Hozirgi o‘zbek adabiy tilining fonetik tizimi, asosiy lug‘at tarkibi va
grammatik qurilishi qadim turkiy tillar manbaida yuzaga kelgan
bo‘lib, davrlar o‘tishi bilan uning tovushlar tizimida sifat va miqdor
o‘zgarishlari yuz bergan. Lug‘at tarkibi asosiy lug‘at fondi negizida
yasalgan yangi so‘zlar hisobiga boyib, kengayib borgan, grammatik
qurilishi ham yangiyangi grammatik formalar vositasida silliqlashgan
va takomillashgan. Bu til o‘zbek xalqining butun tarixi davomida shu
tilda so‘zlashuvchi yuzlab avlodlar tomonidan yaratilgan til bo‘lib, u shu
til vakillarining ijtimoiy ahvoli, sinfiy tabaqalanishi, yoshi, jinsi, kasbi va
boshqa xususiyatlaridan qat'iy nazar, ularning ham-masi uchun
umumiy aloqa vositasi sifatida xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |