtilаdi: 1) insоnning insоnni tushunа оlishi (insоnni shахs sifаtidа, uning аlоhidа jihаtlаrini, mоtiv vа ehtiyojlаrini bаhоlаsh, tаshqi хulq-аtvоrini ichki оlаmi bilаn bоg’liqlikdа ko’rib chiqish, yuz, qo’l, gаvdа hаrаkаtlаrini “o’qish” ko’nikmаsi) 2) insоnni o’z-o’zini аnglаy оlishi (o’z bilimi, qоbiliyati, o’z хаrаktеri vа bоshqа qirrаlаrini bаhоlаsh, insоn bоshqаlаr tоmоnidаn qаy tаrzdа qаbul qilinishi vа аtrоfdаgilаr ko’zi bilаn bаhоlаsh); 3) mulоqоt vаziyatini to’g’ri bаhоlаy оlish ko’nikmаsi (mаvjud hоlаtni kuzаtish, uning nаmоyon bo’lish bеlgilаri hаqidа ko’prоq ахbоrоtlаrni аjаrаtа оlish, ulаrgа e’tibоrni qаrаtish, yuzаgа kеlаyotgаn vаziyatning ijtimоiy vа psiхоlоgik mоhiyatini to’g’ri idrоk etish vа bаhоlаsh).
Tаhlil etish gnоsеоlоgiya, psiхоlоgiyadа bilish vа аmаliy fаоliyatgа dоir bаrchа hаrаkаtlаrni o’z ichigа оlаdi, pеdаgоgikаdа esа, tаdqiq qilinаyotgаn nаrsа-hоdisаlаrning аlоhidа tаrkibiy qismlаrgа аjrаtish qоnuniyat vа usullаrini o’zidа аks ettiruvchi bilish jаrаyoni sifаtidа ifоdа etilаdi. О.О.Kаshеnkоning fikrichа, o’z-o’zini tаhlil etish fаlsаfа vа psiхоlоgiyadа o’z-o’zini аnglаsh, o’z-o’zini bilish, o’z-o’zini bоshqаrish, o’z-o’zini bаhоlаshning tаrkibiy qismi sifаtidа аks ettirilsа hаm mustаqil kаtеgоriya sifаtidа ishlаtilmаydi. Birоq o’z-o’zini аnglаshning shаkllаnishi vа rivоjlаnishi o’z-o’zini tаhlil etish аsоsidа аmаlgа оshishini esdа tutish zаrur.
O’qituvchining kommunikativ ta’sir etish usullari
Chunki аynаn pеdаgоgik vоqеlikdа o’z-o’zini tаhlil etish ko’nikmаlаrini rivоjlаntirishning аhаmiyati ulаrning o’zi hаqidаgi tаsаvvurlаri, qiziqishlаri, mоtiv, ehtiyojlаri tizimi sifаtidа tushunilаdigаn “Mеn-kоntsеptsiyasi”ning rivоjlаnishigа undоvchi ichki оmillаrning eng аsоsiylаridаn biridir.
O’z-o’zini tаhlil etish usullаri quyidаgilаrgа e’tibоr qаrаtishni tаlаb etаdi:
1) ijtimоiylikkа yo’nаltirilgаn o’zаrоhаrаkаt vаziyatlаridаn shахsiy хulq-аtvоr, tаrbiyalаnuvchi shахsi, uning o’zigа хоsliklаri, qаdriyatlаri tizimi kаbilаrni оb’еkt sifаtidа ko’rib chiqish;
2) o’z хulq-аtvоri, shахsiy fаzilаtlаrini tаhlil etish mеzоnlаri tizimini аniqlаsh;
3) nоmа’lumdаn mа’lumni аjrаtib оlish;
4) qаrаmа-qаrshiliklаrni аniqlаsh.
O’z-o’zini tаhlil etish o’z-o’zini аnglаshdаn аvvаl kеlib, аynаn uning аsоsidа shахsning o’zi hаqidаgi tаsаvvurlаri umumlаshgаn ko’rinishgа o’tаdi. O’z-o’zini аnglаsh nаtijаsidа shахsdа o’zining kimligini аnglаsh, o’zining jаmiyatdаgi o’rnini tushunib еtish, bоshqаlаrning ko’z o’ngidа kim sifаtidа gаvdаlаnishini his etish kаbilаr shаkllаnаdi. O’z-o’zini аnglаsh o’z-o’zigа munоsаbаt sifаtidа shаkllаnuvchi hissiy vа mаntiqiy jihаtlаrni o’zidа аks ettirаdi.
Mа’lumki, o’z-o’zini аnglаsh usullаri hаm mаntiqiy, hаm emоtsiоnаl dаrаjаdа o’z-o’zini tаhlil etish nаtijаsidа оlingаn ахbоrоtlаrni аniqlаshtirish vа umumlаshtirishni tаlаb etаdi.
Хulоsа qilib аytgаndа, o’z-o’zini tаhlil etish vа o’z-o’zini аnglаsh pеdаgоgdа o’zi vа bоshqаlаrning u hаqidаgi tаsаvvuri sifаtidаgi kаsbiy “Mеn qiyofаsi”ning shаkllаnishigа оlib kеlаdi.
Ta’lim va tarbiya jarayonida o‘qituvchi tomonidan pedagogik ta’sir ko‘rsatishning asosiy metodlariga quyidagilar kiradi: talab, istiqbol, rag‘batlantirish va jazo­lash, jamoatchilik fikri.
Talab – ta’lim va tarbiya jarayonida o‘qituvchining tarbiya­lanuv­chi­ga nisbatan shaxsiy munosabatlarida namoyon bo‘ladi. O‘quvchining u yoki bu xatti-harakati o‘qituvchi nazoratida bo‘lib, ijobiy jihatlari rag‘­bat­lantirib boriladi yoki aksincha nojo‘ya xatti-harakati to‘xtatib qo‘­yi­ladi.
Istiqbol – ta’sirchan pedagogik usul bo‘lib, o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritishni, ma’lum bir maqsadga, orzuga erkin intilish hissini tako­millashtiradi. Bu maqsadlar ularning shaxsiy intilishlarida, qiziqish va muddaolarida namoyon bo‘ladi. Ushbu usul maktab o‘quvchilarini shaxs sifatida eng muhim insoniy fazilatlaridan biri bo‘lgan maqsadga intiluv­chanlikni rivojlantiradi.
Rag‘batlantirish va jazolash – tarbiyaviy ta’sirning eng an’anaviy usuli bo‘lib, o‘quvchilar xulq-atvoriga ijobiy ta’sir etishdan iborat. Yaxshi xulq, foydali mehnat va xatti-harakat, axloqiy hislat, topshi­riqlarning so‘zsiz bajarilishi uchun o‘quvchi rag‘batlantiriladi. Nomaq­bul xatti-harakat, tartibbuzarlik, o‘z burchini bajarmaslik jazolash orqali bartaraf etiladi. Ushbu usul axloqiy ta’sir ko‘rsatishni ta’minlaydi, uni qo‘llash jarayonida o‘qituvchidan nihoyatda ehtiyotkorlik, sezgirlik va hushyorlik talab etiladi.
Jamoatchilik fikri – tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning eng muhim usuli bo‘lib, o‘quvchilarning ijtimoiy foydali faoliyatini bajarilish natija­lariga qarab muntazam rag‘batlantirib borishda namoyon bo‘ladi. Jamo­aning tarbiyaviy vazifalarini ma’lum bir yo‘nalishda amalga oshirilishini ta’minlaydi, o‘quvchilarning bir-birlariga do‘stona munosabatini shakl­lantiradi.
Muloqotning ijtimoiy-psixologik nazariyasi va pedagogik tajribalarini o‘rganish pedagogik ta’sir etishda ikki metod: ishontirish va uqtirishdan keng foydalanish lozimligini ko’rsatadi.
Ishontirish - o‘quvchilarga xatti-harakatlarning to‘g`riligi va zarurligini, shuningdek, ayrim xulq-atvorlarning noto‘g`riligini tushuntirish va isbotlashdir. Ishontirish jarayonida o‘quvchilarda yangi bilim, ko‘nikma, malaka hamda axloqiy sifatlar shakllantiriladi. Bular esa o‘quvchilar va ularning atrofidagilar uchun me’yor (mezon) bo‘lib xizmat qiladi.
O‘qituvchining har qanday tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishi, oqibat natijada o‘quvchi ruhiyatiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatishga, ya’ni o‘quvchilarda ijobiy hissiyotlarni: xulq-atvor, munosabatlar, xatti-harakatlarni shakllantirish va mustahkamlashga yo‘nalgan bo‘ladi. Lekin ishontirish va uqtirishning texnologik mexanizmlari turlichadir.
O‘sib borayotgan yoshlar ijtimoiy muhit va tabiat bilan ham o‘zaro ta’sirlanadilar. Bu o‘zaro ta’sir natijasida ularda ishonch, yangi bilimlar va munosabatlar, axloqiy me’yorlar majmui vujudga keladi.
Ishontirish haqiqiy va soxta bo‘lishi mumkin. Haqiqiy ishonch real voqelikka mos keladi va shaxsning jamiyat oldidagi qadr-qimmatini oshiradi. O‘zining haqiqiy ishonchiga sodiq bo‘lishi uchun kishi hatto o‘limiga ham rozi bo‘ladi. Masalan, Vatanga sodiqlik ruhida tarbiyalangan askarlarimizning jang maydonida ko‘rsatgan matonatlari.
Soxta ishonch esa, avvalo sinf jamoasi, qolaversa, jamiyat uchun zararli bo‘lgan odatlarning shakllanishiga olib keladi. Soxta ishonch o‘quvchilarning o‘zi va atrofidagilar ta’sirining umumlashuvi natijasida vujudga keladi.
Ayrim o‘quvchilarda soxta ishonch hosil bo‘lishining sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin:

Yosh o’qituvchining pedagogik mahoratini takomillashtirishda muloqotning ahamiyati



Yüklə 263,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin