void fastcall TForm1::Button2Click(TObject *Sender){ }
Turlar va C++ da o’zgaruvchilarni tavsiflash
Har bir nom va har bir o’zgaruvchi ular ustida bajariluvchi amallar aniqlovchi turlarga ega bo’ladi. Masalan, int i; tavsiflash i o’zgaruvchi int turiga tegishli, ya’ni i butun o’zgaruvchi deb aniqlaydi. Tavsiflash - dasturga nom kirituvchi buyruqdir. Tavsiflash o’zgaruvchining turini aniqlaydi. Tur nom va ifodalardan to’g’ri foydalanishni aniqlaydi. Butun tur uchun quyidagi amallar aniqlangan: +, -, * va /.
Asosiy turlar
Bevosita apparat ta’minotiga javob beradigan asosiy turlar quyidagilar: char; short; int; long; float; double. Birinchi to’rtta tur butun kattaliklarni, oxirgi ikkitasi suzuvchi nuqtali, ya’ni kasr sonlarni tasvirlash uchun ishlatiladi. Char turidagi o’zgaruvchi mazkur kompyuterda belgilarni (odatda bayt) saqlash o’lchoviga ega, int turidagi o’zgaruvchi esa mazkur kompyuterdagi butun arifmetikaga mos o’lchovga ega (odatda so’z). Turlar bilan tasvirlangan butun sonlar diapazoni uning o’lchoviga bog’liq bo’ladi (uni sizeof buyrug’i yordamida hisoblash mumkin). C++ da o’lchovlar char turidagi kattaliklar o’lchovi birligida o’lchanadi. Asosiy turlar o’rtasidagi munosabatlarni quyidagicha yozish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |