10-mavzu. Leksemaning ifoda va mazmun tomoni. Polisemantiklik va ko‘p ma’nolilik. Nomema – leksemaning shakliy (tashqi) tomoni sifatida. Semema – leksemaning ichki (mazmuniy) tomoni sifatida. Leksemaning ifoda va mazmun tomoniga ko`ra munosabat turlarini o`rganish.
11-mavzu. Leksemalararo lisoniy ziddiyatlar va leksik paradigma.Leksemalarda shakl va ma`no munosabatiga ko`ra semantik ziddiyatlar va leksik paradigma munosabati. Leksik paradigmalarni o`rganishda semantic tadqiqotlarning o`rni.
12-mavzu. Leksikaning sistem tabiati va leksemalarning tizimiy birlashmalari. Sistem-struktur metod va uning leksikaga ta`siri. Leksikani sistem metod asosida tahlil qilish tamoyillari. Leksemalarning tizimiy birlashmalarini o`rganish.
13-mavzu. O‘zbek tilida barqaror birikmalar. So`zlarning erkin bog`lanish omillari. So`zlarning barqaror birikish omillari. Turg`un birikmalar va ularning nutqdagi o`rni. Frazeologizmlar – nutqni boyituvchi vositalar sifatida.
14-mavzu. O‘zbek leksikografiyasi. O`zbek leksikografiyasi va uning tadqiq manbayi. O`zbek leksikografiyasi taraqqiyoti. O`zbek tilida lug`atlar. Bir tilli lig`atlar. Ikki tilli lig`atlar.
Mustaqil ta’lim
“Tilshunoslik nazariyasi” fanini o‘rganuvchi talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va fanga doir masalalarni yechishda ko‘nikma hosil qilish uchun mustaqil ta’lim tizimiga asoslanib, kafedra o‘qituvchilari rahbarligida, mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular qo‘shimcha adabiyotlarni o‘rganib hamda internet saytlaridan foydalanib referatlar va ilmiy dokladlar tayyorlaydilar, amaliy mashg‘ulot mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar, ko‘rgazmali qurollar va slaydlar tayyorlaydilar.
Mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda, quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: